Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi
3.16K subscribers
29.2K photos
1.81K videos
50 files
3.67K links
Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali

Бу бот мурожаат учун @hokimiyatga_murojaatbot
Download Telegram
#Ma’lumot

OQQOʻRGʻON TUMANI DAVLAT SOLIQ INSPEKSIYASI BOSHLIGʻI BEKZOD ShOMIRZAYEVNING SOHADA AMALGA OShIRAYOTGAN IShLARI YUZASIDAN MA’LUMOTI

👉Batafsil👈

Kanalga qo‘shilish:
https://t.iss.one/oqqorgon_hokimligi
#Оqqo‘rg‘on_tumani
#Haftalik_ish_reja_ijrosi
#Oila_ma'naviyati
#Ma'rifat_soati

Bugun tuman hokimligining majlislar zalida oila va mahallaning bolalar va yoshlar tarbiyasiga ta'sirini oshirish maqsadida “Oila va mahallaning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni”, "Oila ma'naviyati" mavzusida Ma’rifat soati” o‘tkazildi.

"Ma'rifat soati"da Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo'linmasi rahbari M.Rustamov “Oila ma'naviyati” mavzusida ma'ruzasi bilan ishtirok etdi. Tadbirda xodimlar o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.

✍️ Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Oqqo‘rg‘on tuman bo‘linmasi
#Оqqo‘rg‘on_tumani
#Haftalik_ish_reja_ijrosi
#Inson_umri_bebaho_neʼmat
#Ma'rifat_soati

Bugun tuman hokimligining majlislar zalida oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, аholi, ayniqsa yoshlar hamda xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlik, o‘z joniga suiqasd va boshqa salbiy holatlarni oldini olishga bag‘ishlangan “Barchasi o‘z qo‘lingda”, “Inson umri– bebaho ne’mat”, “Hayot mohiyati” mavzularida Ma’rifat soati” o‘tkazildi.

"Ma'rifat soati"da Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo'linmasi bosh mutaxassisi M.Xalikova, tuman hokimining davlat tili masalalari boʻyicha maslahatchisi O.Mamayusupov, tuman ijtimoiy moslashuv markazi rahbari R.Jalolovalar ma'ruzalari bilan ishtirok etdi, shuningdek, xodimlar o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.

✍️ Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Oqqo‘rg‘on tuman bo‘linmasi
#Оqqo‘rg‘on_tumani
#Haftalik_ish_reja_ijrosi
#Ma'rifat_soati

Bugun tuman hokimligida xodimlar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 32 yilligiga bag‘ishlangan “Mustaqillik-eng ulug‘, eng aziz ne’mat” mavzusida Ma’rifat soati” o‘tkazildi.

"Ma'rifat soati"da RMMM tuman bo'linmasi rahbari M.Rustamov ishtirok etib, xodimlarga mustaqillik in'om etgan imkoniyatlar, erishilgan muvaffaqiyatlar hamda Yangi O‘zbekistonni barpo etishda har bir fuqaroning Vatan ravnaqi uchun qo‘shishi lozim bo‘lgan vazifalari haqida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, xodimlarni Mustaqilligimizning 32 yilligi bayrami bilan tabrikladi.

✍️ RMMM tuman bo‘linmasi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Toshkent_viloyati
#Oqqo‘rg‘on_tumani
#Ma’naviyat_festivali
#telenigoh

Oqqo‘rg‘on tumanida o‘tkazilgan "
Ma’naviyat festivali" "Nurafshon TV" lavhasida.

@oqqorgon_hokimligi
#Ma'rifat_soati

Joriy yilning 7 mart kuni Oqqo’rg’on tuman Tarix va oʻlkashunoslik muzey hodimlari Nizomiy nomidagi davlat Universiteti talabalari o’rtasida
ma’rifat soatini noan'anaviy milliylik tarzda tashkil etdi.

Ma’rifat soati "Globallashuv davrida milliy qadriyatlarni asrab-avaylash" mavzusida va uning muammo va yechimlari tog'risida bo’lib o’tdi.

Ma’rifat soatida Tarix va oʻlkashunoslik muzeyi hodimlari milliylik shukuhi ila ishtirok etishdi hamda Nizomiy nomidagi davlat universiteti talabalari tomonidan Milliy qadriyatlarimiz-har bir millatning ma'naviy qiyofasini namoyon etishi, xalqimizning ming asrlik o'tmishi, qadriyatlari va milliy madaniyatini aks ettiruvchi milliy liboslarimiz qadriyatlarimizning muhim bir omili ekanligi haqida ma'lumotlar berib o'tdi va mavzu bo'yicha ma’ruzalar tinglandi.

Milliylik tarzida o'tkazilgan
ma'rifat soati ko'tarinki kayfiyatda o'tkazildi.

@oqqorgon_hokimligi