Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi
2.66K subscribers
25.3K photos
1.6K videos
44 files
3.19K links
Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali

Бу бот мурожаат учун @hokimiyatga_murojaatbot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#dolzarb

Suvda xavfsizlik qoidalari

Oqqoʻrgʻon tuman Favqulodda vaziyatlar bo'limi ogohlantiradi!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ogoh_bo‘ling
#dolzarb

BOLALARNI QAROVSIZ QOLDIRMANG!!!

Yosh bolalarni uyda yolg'iz qoldirish va ularga e'tiborsiz bo'lish natijasida bir-qator ko'ngilsizliklar yuzaga kelmoqda. Jumladan, is gazidan zaharlanish, alangalanuvchi vositalarni o'ynashi natijasida yong'in va turli darajadagi kuyish jarohatlari, elektr toki urishi bilan bog'liq holatlar uchrayotganligi juda achinarlidir.

Oqqo‘rg‘on tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi Sizlardan bolalarni uyda yolg'iz qoldirmaslikni so'rab qoladi.
#targ‘ibot
#dolzarb

 Oqqo‘rg‘on tumani FVB xodimlari tomonidan Dehqon bozori va Savdo komplekslarida  targ'ibot ishlari olib borilmoqda.

🚒🚨 O'rganish davomida tadbirkorlar va fuqarolar tomonidan yo'llarga chiqib ketish hamda noqonuniy ravishda temir naveslar o'rnatib olish holatlari aniqlandi.

🧯❇️ Ushbu bozor hududida sodir bo'lishi mumkin favqulodda vaziyat joyiga tez va oson yetib borishini ta'minlash maqsadida yong'in-qutqaruv avtomobilidan foydalangan holda yo'llar turli to'siqlardan tozalandi. O'rganish davomida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etish choralari ko'rilib, bu bo'yicha bozor mamuriyati hamda xodimlariga bir qator tushuntirish ishlari olib borildi.
#dolzarb_mavzu

“Internetdagi tahdidlardan himoya”

Ijtimoiy tarmoqlarda milliy g‘oya va ma’naviy qadriyatlarga, aholi, ayniqsa yoshlar orasida radikal kayfiyatlarni uyg‘otishga, axloqsizlikni yoyishga qaratilgan buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi samarali targ‘ibot ishlarini tashkil etish vazifamizdir.

batafsil
#dolzarb

Ekstremizm va terrorizm bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan yagona jarayonning birin-ketin rivojlanadigan bosqichlaridir.

batafsil
#dolzarb
#Ekstremizm_va_terrorizmga_qarshi_kurash_borasida_qabul_qilingan_hujjatlarning_ahamiyati

Bugungi kunda ijtimoiy-ma’naviy muhitni va aholi turmush sharoitini yaxshilash, yoshlarni turli diniy ekstremistik oqimlar ta’siridan asrash masalasi barcha davlatlar uchun asosiy vazifa bо‘lib turibdi.

Mamlakatimizda ekstremizm, radikalizm va xalqaro terrorizmning kuchayishini oldini olish bо‘yicha bir qator kompleks chora-tadbirlar, shuningdek, “Ekstremizmga qarshi kurashish tо‘g‘risida”gi, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar tо‘g‘risida”gi, “Terrorizmga qarshi kurash tо‘g‘risida”gi Qonunlar ishlab chiqilgan bо‘lib, mazkur qarorlarning qabul qilinishi, eng avvalo, shaxs, jamiyat va davlatning xavfsizligini ta’minlashga, konstitusiyaviy tuzumni hamda davlatning hududiy yaxlitligini muhofaza etish, fuqarolarning tinchligi, millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni saqlashga xizmat qiladi. Shu bilan birga, aholining huquqiy ongi hamda huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ekstremistik harakatlarning о‘z vaqtida oldini olish, aniqlash va ularga chek qо‘yishga, shuningdek, javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlash hamda umume’tirof etilgan xalqaro normalar va standartlarni amalga oshirishga kо‘maklashadi.

Shuningdek, mazkur hujjatlarda ekstremizm hamda terrorizmga qarshi kurashish borasidagi profilaktik tadbirlarining ahamiyati oshirilmoqda.

Ayniqsa, yot g‘oyalar, hozirgi zamon tahdidlariga qarshi samarali kurashishni tashkil etish, yoshlarni din niqobidagi mafkuraviy xavflardan saqlash va boshqa dolzarb masalalarning huquqiy tartibga solinishi uning nechog‘li dolzarbligini tasdiqlaydi.

Yoshlar о‘rtasida ekstremizm bilan bog‘liq muammolar о‘zining salbiy oqibatlarini keltirib chiqarayotganligi har birimizdan hushyorlikni talab qiladi. Ayniqsa, о‘quv muassassalari, mahalla fuqarolar yig‘inlari, korxona va tashkilotlarda yoshlarni dunyoviylik, vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar va ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ta’sirchanligini oshirish har bir mutasaddi rahbardan katta mas’uliyat talab etadi.

О‘zbekiston azaldan turli millatga mansub, turli dinlarga e’tiqod qiluvchi xalqlar tinch-totuv yashagan о‘lka bо‘lib kelgan. Ajdodlarimiz vatan taraqqiyoti yо‘lida yelkadosh bо‘lib mehnat qilgani tarixiy manbalarda ham kо‘p qayd etilgan.

Shunday ekan, yurtimizda hukm surayotgan tinch va osuda hayotni asrash, uning mustaqilligi va barqarorligiga munosib hissamizni qо‘shish – har birimizning, shu aziz Vatanda yashayotgan barcha fuqarolarning, davlat yoki jamoat tashkilotida ishlashi, tadbirkor yoki boshqa kasb egasi bо‘lishidan qat’iy nazar, eng asosiy vazifalaridan bо‘lib qolmog‘i lozim.

✍🏻Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bо‘linmasi
#dolzarb

Internet va yoshlar

Ijtimoiy tarmoqlarda milliy g‘oya va ma’naviy qadriyatlarga, aholi, ayniqsa yoshlar orasida radikal kayfiyatlarni uyg‘otishga, axloqsizlikni yoyishga qaratilgan buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi samarali targ‘ibot ishlarini tashkil etish vazifamizdir.

Internet bu – hozirgi zamon talabidagi yagona ommabop kompyuter tarmog‘i hisoblanib, bizga barcha sohalarga oid noaniqlik ya’ni ongimizga mavhum bo‘lgan tushunchalar haqida ochiq, oddiy va ravon ma’lumot beruvchi axborot manbaidir.

Batafsil
#dolzarb_30_kun

Hozirgi vaqtda yurtimiz bo‘ylab Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 5-iyuldagi farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida 2023-yil 10-iyuldan, 10-avgustga qadar Respublika hududlarida, shu jumladan, Oqqo‘rg‘on tumanida ham "Yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha "Dolzarb 30 kun" tadbirlari faol o‘tkazilinib kelinmoqda.

🧯🚒 Ushbu tadbir doirasida tuman hududidagi savdo rastalarida va Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida targ'ibot tadbirlari olib borilmoqda.

🧯⚡️ Uchrashuv davomida fuqarolarga va tadbirkorlarga favqulodda vaziyatlarni yuzaga keltiruvchi omillar va ularni oldini olishga qaratilgan tadbirlar to'g'risida tushunchalar berib o'tilmoqda.
#dolzarb_mavzu

Narkomaniya - baxtli hayot kushandasi

Bugun Oqqoʻrgʻon tumani "Ishga marhamat" Monomarkaz majlislar zalida "Narkomaniya-baxtli hayot kushandasi" mavzusida tadbir boʻlib oʻtdi.

Tadbir tuman hokimligi, prokuraturasi, tibbiyot birlashmasi, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Respublika birlashmasining tuman bo‘linmasi hamkorligida tashkil etildi.

Tadbirni tuman hokimi o‘rinbosari J.Djanikulov olib bordi.

Tadbir avvalida tuman prokuraturasi tomonidan mavzuga oid videorolik  taqdim etildi. Shundan soʻng tuman prokurori D.Fayziyev mavzu yuzasidan yig‘ilganlarga axborot berdi.

Tuman tibbiyot birlashmasi norkologi R.Xodiyev vakili va “Guliston” MFY etakchisi A.Nomozov o‘z so‘zlarida narkologik kasallikkar turlari, oldini olish usullari hamda uning salbiy oqibatlari haqida tadbir ishtirokchilariga maʼlumot berishdi.
#dolzarb_mavzu

Milliy qadriyatlar maʼnaviyatimizni yuksaltiradi

Yurtimizda yashayotgan har bir millatga mansub xalqning oʻziga xos milliy qadriyat, urf-odat va anʼanalari saqlanib qolgan. Bundan 110 ming nafardan ortiq aholi yashayotgan Oqqoʻrgʻon tumanimiz ham mustasno emas, albatta. Ushbu anʼanalar orqali oʻsayotgan yoshlarda vatanga muhabbat, sodiqlik va vatanparvarlik tuygʻusi mustahkamlanmoqda.

Batafsil
#Dolzarb

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev viloyat aholisiga murojaat yoʻllamoqda

Ayni paytda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev viloyat aholisiga murojaat yoʻllamoqda.

Zoyir Mirzayev oʻz murojaatida aholini tomorqalardan unumli foydalanish, “Yashil makon” umummilliy dasturida faol ishtirok etishga daʼvat qilmoqda.

Murojaatnomani onlayn koʻrish

You Tube

  Facebook

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#dolzarb_30_kun

“Yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha Dolzarb 30 kun”

Oylik doirasida Oqqo'rg'on tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan "YUSTEX" MCHJda yong‘in xavfsizligini ta'minlash maqsadida ishchi hodimlar bilan profilaktik targ‘ibot tadbirlari o'tkazilmoqda.

Shuningdek, targ‘ibot ishlari davomida birlamchi yong‘in o‘chirish asbob-anjomlarining sozligi, evakuatsiya yo‘llarining ochiqligi, birlamchi yong‘in o‘chirish vositalari bilan ta'minlanganligi holati nazoratdan o‘tkazilib, ishchi xodimlarga maxsus o't o'chirish moslamalaridan foydalanish bo'yicha yo'riqnomalar berilmoqda.

@oqqorgon_hokimligi
#dolzarb
#Konstitusiya_sha’nim_va_qadrim_himoyachisi!

“Yangi О‘zbekistonni barpo etish – bu shunchaki xoxish-istak, subyektiv hodisa emas, balki tub tarixiy asoslarga ega bо‘lgan xalqimizning asriy orzu-intilishlariga mos, uning milliy manfaatlariga tо‘la javob beradigan obyektiv zaruratdir”.      
                                                                            
Ma’lumki, qadimdan jamiyat va davlat о‘rtasidagi munosabatlarni adolatli tartibga solish dolzarb masala hisoblangan. Bu murakkab vazifani faqat qonun yо‘li bilan amalga oshirish mumkinligi huquq tushunchasining paydo bо‘lishiga olib kelgan. Bu esa uni muttasil takomillashtirib borish zaruratini paydo qilgan. Antik davrlardayoq vujudga kelgan davlatlarning shakllanish jarayonida umumiy ovoz berish yо‘li bilan yoki xalq vakillari orqali barcha uchun majburiy bо‘lgan qonun-qoidalar ishlab chiqish amaliyoti sekin-asta odat tusiga kirgan. Natijada odamlar hayotining ayrim jabhalarinigina qamrab oladigan, jо‘n tartib-qoidalardan iborat qonunlar joriy etilgan. Keyinchalik davlat va jamiyat hayotining turli qirralariga tegishli huquq va burchlar tizimini yaratish, amaldagi qonun-qoidalarni yaxlitlashtirish ehtiyoji paydo bо‘ldi.

Konstitusiya о‘z mazmuni va ijtimoiy vazifasiga kо‘ra davlatning mohiyatini ta’riflovchi, uning tashkiliy tuzilishini ifodalovchi, davlat siyosatining asoslarini belgilovchi hujjat sifatida gavdalanadi. Konstitusiya о‘z ijtimoiy vazifasini bajara borib, bir qator о‘zaro mushtarak bо‘lgan funksiyalarni ado etadi.

Vatanimiz milliy taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qо‘ydi. Yangi О‘zbekiston deganda el-yurtimizning azaliy umid-niyatlari, yuksalish sari intilishlarining namoyon bо‘lishini о‘zimizga aniq tasavvur qilamiz. Yangi О‘zbekistonning yangilangan Konstitusiyasi jamiyatimizning milliy taraqqiyot ehtiyojlaridan kelib chiqayotgan hayotiy zarurat bо‘lib,  Yangi О‘zbekistonni bunyod etishning huquqiy asoslarini mustahkamlashdagi istiqbolli qadamdir.

Konstitusiyada  О‘zbekiston – huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat deb belgilandi. Ya’ni, insonga e’tibor hamda g‘amxо‘rlik – davlat va jamiyatning eng asosiy burchi ekani mustahkamlandi.

Konstitusiyada belgilab berilgan inson huquqlari xalqni har kuni tinch, baxtli va xavotirsiz yashashi, о‘z sohasi bо‘yicha ilmiy, ijodiy, ma’naviy va tashkiliy faoliyat olib borishini, shuningdek, yosh avlodni sifatli ta’lim olishini, umuman olganda Konstitusiya mamlakatimizda inson qadri har narsadan ustun ekanligini о‘z moddalari orqali kafolatlaydi. Shuningdek, kambag‘allikni qisqartirish, bandlikni ta’minlash, ishsizlikdan himoya qilish,  umuman davlatning ijtimoiy sohadagi majburiyatlari bilan bog‘liq Konstitusiyadagi normalar 3 barobar kо‘paytirildi. Konstitusiyamizning moddasiga kо‘ra, insonning sha’ni va qadr-qimmati daxlsizdir. Hech narsa ularni kamsitish uchun asos bо‘lishi mumkin emas. Hech kim qiynoqqa solinishi, zо‘ravonlikka, boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi muomalaga yoxud jazoga duchor etilishi mumkin emas. Hech kimda uning roziligisiz tibbiy va ilmiy tajribalar о‘tkazilishi mumkin emas deb belgilab berildi.

Xulosa qilib aytganda, Konstitusiya inson sha’ni va qadri himoyachisi bо‘lib, xalqning irodasini, ruhiyatini, ijtimoiy ongi va madaniyatini aks ettiradi. Unda jamiyat taraqqiyotiga turtki beruvchi, muhim ma’naviy omil bо‘lib xizmat qiluvchi g‘oyalar о‘z ifodasini topadi.

✍🏻Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Oqqо‘rg‘on tuman bо‘linmasi
#Oqqo'rg'on tuman 1-son kasb-hunar maktabi
#DOLZARB_TADBIR
        
📌Joriy yilning 28-noyabr kuni Oqqo‘rg‘on tuman 1-son kasb-hunar maktabida dolzarb va jiddiy bo‘lgan masala – Ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashish bo‘yicha turkum tadbirlar tashkil etildi.

Tadbirda Oqqo‘rg‘on tuman IIB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektor, mayor D.Fayzullayeva, Inson ijtimoiy xizmatlar markazi psixologi Z.Omonov va kasb-hunar maktabi o‘qituvchilari hamda o‘quvchilari ishtirok etishdi.

Bu o‘tkazilayotgan turkum tadbirlar ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish uchun jamiyatning barcha qatlamlari sa’y-harakatlarini birlashtirish zarurligini eslatadi.

Oqqo‘rg‘on tumani hokimligi Axborot xizmati
@oqqorgon_hokimligi
#Dolzarb_16 kun


Zoʻravonliksiz hayot- farovon hayot sari
🎗🎗🎗🎗🎗🎗🎗🎗🎗🎗🎗

Toshkent viloyati Oqqoʻrgʻon tumani 39- maktabda “Inson” ijtimoiy markazi, Tuman IIB xotin- qizlar masalalari boʻyicha katta inspektori, Milliy gvardiya hodimlari , MMTB, Bandlik, Madaniyat, Maʼnaviyat boʻlimlari, Oqqoʻrgʻon tumani psixolog metodisti va psixologlari ishtirokida “Biz tazyiq va zoʻravonlikka qarshimiz” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

➡️ Soha mutaxassislari tomonidan, turli huquqbuzarliklar, tazyiq va zoʻravonlikning turlari va oldini olish choralari haqida soʻz yuritilib, hudud mahallalarining maʼsul xodimlari va xotin-qizlari, yoshlari va psixologlari oʻrtasida aloqa oʻrnatildi.

Tadbir davomida, psixologik treninglar, mavzuga oid sahna koʻrinishlar , raqs va kuy, qoʻshiqlar namoyish etildi.

@oqqorgon_hokimligi