Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi
2.66K subscribers
25.2K photos
1.6K videos
44 files
3.19K links
Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali

Бу бот мурожаат учун @hokimiyatga_murojaatbot
Download Telegram
#Ishchi_guruh
#murojaat_va_yechim

83 nafar fuqaroga subsidiya berildi

Tumanimizda aholi muammolari va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni oʻrganish va hal etish boʻyicha ishlayotgan Prezident maslahatchisi Gʻ.Mirzayev boshchiligidagi ishchi guruh ishini davom ettirmoqda.

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg'armasi hisobidan ajratilgan subsidiya mahsulotlari o'z egalariga tarqatildi. Ushbu tadbirda ishchi guruh tarkibidagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi boshqarma boshlig'i Farxod Ablazov, Davlat soliq qo'mitasi raisi o'rinbosari Sirojiddin Eshmatov, viloyat Soliq boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Shuhrat Inomov ishtirok etdilar.

Mazkur tadbirda 4 turdagi 350 mln. so'mlik subsidiya asosida olib kelingan to'g'ri chokli va overlok tikuv mashinalari, motokultivator, elektr payvandlash uskunalari 83 nafar ishsiz, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Temir daftar”da turgan fuqarolarga tarqatildi.