Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi
2.62K subscribers
24.7K photos
1.57K videos
43 files
3.17K links
Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali

Бу бот мурожаат учун @hokimiyatga_murojaatbot
Download Telegram
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Ayrim transportlarni boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasi vaqtincha talab etilmaydi

“Tovarlarni yetkazib berish xizmatlarini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–153-son, 11.05.2023-y.) qabul qilindi

🔰 Qarorga ko‘ra, quyidagilarni boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasi bo‘lishi shartligi to‘g‘risidagi talab 2024-yil 1-yanvargacha to‘xtatib turiladi:

🔹eng yuqori konstruktiv tezligi soatiga 50 kilometrdan, ish hajmi 50 sm kubdan oshmaydigan ichki yonuv dvigateliga ega bo‘lgan yoki nominal (belgilangan) quvvati 0,25 kilovattdan ortiq va 4 kilovattdan kam bo‘lgan elektr dvigatelli ikki yoki uch g‘ildirakli transport vositalarini;

🔹shu jumladan xuddi shunday tavsiflarga ega bo‘lgan moped, kvadritsikl (kvadrotsikl), tritsikl, skuter hamda yo‘lning qatnov qismida harakatlanishga moslashtirilgan boshqa mexanik moslamalarni.

📌 Bunda, ushbu transport vositalarida harakatlanayotgan shaxslar motoshlem kiyishlari va uni qadab olishlari zarur.

⚠️ Shuningdek, buyurtma asosida tovarlarni yetkazib berish (yuk tashish bundan mustasno) o‘zini o‘zi band qilish faoliyat turiga kiritildi (ilgari shaxsiy transportdan foydalanib, jismoniy shaxslarga tovarlarni yetkazib berish o‘zini o‘zi band qilish faoliyat turi hisoblangan).

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

“Yashil energiya” sertifikati tizimi joriy etiladi

“Yashil energiya” sertifikatlari tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–156-son, 12.05.2023-y.) qabul qilindi

Qarorga muvofiq, elektrning qayta tiklanuvchi manbalar asosida ishlab chiqarilganini tasdiqlovchi “yashil energiya” sertifikati tizimi quyidagi bosqichlarda joriy etiladi:

▫️2023-yil 1-iyuldan – “O‘zbekgidroenergo” AJdagi gidroelektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan elektr uchun;
▫️2023-yil 1-oktyabrdan – quyosh, shamol va gidroelektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan elektr uchun.

➡️ Bitta “yashil energiya” sertifikati 1000 kVt*soat elektr ishlab chiqarilganligini tasdiqlaydi.

🏢 “Yashil energiya” sertifikatlari tizimini yuritish Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

Qayta tiklanuvchi manbalardan foydalanishga asoslangan generatsiya obyektlarining “yashil energiya” sertifikatlari savdosidan tushgan daromadlari foyda solig‘idan ozod etiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️“Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi ishga tushiriladi.

“Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko'rsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yo'lga qo'yish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident farmoni (PF–82-son, 01.06.2023 y.) qabul qilindi

🔰 Farmonga ko'ra, Ijtimoiy himoya milliy agentligi va hududlarda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tashkil etildi.

▶️ Quyidagilar Agentlik tuzilmasiga o'tkaziladi:

🔹2024 yil 1 yanvardan:

Sog'liqni saqlash vazirligi tizimidan bolalar uylari;
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidan mehribonlik uylari;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tizimidan voyaga yetmaganlar bilan ishlash sektorlari hamda oilaviy bolalar uylari.

🔹 2024 yil 1 avgustdan:

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidan alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar
va maktab-internatlar, ko'p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotlari hamda ixtisoslashtirilgan o'quv-tarbiya muassasalari;

Oliy ta'lim, fan va innovasiyalar vazirligi tizimidan imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktablari.

🗓 2023 yil 1 iyuldan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarida ijtimoiy xodimlar guruhlari tashkil etiladi.

📌 2023 yil 15 avgustgacha aholini ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam ko'rsatish dasturlari bo'yicha, shu jumladan ularning mobil aloqa vositalariga ma'lumot yuborish orqali xabardor qilish amaliyoti joriy etiladi.

➡️ 2024 yil 1 yanvargacha:

🔸davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy xizmatlarni ko'rsatish standartlarini hamda ularning ijrosini monitoring qilish mezonlari;

🔸nogironligi bo'lgan shaxslarni uyda parvarishlash bilan band bo'lgan oila a'zolariga ko'maklashish bo'yicha ijtimoiy himoya mexanizmlari ishlab chiqiladi.

▶️ 2023 yil 1 oktabrgacha “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi ishga tushiriladi.

🔢 2023 yil 1 oktabrdan:

“Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi Agentlik tasarrufiga o'tkaziladi;

aholiga ko'rsatiladigan barcha turdagi ijtimoiy xizmatlar va yordamlar, shu jumladan kam ta'minlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordamlar bo'yicha arizalar “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali qabul qilinadi.

2024 yil 1 yanvardan “Mehr daftari”, “Saxovat va ko'mak”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari” orqali ko'rsatiladigan ijtimoiy yordam va ko'maklar qamrab olinadi.

Har haftaning juma kuni “Mehr va saxovat kuni” sifatida belgilanib, barcha davlat organlari va tashkilotlari ehtiyojmand aholi, nogironligi bo'lgan shaxslar hamda yolg'iz keksalar holidan xabar olish, ularga g'amxo'rlik qilish hamda xayriya tadbirlari o'tkaziladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️“Yangi O'zbekiston” bog'ida Hunarmandlar maskani barpo etiladi

“Aholini hunarmandchilikka jalb qilish va hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF–91-son, 12.06.2023 y.) qabul qilindi

🔰Farmonga ko'ra, 2025 yil 1 yanvargacha “Xalq amaliy san'ati ustalarining milliy katalogi” va “Turizm sohasida faoliyat yuritayotgan hunarmandlar reestri”ga kiritilgan hunarmandlar uchun:

🔹kalendar yil davomida hunarmandchilik mahsulotlarini (ishlar, xizmatlar) realizasiya qilishdan tushgan tushumning 100 million so'mdan oshgan, biroq 1 milliard so'mdan ko'p bo'lmagan miqdori bo'yicha aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 50 foizga kamaytiriladi;

🔹tovar belgilarini milliy ro'yxatdan o'tkazish bepul amalga oshiriladi.

🗓 2023 yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kasanachilik va hunarmandchilikni rivojlantirishga ajratilayotgan mablag'larning kamida 70 foizi hunarmandchilikni rivojlantirish bo'yicha loyihalarni moliyalashtirishga yo'naltiriladi.

📁 Kasanachilikni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi Hunarmandchilik va kasanachilikni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi etib qayta nomlandi va 2023 yil 15 iyundan hunarmandchilikni moliyaviy qo'llab-quvvatlash choralari Jamg'arma mablag'lari hisobidan amalga oshiriladi.

📝 Hunarmandchilik va kasanachilikni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi hisobidan hunarmandchilik faoliyatini qo'llab-quvvatlash uchun ajratiladigan subsidiyalar ro'yxati (quyida keltirilgan) tasdiqlandi.

🔘 2023 yil 1 iyuldan:

🔹hunarmandchilik mahsulotlarini eksport qilishda xalqaro pochta va kurerlik jo'natmalari sifatida jo'natish xarajatlarining 50 foizi, biroq mahsulot eksport qiymatining (jo'natish xarajatlarisiz) 50 foizidan ortiq bo'lmagan qismi qoplab beriladi;

🔹davlat mulki bo'lgan moddiy madaniy merosning ko'chmas mulk obyektlarini hunarmandchilik faoliyati bilan shug'ullanish uchun faqat Milliy katalog va Reestrga kiritilgan hunarmandlarga elektron onlayn-auksion orqali ijaraga berish tartibi joriy etiladi.

2024 yil 1 martgacha “YAngi O'zbekiston” bog'iga tutash hududda 0,3 gektar yer uchastkasida namoyish zali, “Usta-shogird” maktabi va ustaxonani o'z ichiga olgan Hunarmandlar maskani barpo etiladi va har bir hunarmandga 100 kvadrat metrgacha joylar ijaraga beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Asal mahsuloti bog'cha tarbiyalanuvchilari va shifoxonalardagi bemorlarning kunlik rasioniga kiritiladi

“Asalarichilik tarmog'ini qo'llab-quvvatlash va qishloq xo'jaligi ekinlarini asalari bilan changlatishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Hukumat qarori (239–son, 12.06.2023 y.) qabul qilindi

🔰 Qarorga ko'ra, 2023 yilda 200 ming gektar maydonda paxta hosildorligini oshirish uchun g'o'zani asalari bilan changlatish agrotexnikasi qo'llaniladi.

📂 Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida Namangan hamda Farg'ona viloyatlari tajribasi asosida Asalarichilik sanoat markazlari tashkil etiladi.

☑️ 2024 yildan intensiv mevali bog'larda asalari bilan changlatish agrotexnikasini qo'llash choralari ko'riladi.

