Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi
2.6K subscribers
24.7K photos
1.58K videos
43 files
3.17K links
Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali

Бу бот мурожаат учун @hokimiyatga_murojaatbot
Download Telegram
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Diqqat_loyiha

❗️ Taqiqlovchi yo'l belgilari o'rnatilishidan oldin jamoatchilik xabardor qilinadi, yo'l belgilari dislokasiyasi onlayn tarzda e'lon qilib boriladi

📃 Adliya vazirligi tomonidan yo'l belgilarini o'rnatish bilan bog'liq munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan qonun loyihasi ishlab chiqilib, unda quyidagi tartiblar belgilanmoqda:

📅 Taqiqlovchi yo'l belgilarini o'rnatish to'g'risidagi qaror qabul qilinishidan kamida 20 kun oldin jamoatchilik xabardor qilinadi.

🖥 Yo'l belgilari reestri shakllantiriladi hamda reestrga kiritilmagan taqiqlovchi yo'l belgilari huquqiy oqibat keltirib chiqarmaydi.

🌐 Yo'l belgilarining dislokasiyasi onlayn tarzda e'lon qilib boriladi.

⛔️ Taqiqlovchi yo'l belgilari faqat Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyat, tuman (shahar) hokimining qarori asosida o'rnatiladi.

📌 Ushbu havola orqali qonun loyihasi muhokamasida faol ishtirok eting: https://regulation.gov.uz/oz/d/81246

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin