Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi
2.78K subscribers
26K photos
1.62K videos
45 files
3.21K links
Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali

Бу бот мурожаат учун @hokimiyatga_murojaatbot
Download Telegram
#Eng_faol_targ‘ibotchi
#tanlov

ENG FAOL TARGʻIBOTCHILAR ANIQLANDI

Bugun «Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha eng faol targ‘ibotchi» Respublika tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tanlovda 40 nafardan ortiq soha egalarining faoliyati 8 ta mezon bo‘yicha baholandi.

Targ‘ibotchilar o‘z faoliyati davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan hujjatlar to‘plamini hakamlar hay’atiga taqdim etishdi.

Tanlov yakunida
🥇-o‘rinni 13-maktabning IMMB targ‘ibotchisi Dilobar Uralova,
🥈-o‘rinni 14-maktabning targ‘ibotchisi Dilfuza Kadirova,
🥉-o‘rinni 24-maktabning IMMB targ‘ibotchisi Mehri Mamedova qo‘lga kiritib Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasining I-, II-, III-darajali diplomlari hamda Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Tanlovda faol ishtirok etgan targ‘ibotchilarga ham tashakkurnomalar taqdim etildi.

"Eng faol targ‘ibotchi" deb topilgan D.Uralova endilikda tanlovning viloyat bosqichida tumanimiz sharafini himoya qiladi.‌‌