Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi
2.66K subscribers
25.2K photos
1.6K videos
44 files
3.19K links
Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali

Бу бот мурожаат учун @hokimiyatga_murojaatbot
Download Telegram
#oqqo'rg'on_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#IELTS_results

⚡️Agentligimiz tizimidagi Oqqo'rg'on tuman Ixtisoslashtirilgan maktabining 6 nafar 8 va 10-sinf o‘quvchilari xalqaro IELTS imtihonidan 6,5- 7.0 ballarni qo‘lga kiritishdi.

Ular:
10-sinf o'quvchisi Saidaxmatova Durdona - 7 ball
10-sinf o'quvchisi Xudoyberdiyeva Malika - 7 ball
10-sinf o'quvchisi Bosimov Xusan - 6.5 ball
10-sinf o'quvchisi Abdurashidova Shabbona - 6.5 ball
10-sinf o'quvchisi Siddiqova Hushnoza - 6.5 ball
8-sinf o'quvchisi Damirova Go'zal - 6.5 ball

O‘quvchilarimizning kelgusidagi o‘qish va ishlarida omad tilaymiz!

@oqqorgon_hokimligi
#Oqqo‘rg‘on_tumani

Barchamizga ma’lumki, Davlatimiz rahbari boshchiligida yoshlarning jamiyatda o‘z o‘rnini topishi, ularga zarur sharoitlar yaratish, muammolarini o‘rganish va bu borada amaliy yordam ko‘rsatish borasida tizimli ishlar qilinmoqda.

Bugun Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Oqqo‘rg‘on tuman bo‘linmasi rahbari M.Rustamov o‘ziga biriktirilgan "Qo‘rg‘oncha" mahalla yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida yoshlarning qiziqishlari, muammo va takliflari tinglanib, ularning yechimlari bo‘yicha aniq qarorlar qabul qilindi hamda bildirilgan fikr va mulohazalar asosida muhim vazifalar belgilab olindi.

@oqqorgon_hokimligi
#Oqqo‘rg‘on_tumani

Bugun Oqqo‘rg‘on tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi direktori Sh. Mirzayev o‘ziga biriktirilgan "Hosildor" mahalla yoshlari taklif, fikr va muammolarini o‘rganish maqsadida xonodonmabay yurib  uchrashdi.

O‘rganish yakuni bo‘yicha muhim  vazifalar belgilab olindi.

@oqqorgon_hokimligi
#Shoshiling#Oqqo'rg'on#Ixtisoslashtirilgan #Maktab#Ota_onalarni_Diqqatiga

Ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchilari:

Chet el universitetlariga o'qishga kira olishadi
Davlat ОТМlariga muddatidan oldin talaba bo'lish imkoniyatiga ega
Darslardan so'ng turli hil fan to'garaklarida qatnashadilar
O'quvchilar til bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlarga ega bo'lishadi


🔥Bu hali hammasi emas !

💫Sizni farzandingiz ham ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchisi bo'lishi mumkin

🙋🙋‍♀ Faqat bilimga chanqoq o'quvchilar uchun

📣Ixtisoslashtirilgan maktabga o'qishga kirish uchun maktab hayoti bilan yaqindan tanishishingiz uchun 2024-yil 10-may sanasida "OCHIQ ESHIKLAR KUNI "ga taklif etamiz !

@oqqorgon_hokimligi
#Oqqo'rg'on_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#Ochiq_eshiklar_kuni

Ushbu tadbir davomida maktabga o'qishga qabul qilinadigan 5-sinf o'quvchilari va ularning usozlari ,ota-onalari ishtirok etdilar. Yig'ilganlarga maktabda yaratilgan sharoitlar, o'quvchilar amal qilishi lozim bo'lgan qoidalar va o'qitish tizimi batafsil tushuntirildi.

📍Shuningdek, maktab ma'muriyati tomonidan o'quvchilar uchun maktab bo‘ylab sayohat tashkil etilib, ular muassasa hayoti bilan yaqindan tanishtirildi.

@oqqorgon_hokimligi
#Oqqo‘rg‘on_tumani

Bugun RMMM tuman bo‘linmasi, tuman Adliya bo‘limi hamda AT "Xalq banki" Oqqo‘rg‘on tuman filiali hamkorligida bank xodimlari ishtirokida Sud huquq sohasidagi islohotlarni aholiga etkazish, mahalliychilik, korrupsiyaga qarshi kurashish madsadida “Oqqo‘rg‘on tumanini korrupsiyadan holi hudud” ga aylantirish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda tuman Adliya bo‘limi rahbari I.Xatamov, RMMM tuman bo‘linmasi rahbari O‘.Botirova, AT "Xalq banki" Oqqo‘rg‘on tuman filiali boshqaruvchisi O.Kalamboyevalar ishtirok etib, bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashish har bir insonning burch va vazifasi bo‘lishi, korrupsiya jamiyat taraqqiyoti uchun to‘siqlardan biri ekanligi, bu illatga qarshi nafaqat soha xodimlari balki barcha barobar kurashishi kerakligi haqida ma’lumot berib o‘tdi.

