Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi
2.62K subscribers
25K photos
1.59K videos
44 files
3.18K links
Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali

Бу бот мурожаат учун @hokimiyatga_murojaatbot
Download Telegram
#Yashil_makon
#Seminar

Xabaringiz bor, joriy yilning 29 oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mahallalarni obod qilish va “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan oʻtkazilgan videoselektor yig'ilishida berilgan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida, bugungi kunda tumanda qator ishlar amalga oshirilmoqda.

📍 Tumandagi Ozod hududida joylashgan "ABS Oqqo'rgon agro klaster" MCHJ dala maydonida "Voish" usulida uzum va tut ko'chatlarini ekish bo'yicha seminar bo'lib o'tdi.

🟢 Seminarda tuman hokimi Alisher Karimdjanov, Toshkent viloyati AKIS markazi raxbari o'rinbosari boshchiligida olimlar va malakali mutaxassislar, sohadagi korxona-tashkilot va fermer xo'jaliklari rahbarlari ishtirok etishdi.

🌳 Dala chetiga uzum, tut va terak ko'chatlarini ekish bo'yicha o'tkazilgan seminarda mutasaddilar tomonidan bajarilishi lozim bo'lgan ishlar yuzasidan zarur maslahat va topshiriqlar berildi.
#Seminar_trening

30 nafar ayol tadbirkorlikka oʻqitilmoqda

Jahon bankining “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini mustahkamlash” loyihasi doirasida bugundan Oqqoʻrgʻon tumanidagi  ijtimoiy koʻmakka muhtoj, “Ayollar daftari”ga kiritilgan va tadbirkorlik boshlash niyatida boʻlgan 30 nafar ayol Jahon banki, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va “Sabr mikrokredit tashkiloti” MCHJ hamkorligida tashkil etilgan seminar-treningda ishtirok etmoqdalar.

Seminar-treninglar bir hafta davomida amalga oshiriladi. Trening tinglovchilariga oʻquv soʻngida maxsus sertifiktlar topshiriladi.

Loyiha  kam taʼminlangan va ijtimoiy  himoyaga muxtoj ayollar qatlamini ragʻbatlantirish, xotin-qizlarining tadbirkorlik va kasanachilik qobiliyatlarini yuzaga chiqarish, biznes rentabilligini oshirish, mehnat bozorida yangi ish oʻrinlarini tashkil etishga qaratilgani ahamiyatlidir.
#Seminar

Bugun Oqqo‘rg‘on hokimligida tuman hokimi A.Karimdjanov rahbarligida Vazirlar Mahkamasining "Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi 2022-yil 14-oktabrdagi 595-sonli qarorining mazmun-mohiyati tushuntirilib, oʻquv seminari oʻtkazildi.

Shuningdek, aholi murojaatlari bilan ishlash, ijro intizomi, open budjet portalida aholi faolligini oshirish va mazmun mohiyatini tushuntirish, PQ-408-son qarorining ijrosini ta’minlash hamda jamoatchilik nazoratini jonlantirish masalalari koʻrib chiqildi.

Seminarda tuman hokimi oʻrinbosarlari, boʻlim boshliqlari va apparat xodimlari, Adliya boʻlimi, barcha tashkilot rahbarlari tarkibiy boʻlinmalari, jamoatchilik bilan aloqalar, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash mas’ul xodimlari, OAV vakillari ishtirok etdi.
#seminar

Toshkent viloyati Oqqoʻrgʻon tumanida “Mahalla xotin-qizlar faollari uchun oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, oilaviy ajrimlarni oldini olish metodikasi” mavzusida oʻtkazilgan oʻquv seminarda Prezidentning 2022-yil 1-martdagi “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-81-son Farmoni va “Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” PQ-146-son qarori boʻyicha amalga oshirilgan ishlar tushuntirildi.

Oila institutini mustahkamlashda milliy qadriyatlarning oʻziga xos xususiyatlari, yoshlarga oilaviy qadriyatlarni singdirish uslublari yuzasidan maʼruzalar boʻldi. Kam taʼminlangan oilalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, ish yuritish tartib-tamoyillari aytib oʻtildi.
#seminar

Oʻzbekiston Qizil Yarim Oy Jamiyati, Oʻzbekiston Respublikasi sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati va Yunisefning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda Oqqoʻrgʻon tumani “Usta Normat” va “Mustaqillik” mahallalarida Kovid-19 qarshi emlashni targʻib qilish maqsadida aholini  immunologlar bilan muloqotiga bagʻishlangan navbatdagi seminar boʻlib oʻtdi.

Seminarda Toshkent viloyati Qizil Yarim Oy Jamiyati raisi D.Ahmedova va Oqqoʻrgʻon tumani SEOVJSX boʻlimi shifokor-immunologi D.Tillamuratova vaksinaning ahamiyati, uning olish muddatlari toʻgʻrisida tushuntirishlar berildi.

Aholi bilan muloqot savol-javoblarga boy boʻldi. Seminar soʻngida surovnoma savollariga javob berishdi.
#seminar

Maʼnaviy-ruhiy tarbiya — Vatan himoyasining mustahkam tayanchi

🌐BATAFSIL

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#topshiriq_va_ijro
#seminar

Toshkent viloyati hokimining 2023-yil 17-aprelda Quyi Chirchiq tumani "Beruniy" MFY hududida joylashgan Quyonchilik kompleksida amalga oshirilgan ishlar, kooperatsiya faoliyatini kengaytirish va aholi xonadonlarida quyonchilik boqishni rivojlantirish bo'yicha  bugun tumanimizdagi kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi sho'ba mudiri O.O'ktamov boshchiligida 29 ta hokim yordamchilari ushbu Quyonchilik kompleksi faoliyatini o‘rganib qaytishdi.

Seminar tarzida tashkil etilgan tadbirda hokim yordamchilari quyon parvarishlash, uning foydali jihatlarini o‘rganish bilan birgalikda kooperasiya tashkil etish orqali quyonchilik xo‘jaliklari sonini ko‘paytirish metodlari borasida tajriba almashildi.
#Seminar

Oqqo‘rg‘on tumani Maktabgacha va maktab talimi bo‘limi tasarrufidagi 1-sonli davlat maktabgacha talim tashkiloti faollar zalida 2023-yil 23-maydagi "Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarni sog'lom ovqatlantirishni tashkil etish uсhun yagona mavsumiy taomnomalarni tasdiqlash va amaliyotga joriy qilish to‘g‘risida"gi 1- va 12-sonli qo‘shma qarori ijrosini ta'minlash maqsadida 2023-yil 1-sentyabrdan Respublikaning barcha hududlaridagi DMTTlarda "Aqlvoy-oshpaz, bоg'сhаlаr uсhun taomlar retsepti" to'plamidan foydalanishi boshlanadi.

❇️Toshkent viloyati MMTB sog'lom ovqatlantirishni tashkil etish bo‘lim boshlig‘i X.Yo‘ldoshev hamda Oqqorgon tumani MMTB bo‘limi boshlig‘i  M.Tojiboyevlar   ishtirokida o‘quv-seminari bo'lib o‘tdi.

❇️Seminar davomida Oqqorgon tumani Davlat maktabgacha ta`lim tashkiloti direktorlari, tashkilot hamshiralari va xo'jalik mudirlari faol ishtirok etib o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
#seminar

Oqqo‘rg‘on tumanida Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston psixologlari assosiasiyasi bilan hamkorlikda mahalla xotin-qizlar faollariga oilalar bilan ishlashda nizoli vaziyatlarning oldini olish, xotin-qizlarga huquqiy-psixologik yordam ko‘rsatish borasida psixologik bilimlarini shakllantirish mavzusida kecha seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Tajribali psixologlar tomonidan kun davomida tumanimizdagi mahallalarda faoliyat ko‘rsatayotgan xotin-qizlar faollariga notinch oilalar bilan ishlash, nizoli vaziyatlarning oldini olish, ruhiy tushkunlikka tushgan shaxslarga ko‘maklashish, shuningdek, baxtli turmush kechirish sirlari, oilalardagi tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish kabi mavzularda ko‘nikmalar berildi.

Seminar davomida  xotin-qizlar faollarining ham har birini mavzu bo‘yicha fikrlari tinglandi. Yakunda ishtirokchilar testdan o‘tib,  yaxshi natija ko‘rsatgan xotin-qizlar faollariga sertifikatlar topshirildi.

Oqqo‘rg‘on tuman oila va xotin- qizlar bo'limi.
#seminar

Oqqo'rg'on tumani Boyg'uli MFYda tuman hokimi T.A.Bobolov, fermer,dehqon va tomorqa yer egalari kengashi raisi A.Toshboyev hamda ushbu uyushma qoshidagi respublika jamgarma vakillari, ilg'or dehqonlar bilan hamkorlikda aholi tomorqalaridan samarali foydalanish tog'risida amaliy seminar o'tkazildi.

Seminarda to'qson bosti ekinlarining ahamiyati, dolzarbligi hamda mavjud imkoniyatlar to'g'risida tushunchalar berildi. Shuningdek Obod mahala, obod xonadon loyihasi asosida namunali xonadon egasining tomorqasi qanday bo'lishi kerakligi, jamg'armada mavjud asalarichilik, quyonchilik, ko'chatchilik, uzumchilikka berilayotgan imkoniyalar, artizan quduqlar, sug'orish tizimlari bo'yicha tushuncha va misollar keltrildi
.

✍️Oqqo'rg'on tumani hokimligi Axborot xizmati
@Oqqorgon_hokimligi
#seminar_trening

Joriy yilning 5-mart kuni Toshkent viloyati Oqqoʻrgʻon tumani Maktabgacha va maktab ta'limi tasarrufidagi 32-umumiy oʻrta taʼlim maktabida "Hayot goʻzal" aksiyasi doirasida " Bizni mehr birlashtiradi" deb nomlangan seminar trening tashkil etildi.

Seminarda Oqqoʻrgʻon tumani maktabgacha va maktab boʻlimi psixolog metodisti X.Pardayeva va 51 nafar maktab psixologlari ishtirok etishdi. Seminar davomida oʻquvchilarga va oʻqituvchilarga qiziqarli trening va oʻyin mashgʻulotlari oʻtkazildi.
Seminar qiziqarli savol - javoblarga boy boʻldi. Hammaga koʻtarinki kayfiyat ulasha oldi.

@oqqorgon_hokimligi
#Seminar #Seminar #Cеминар

Gʻalladan boʻshagan yer maydonlari ehtiyojmand oilalarga boʻlib berilmoqda

👉
Batafsil
____

The plots of land cleared of grain are being distributed to needy families

👉 In detail
____

Земельные участки после уборки урожая зерновых распределяются среди нуждающихся семей

👉 Подробно

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM