Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi
2.75K subscribers
25.8K photos
1.6K videos
45 files
3.2K links
Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali

Бу бот мурожаат учун @hokimiyatga_murojaatbot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tezkor #muhim
#beetibor_bo‘lmang

❄️ Sovuq ob-havoga tayyorlanamiz: Oktyabr oyida Oʻzbekiston aholisi uchun yogʻingarchilik va -1° gacha sovuq tushishi kutilmoqda.

Oʻzgidromet kelgusi oktyabr oyiga ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi. Kechasi 0-13°, kunduzi 10° dan 23° gacha oʻzgarib turadi.

Oy davomida sovuq boʻlishi mumkin va yomgʻir yogʻish ehtimoli katta.
#muhim_sana

30 iyun - Yoshlar kuni

Respublikamizda bu sana nafaqat bir kun, balki bir oy davomida nishonlanib, “Yoshlar oyligi” doirasida turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, sport va intellektual musobaqalar tashkil etiladi. Yoshlarning o‘z aqlu salohiyati, jismoniy iqtidorini namoyish etishiga imkon yaratiladi.

Ma'llumot uchun: bugungi kunda Toshkent viloyatida 14-30 yoshgacha bo‘lgan yoshlarning soni qariyb 700 000 nafarni tashkil etadi. Yil boshidan buyon 18 014 nafari  “Yoshlar daftari”ga kiritilib, shundan 8533 nafariga yordam ko‘rsatildi.

“Yoshlar daftari” jamg‘armasida 39,2 mlrd. so‘m mablag‘ shakllantirilib, 22,9 mlrd. so‘m mablag‘lar daftarga kiritilgan yoshlarga ijtimoiy yordam uchun yo‘naltirildi. Shuningdek, 2495 nafar yoshlarga to‘lov-kontraktlaru to'lab berildi. 1346 nafar yoshlarga dehqonchilik uchun 403,8 gektar yer maydoni berildi.

1230 nafar yigit-qizlarga davolanish uchun, 691 nafariga subsidiya, 443 nafar yoshlarga safarbarlik chaqiruv rezerziga mablag‘lar ajratildi hamda 480 nafar yoshlar bo‘sh ish o‘rinlariga joylashtirildi. 1848 nafar yoshga boshqa yo‘nalishlarda yordamlar ko‘rsatildi.

Bugungi sana munosabati bilan barcha yoshlarni qutlaymiz.


🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim_sana

Bugun, 15-aprel – Madaniyat va san'at xodimlari kuni

2021-yil 7-iyundagi "O'zbekiston Respublikasi madaniyat va san'at xodimlari kunini belgilash to'g'risida"gi qonunga ko'ra, 15-aprel – Madaniyat va san'at xodimlari kuni sifatida nishonlab kelinmoqda.

Mazkur sana munosabati bilan, Toshkent viloyatidagi madaniyat va san'at sohasida mehnat qilib kelayotgan, sohaning rivojlanishiga, o‘zbek milliy madaniyatining dunyo darajasidagi nufuzini oshirishga, iqtidorli yoshlarning qobiliyati va salohiyatini ro‘yobga chiqarishda munosib hissa qo‘shayotgan barcha madaniyat xodimlarini kasb bayrami bilan muborakbod etamiz.

Ularning kelgusi ishlarida rivoj va muvaffaqiyatlar tilaymiz. El ravnaqi rivojida va madaniyati yuksalishidagi samarali mehnatlari doim bugungidek qadr topsin!

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte‌‌
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim

📣 Adliya vazirligi tomonidan joriy yilning 7-avgust, chorshanba kuni soat 10-00 da Toshkent viloyat adliya boshqarmasida intellektual mulk obyektlariga (tovar belgisi, xizmat ko‘rsatish belgisi, ixtiro, foydali model, sanoat namunasi va boshqa) muhofaza hujjatini (guvohnoma va patent) olishda qiynalayotgan jismoniy va yuridik shaxs vakillari uchun sayyor qabul tashkil etiladi.

Qabulda Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish yuzasidan jismoniy va yuridik shaxs vakillari murojaatlari oʻrganiladi hamda muammolarini hal etishga koʻmaklashiladi

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahar, Toshkent yo‘li ko‘chasi.

Ro'yxatdan o'tish uchun:
📞 97 752-57-50

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya
#Muhim_sana #Значимая_дата

11-NOYABR — OʻZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI KUNI!

Ushbu bayram munosabati bilan yurtimizdagi barcha kasaba uyushmalari faollari va aʼzolarini, kasaba uyushmalari tizimida faoliyat yuritayotgan barcha fidoyilarni tabriklaymiz!

Ma'lumot o'rnida, bugungi kunda Toshkent viloyati miqyosida kasaba uyushmalari 500 ming nafarga yaqin aʼzolarni birlashtirib, xalqimizning mehnatga oid huquq va manfaatlarini taʼminlash, ijtimoiy sheriklik imkoniyatlarini yanada kengaytirish, ishchi-xodimlarga munosib mehnat sharoitlarini yaratish ishlarida munosib koʻmakchi boʻlib kelmoqda.

BAYRAMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!
_____

11 НОЯБРЯ - ДЕНЬ ПРОФСОЮЗОВ УЗБЕКИСТАНА

Поздравляем с этой знаменательной датой всех активистов и членов профессиональных комитетов, а также работающих в этой системе сотрудников с их праздником!

В настоящее время профсоюзные комитеты столичной области объединяют в своих рядах почти 500 тысяч рабочих, дехкан, сотрудников, защищают их трудовые права, защищают интересы трудящихся, расширяют социальное партнёрство, активно способствуют улучшению условий труда, тем самым являясь поистине защитниками интересов своих членов.

С праздником вас!


Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM