#ustozlar_milliy_forumi
Tumanimizdagi Madaniyat va yoshlar markazida “Sifatli taʼlim – kuchli jamiyat” shiori ostida “Ustozlar milliy forumi” tashkil etildi.
Tadbirda tuman hokimi T.Bobolov soʻzga chiqib, mustaqilligimizning 32 yillik bayrami hamda “Ustozlar milliy forumi” munosabati bilan barchani tabrikladi. Shuningdek, tizimda soʻnggi yillarda olib borilgan keng koʻlamli ishlar haqida toʻxtalib, uchunchi renessans poydevori boʻlgan yoshlarni munosib taʼlim-tarbiya olishlari uchun yurtimizda yaratilayotgan shart-sharoitlar, investitsiya asosida qurib foydalanishga topshirilayotgan maktablar haqida toʻxtalib, bu islohotlar muhtaram Prezidentimiz tomonidan taʼlim sohasiga qaratilayotgan ulkan eʼtibor ekanligini taʼkidladi.
Tadbirda taʼlim-tarbiya tizimida alohida oʻrnak koʻrsatgan, tumanda taʼlim tizimini rivojlantirishga munosib hissa qoʻshayotgan, faol, tashabbuskor va izlanuvchan, munosib natijalarga erishayotgan koʻplab taʼlim fidoyilari tuman hokimining tashakkurnoma va sovgʻalari bilan taqdirlandi.