@oqqorgon_hokimligi
#Oqqo‘rg‘on_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#Qabul_2024
#1_iyundan_20_iyungacha

📣📣📣📣📣

❗️OQQO‘RG‘ON TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI 2024/2025-OʻQUV YILI UCHUN QABUL EʼLON QILADI!

⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Oqqo'rg'on tuman ixtisoslashtirilgan maktabiga 2024/2025-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan – 20-iyunga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Oqqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabiga qanday hujjatlar talab etiladi?
🗂 Talabgorning:
tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi;
fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
ota-onasi yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxsning pasport maʼlumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim;
baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan).

Oqqo'rg'on tuman ixtisoslashtirilgan maktabiga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?
4-sinfni tugatgan oʻquvchilar aniq fanlar yo'nalishiga ixtisoslashtirilgan 5-sinfga qabul qilinadi.

🏢 Oqqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 2024-2025-oʻquv yili uchun qabul kvotasi quyidagicha:

Boʻsh oʻrinlar uchun kvota:
5-sinf aniq fanlar-24 nafar
6-sinf aniq fanlar-0
7-sinf aniq fanlar-3 nafar
8-sinf aniq fanlar - 6 nafar
9-sinf aniq fanlar - 6 nafar
10-sinf aniq fanlar - 6nafar


Murojaat uchun telefon:

☎️ +998901123034
☎️+998998095163

📌 Qabul jarayoniga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring. 👇

Telegram | Facebook
#Oqqo'rg'on_IM
#Talaba_2024

Sifatli ta'lim — Yangi O'zbekiston taraqqiyotining poydevori

Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, “Taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham bu – ilm-fan, ta’lim va tarbiyadir. Ertangi kunimiz, Vatanimizning yorug‘ istiqboli, birinchi navbatda, ta’lim tizimi va farzandlarimizga berayotgan tarbiyamiz bilan chambarchas bog‘liq”.

O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan shakllantirilgan joriy yil bitiruvchilarining o'rtacha ballari natijalariga ko‘ra
Oqqo‘rg‘on tuman IM 109,3 ball bilan Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar reytingida 4-o‘rinda, viloyatdagi ta'lim muassasalari reytingida 8-o‘rinni egallab ,kuchli TOP-10 dan munosib o‘rin egalladi.

💫
OQQO'RG'ON TUMAN IMning 21nafar BITIRUVCHILARI OLIY TA'LIM MUASSASALARIGA O'QISHGA KIRISHDA 100% NATIJAGA ERISHDILAR.

@oqqorgon_hokimligi
#Toshkent_viloyati
#Oqqo'rg'on_tumani


🔰Joriy yilning 22- avgust kuni Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Oqqo'rg'on tuman bo'linmasi hamda  Din ishlari bo'yicha qo'mita hamkorligida "Ma'naviyat maskani"da "Yangi O'zbekiston fidoyisi bo'lib ma'naviyat targʻibotchisiga aylanamiz" nomli ilmiy uslubiy qoʻllanmaning taqdimoti hamda targ'ibot tarbiri boʻlib oʻtdi.

🔰Tadbir davomida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi
Oqqo'rg'on tuman bo'linmasi rahbari O'.Botirova, Din ishlari bo'yicha qo'mita vakili M.O'razov, "Nuroniy" jamg'armasi tuman bo'limi rahbari S.Ahmedov va tuman Tarix va o'lkashunoslik muzeyi direktori A.Qurbonovlar so'z chiqib,  Yurtboshimizning muborak Xaj va Umra safariga borgan nuroniy xoji otalarimiz va xoji onalarimizga yo'llagan fikrlari haqida alohida ta'kidlab o'tdilar.

@oqqorgon_hokimligi
#Oqqo'rg'on_tumani
#“Biz bir bo‘lsak-yagona xalqmiz, birlashsak- vatanmiz!”

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Oqqo‘rg‘on tuman bo‘linmasi va tuman Axborot-kutubxona markazi O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligini, “Biz bir bo‘lsak-yagona xalqmiz, birlashsak- vatanmiz!” degan bosh g‘oyani ostida "Yangi uyg‘onish davri-kitob va kutubxonadan boshlanadi" shiori ostida Xamid Olimjon mahallaisdan joylashgan kutubxona markazida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

📚Tadbirda mahalla kutubxonasining yosh kitobxon o‘g‘il-qizlari tomonidan Vatanni madx etuvchi she’rlar, kuy-qo‘shiqlar va raqslar namoyish etildi.Bunday tadbirlar tuman miqiyosida davom etmoqda.

@oqqorgon_hokimligi