Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi
3.21K subscribers
30K photos
1.88K videos
51 files
3.87K links
Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali

Бу бот мурожаат учун @hokimiyatga_murojaatbot
Download Telegram
#mehnat_yarmarkasi

24 nafar fuqaro doimiy ishli bo‘ldi


Oqqoʻrgʻon tuman 3-sektor rahbari I.T.Turgʻunovning tashabbusi bilan 3-sektor  hududida joylashgan 1-sonli kasb–hunar maktab binosida tuman  Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi bilan hamkorlikda “Mehnat yarmarkasi” oʻtkazildi.

Yarmarkaga oliy taʼlim, oʻrta maxsus, maktab bitiruvchilari, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”dagi ish qidirayotgan fuqarolar taklif etildi. Unda Oqqoʻrgʻon  tumanida joylashgan  48 ta korxona va tashkilot oʻzlarida mavjud  480 ta boʻsh ish oʻrinlari bilan ishtirok etdilar.

Yarmarkada qatnashgan 136 nafar vaqtincha band boʻlmagan  fuqaroning 24 nafari doimiy ish joyiga ega boʻldi, 11 nafari esa haq toʻlanadigan jamoat  ishlariga, oʻqish istagini bildirgan  28 nafar fuqaroga tumandagi  “Ishga marhamat” monomarkaziga yoʻllanmalar berildi.
#mehnat_yarmarkasi

Fuqarolarning ishsizlik borasidagi muammolariga echim topish, bandligi ta’minlanmagan, muqim ish o’rniga ega bo’lmaganlarni ish bilan ta’minlash maqsadida bugun Toshkent viloyati Oqqo’rg’on tumani “Ishga marhamat” monomarkazida O’zbekiston Respublikasi Bandlik va
mehnat munosabatlari vazirligi tashabbusi bilan vazir o’rinbosari Umurzakov Baxodir Xamidovich, O’zbekiston Prezidenti xalq qabulxonasining Toshkent viloyati boshqarmasi rahbari Abduhalim Xolmaxmatov, Toshkent viloyati Bandlik bosh boshqarmasi boshlig’i Shoumarov Umid Xikmatovich, tuman hokimi Alisher Karimdjanov hamda tuman sektor rahbarlari ishtirokida “Mehnat yarmarkasi” o’tkazildi.

👉Batafsil👈

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/oqqorgon_hokimligi
#Mehnat_yarmarkasi

Oqqoʻrgʻon tumanidagi Madaniyat va yoshlar markazida “Mehnat yarmarkasi” boʻlib oʻtdi.

Aholi  bandligiga koʻmaklashish markazi hamda 3-sektor rahbari bilan hamkorlikda boʻlib oʻtgan “Mehnat yarmakasi”da  24 ta korxona va tashkilot oʻzlarining 260 ta boʻsh ish oʻrni bilan qatnashdi.

Yarmarka vositasida 9 nafar fuqaroga doimiy ish oʻrinlariga yoʻlanmalar berildi, 16 nafariga “Ishga marhamat” monamarkaziga kasbga yoʻnaltirildi, 5 nafari haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilindi, qolgan 62 nafari boʻsh ish oʻrinlari bilan tanishtirildi hamda huquqiy, bank kredit boʻyicha maslahatlar berildi.
#mehnat_yarmarkasi

Oqqoʻrgʻon tumani Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi tashabbusi bilan "Vatan taraqqiyotiga hissa qoʻshaman" shiori ostida "Mehnat yarmarkasi" tashkil etildi.

Yarmarkada 40dan ortiq korxona-tashkilot 1154ta boʻsh ish oʻrni bilan ishtirok etdi.

Mehnat yarmarkasida "Temir daftar", "Ayollar daftar" va "Yoshlar daftari"da turgan 220 nafardan ortiq ishsiz fuqarolar ishtirok etdi.

Yarmarkada 33 nafar fuqaro doimiy ish oʻrni bilan, 55 nafar fuqaroga mavsumiy ishga, yana 60 nafarga yaqiniga "Ishga marhamat" monomarkazida kasb-hunar oʻrganishi uchun yoʻllanma berildi.
#mehnat_yarmarkasi

"Mehnat yarmarkasi"da 447 ta bo‘sh ish o‘rinlari taklif etildi

Bugun Oqqo‘rg‘on tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tashabbusi bilan tuman hokimligi hamda mutasaddi tashkilotlar hamkorligida "Ishga marhamat" monomarkazida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasini bo‘lib o‘tdi.

Yarmarkaga tuman hokimi T.Bobolov, sektor rahbarlari, tegishli mas’ullar, 29 ta mahalladan "Temir daftar", "Yoshlar daftari", "Ayollar daftari"da ro‘yxatda turuvchi, shuningdek, xorijdan qaytgan va joriy yil oliygohni bitirgan ishsiz fuqarolar ishtirok etishdi.

Mehnat yarmarkasida 44 ta davlat korxonasi, 16 ta kichik va o‘rta biznes ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’yektlari o‘zlarining 447 ta bo‘sh ish o‘rni bilan qatnashdi.

Ish soʻrab murojaat qilganlardan 27 nafar fuqaro doimiy, 36 nafari mavsumiy ishlarga joylashtirildi. 32 nafar fuqaroga kasb-hunar egallashi uchun o‘quv markazlariga yo‘llanma berildi.