Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi
2.61K subscribers
24.7K photos
1.57K videos
43 files
3.17K links
Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali

Бу бот мурожаат учун @hokimiyatga_murojaatbot
Download Telegram
#hokimlik_hujjatlari

Boʻsh turgan yer maydonlari davlat mulki sifatida roʻyxatdan oʻtkaziladi

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev shu haqda tegishli qarorlarni imzoladi.

Qarorlarga koʻra, Piskent, Parkent, Ohangaron, Oqqoʻrgʻon, Quyi Chirchiq, Qibray, Bekobod, Boʻka hamda Toshkent tumanidagi ayni paytda boʻsh turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlari davlat mulki sifatida roʻyxatdan oʻtkaziladi.

Toshkent viloyati qishloq xoʻjaligi boshqarmasi boʻsh turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlaridan samarali foydalanishni tashkil etadi.

Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari X.Niyozov zimmasiga yuklatilgan.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hokimlik_hujjatlari

Oqqoʻrgʻon tumani hududidagi 59,58 gektar, Yangiyoʻl tumanidagi 53,91 gektar, hamda Oʻrta Chirchiq tumani hududidagi 97,6 gektar yer maydonlari davlat zaxirasiga olingani munosabati bilan fermer xoʻjaliklari bilan
hokimlik oʻrtasida tuzilgan ijara shartnomalari bekor qilindi.

Tasdiqlangan tegishli hujjatga koʻra, davlat zaxirasiga qaytarilgan yer maydoni boʻsh turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydoni hisoblanishini inobatga olib, davlat mulki sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bildirish
#hokimlik_hujjatlari

Xalq deputatlari Oqqoʻrgʻon tuman kengashining navbatdagi oltinchi chaqiriq yetmish yettinchi sessiyasi joriy yilning 24-avgust kuni soat 9:00da boʻlib oʻtadi.

Sessiyada deputatlar tuman ijtimoiy-siyosiy hayotiga doir masаlalarni koʻrib chiqadilar. Xususan, kun tartibidagi birinchi masala Oqqoʻrgʻon tumanidagi oʻquv muassasalarida 2022-2023-oʻquv yiligi tayyorgarlik koʻrish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻining hisobotini eshitadilar.
#bildirish
#hokimlik_hujjatlari

Xalq deputatlari Oqqoʻrgʻon tuman kengashining navbatdagi oltinchi chaqiriq yetmish sekkizinchi sessiyasi 2023-yilning 7-sentyabr kuni soat 9:00da boʻlib oʻtadi.

Sessiya ishida deputatlar tuman hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i G.Abdunazimova va Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha hokim o‘rinbosari J.Djanikulovning hisobotlarini eshitadilar.

Shuningdek, sessiyada deputatlar tumanning ijtimoiy-siyosiy hayotiga doir masаlalarni koʻrib chiqadilar.