🗓 2023 yil 1 sentabrdan maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari va shifoxonalardagi bemorlarning kunlik iste'mol rasioniga asal mahsulotini kiritish masalasi ko'rib chiqiladi.

Har yili 1–10 dekabr kunlari Toshkent shahrida “Asal bayrami” va “Asalarichilik mahsulotlari” xalqaro ko'rgazmasi o'tkazib boriladi.

🌐 Asalarichilik subyektlarining “Apimondiya” xalqaro asalarichilik uyushmalari federasiyasi tomonidan tashkil qilinadigan ko'rgazma va konferensiyalarda doimiy ishtirok etishini ta'minlash bo'yicha zarur choralar ko'riladi.

▶️ “Fermerlar maktabi”da paxta maydonlari va intensiv mevali bog'larda asalarilar bilan changlatish agrotexnikasini qo'llash bo'yicha o'quv kurslari tashkil etiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Iste'molchilarga suv yetkazib berish bosqichma-bosqich davlat-xususiy sheriklikka o'tkaziladi

“Ma'muriy islohotlar doirasida suv xo'jaligi sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to'g'risida” gi Prezident Farmoni (PF–101-son, 20.06.2023 y.) qabul qilindi

🔰 Farmon bilan Suv xo'jaligi vazirligi faoliyatining ustuvor yo'nalishlari tasdiqlandi.

🗓 2030 yil yakunigacha vazirlikning quyi (tuman) bo'g'inda suv resurslarini boshqarish, fermer xo'jaliklari va boshqa suv iste'molchilariga suv yetkazib berish hamda suvning hisobini yuritish funksiyasi bosqichma-bosqich davlat-xususiy sheriklikka o'tkaziladi.

🗒 2023 yil sentabrgacha barcha tumanlarda suv resurslarini boshqarishni davlat-xususiy sheriklikka o'tkazish bo'yicha chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.

🔄 Farmonga ko'ra, Suv xo'jaligi obyektlari xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi Suv xo'jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo'jaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi etib qayta nomlandi.

Inspeksiya 2023 yil 1 avgustdan suvdan foydalanish va suv iste'moli tartibiga rioya etilishi hamda suvni tejaydigan sug'orish texnologiyalaridan samarali foydalanilishi bo'yicha o'tkaziladigan tekshiruvlarni “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida ro'yxatdan o'tkazmasdan amalga oshiradi.

⚖️ Inspeksiya yer usti suvlaridan foydalanish va suv iste'moli qoidalarini hamda suv olish tartibini buzish holatlari bo'yicha ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarni ko'rib chiqish, shuningdek, jismoniy shaxslarga nisbatan ma'muriy jazo qo'llashi mumkin.

🔢 2025 yil 1 yanvargacha “Raqamli suv xo'jaligi” yagona axborot tizimi yaratilib, suv xo'jaligi bo'yicha barcha dasturiy ta'minotlar mazkur

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

“Raqobat to'g'risida”gi Qonun (O'RQ–850-son, 03.07.2023- y.) yangi tahrirda qabul qilindi

Qonun bilan raqobat sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari belgilandi.

🏢 Qonunga ko'ra, Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo'mitasi raqobat sohasidagi vakolatli davlat organi (monopoliyaga qarshi organ) hisoblanadi.

📝 Qonunga bir qator yangi, jumladan, monopoliyaga qarshi komplaens tushunchasi kiritildi.

Monopoliyaga qarshi komplaens faoliyatning raqobat to'g'risidagi qonunchilik talablariga muvofiqligini ta'minlash, ularning buzilishi xatarlarini aniqlash va mazkur xatarlarning oldini olish bo'yicha ichki tashkiliy tartib-taomillar tizimidan iborat.

🔰 Monopoliyaga qarshi komplaens majburiy tartibda:

🔹respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarda;

🔹tovar yoki moliya bozorida ustun mavqega ega bo'lgan xo'jalik yurituvchi subyektlarda;

🔹oxirgi 3 yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumining o'rtacha yillik miqdori BHMning 100 ming baravaridan oshadigan hamda ustav fondining (ustav kapitalining) 50 foizi va undan ortig'i davlatga tegishli bo'lgan yuridik shaxslarda;

🔹oxirgi 3 yilda tovarlarni realizasiya qilishdan olingan tushumining o'rtacha yillik miqdori BHMning 100 ming baravaridan oshadigan hamda ustav fondining (ustav kapitalining) 50 foizi va undan ortig'i ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushi 50 foizni va undan ortiqni tashkil etadigan yuridik shaxsga tegishli bo'lgan yuridik shaxslarda;

🔹yuridik shaxslarning birlashmalarida joriy etiladi.

Qonunda ustun mavqeni belgilashning yangi mezonlari kiritildi. Unga ko'ra, tabiiy monopoliya subyektlari ham ustun mavqega ega subyektlar qatoriga qo'shildi.

📁Shuningdek, ustun muzokara kuchi instituti kiritilib, unga muvofiq, ustun mavqega ega bo'lmagan xo'jalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhi tomonidan bitim shartlarini, tovarlar realizasiya qilinadigan hududni va narxni belgilashga bir tomonlama ta'sir ko'rsatish imkoniyatining mavjudligi ustun muzokara kuchi deb e'tirof etiladi.

☑️ Qonunga ko'ra, davlat xo'jalik yurituvchi subyektlarga soliq va bojxona imtiyozlari, subsidiyalar, grantlar, davlat kafolatlari, imtiyozli kreditlar, eksklyuziv huquqlar, davlat mulkini imtiyozli narxlarda sotish va ijaraga berish, yer resurslaridan va yerosti boyliklaridan foydalanish huquqlarini imtiyozli shartlar asosida berish hamda boshqa preferensiyalar va afzalliklar tarzida davlat yordamini berishi mumkin.

Ushbu Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran 3 oy o'tgach kuchga kiradi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Akademik litseylarga o‘quvchilarni qabul qilishda yozma imtihon bekor qilinadi

“Ma’muriy islohotlar doirasida oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–200-son, 03.07.2023-y.) qabul qilindi

📝 Qarorga ko‘ra, oliy ta’lim dasturlari xalqaro reytingda yuqori 200 talik ro‘yxatga kirgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari dasturi asosida qayta ishlab chiqiladi.

Ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibi bekor qilinib, kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tizimi joriy etiladi. Bunda:

🔹 kompleks davlat akkreditatsiyasi har 4 yilda ta’lim tashkilotlarini tashqi baholash natijalari asosida o‘tkaziladi;

🔹litsenziyasi bekor qilingan ta’lim tashkiloti yoki yopilgan ta’lim dasturida o‘qiyotgan talabalarga o‘qishini davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklariga ko‘chirish huquqi beriladi.

☑️ Shuningdek, ta’lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish amaliyoti joriy etiladi. Bunda:

📊 Vazirlik tomonidan tan olingan xalqaro reyting tashkilotlarining birinchi 1 000 talikka kirgan oliy ta’lim tashkilotlari navbatdagi kompleks davlat akkreditatsiyasidan ozod qilinadi.

📁 Oliy ta’lim tashkilotlarining reytingi ta’lim tashkilotining faoliyati va ta’lim jarayoniga aralashmagan holda ma’lumotlarni axborot tizimi orqali olish yo‘li bilan yuritiladi.

🗓 2024-yil 1-yanvardan:

reyting davlat va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari bo‘yicha umumiy aniqlanadi;
so‘nggi 5 yil davomida reytingda birinchi 10 talik o‘rinni egallagan oliy ta’lim tashkilotlari navbatdagi kompleks davlat akkreditatsiyasidan ozod qilinadi.

🗒 2025-yil 1-yanvardan:

nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga davlat buyurtmasi asosida kadrlar tayyorlash bo‘yicha kvota ularning reytingdagi o‘rniga muvofiq ajratiladi;
oliy ta’lim tashkilotlarining ta’lim sohalari kesimidagi reytingini yuritish yo‘lga qo‘yiladi.

🔘 2023/2024-o‘quv yilidan:

▫️akademik litseylarga o‘quvchilarni qabul qilishda yozma imtihon asosida dastlabki saralash bosqichi bekor qilinadi;

▫️kollej va texnikumlarning ta’lim dasturlariga davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari 2 baravarga oshiriladi;

▫️abituriyentlarga “davlat granti” yoki “ta’lim yo‘nalishi” ustuvorliklaridan birini tanlash va tanlagan ustuvorligi bo‘yicha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ketma-ketligida tanlovda ishtirok etish huquqi beriladi;

▫️talabaning ta’lim yo‘nalishiga mos startap loyihasi hamda ratsionalizatorlik g‘oyasini bitiruv malakaviy ishi va magistrlik dissertatsiyasi sifatida himoya qilish amaliyoti joriy etiladi;

▫️oliy ta’lim muassasalari talabalarining iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarida haq to‘lanadigan qisqa muddatli maqsadli ishlab chiqarish amaliyotlari tashkil etiladi.

🔘 2024/2025-o‘quv yilidan:

🔸OTMga kirish imtihonlarini topshirish “avval test, so‘ng tanlov” tamoyili asosida tashkil etiladi hamda abituriyentlarga test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasasi, ta’lim yo‘nalishi va shaklini tanlash imkoniyati yaratiladi;

🔸umumta’lim fanlaridan xalqaro imtihon natijalari bo‘yicha sertifikatlar davlat OTMga qabul qilishda inobatga olinadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️“Tovar to'g'risida ma'lumot” axborot tizimi va mobil ilovasi ishlab chiqiladi

“Ma'muriy islohotlar doirasida raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident farmoni (Pf–108-son, 06.07.2023 y.) qabul qilindi

🔰Farmonga ko'ra, Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo'mitasi monopoliyaga qarshi respublika organi bo'lib, o'z faoliyatida Prezidentga va Senatga hisobdor hisoblanadi.

🗓 2023 yil 1 oktabrdan:

🔹eksklyuziv huquqlar berilgan xo'jalik yurituvchi subyektlarning reestri (ro'yxati) joriy etiladi;

🔹Raqobat qo'mitasi bitim shartlarini, tovarlar realizasiya qilinadigan hududni va narxni belgilashga bir tomonlama ta'sir ko'rsatish imkoniyatiga (ustun muzokara kuchiga) ega bo'lgan subyektlarni aniqlaydi va ular tomonidan ustun muzokara kuchini suiiste'mol qilishni taqiqlaydi;

🔹raqobatga qarshi kelishuvni tuzgan yoki o'zaro muvofiqlashtirilgan harakatni sodir etgan yuridik yoki jismoniy shaxs bu haqda Raqobat qo'mitasiga birinchi bo'lib ixtiyoriy ravishda xabar qilsa, u raqobat to'g'risidagi qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikdan ozod etiladi.

📁Shuningdek, “Biz sizni eshitamiz” loyihasi joriy qilinadi.

2023 yil 1 oktabrgacha Raqobat qo'mitasi tizimida korrupsiya holatlariga yo'l qo'ymaslik, ularga oldindan “tashxis qo'yish” va korrupsiyani keltirib chiqarishi mumkin bo'lgan omillarni aniqlash va bartaraf etish bo'yicha ta'sirchan mexanizmlar ishlab chiqiladi.

📲 2023 yil 20 dekabrgacha iste'molchilarga mamlakat iste'mol bozorida muomalada bo'lgan tovarlar (ishlar va xizmatlar) to'g'risida ma'lumotlarni onlayn tarzda olish imkoniyatini beruvchi “Tovar to'g'risida ma'lumot” axborot tizimi va mobil ilovasi ishlab chiqiladi.

➡️ 2025 yil 1 yanvargacha Raqobat qo'mitasining tabiiy monopoliya subyektlarining tariflarini tartibga solish va nazorat qilish funksiyalari bosqichma-bosqich tashkil etiladigan mustaqil bozor regulyatorlariga o'tkaziladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Pilla qurti urug'ini ishlab chiqaruvchilarga subsidiya beriladi

Hukumat qarori (305-son, 21.07.2023 y.) bilan Pillani qayta ishlash va pilla qurti urug'ini ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan pilla boquvchilarga yetkazib berilgan ipak qurti urug'i uchun subsidiya ajratish tartibi to'g'risida nizom tasdiqlandi

Nizomga ko'ra, 2026-yil 1-yanvargacha har yili pillani qayta ishlash va pilla qurti urug'ini ishlab chiqaruvchi korxonalarga ular tomonidan pilla boquvchilarga yetkazib berilgan har bir quti ipak qurti urug'i uchun 120 ming so'm miqdorida subsidiya ajratiladi.

🔰 Shunga ko'ra:

🔹 birinchi va ikkinchi mavsum uchun subsidiya oluvchilarning manzilli ro'yxati shakllantiriladi (20-maygacha);

🔹 uchinchi va to'rtinchi mavsum uchun Manzilli ro'yxat imzolanib, tasdiqlangan holda Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo'mitasiga taqdim etiladi (20-avgustgacha);

🔹 Qo'mita subsidiyalar berish uchun ajratiladigan mablag'larni subsidiya oluvchining bank hisobvarag'iga o'tkazib beradi (10 ish kunida).

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Kommunal xizmat ko'rsatish sohasida muammolarni aniqlash va tezkor hal etish tizimi joriy qilinadi

“Toshkent shahrida davlat va tadbirkorlik subyektlari o'rtasida o'zaro manfaatli hamkorlik asosida investisiya loyihalarini amalga oshirish va shahar infratuzilmasini yaxshilash bo'yicha huquqiy eksperimentni o'tkazish chora-tadbirlari to'g'risida” gi Prezident qarori (PQ-236-son, 26.07.2023 y.) qabul qilindi

🔰 Qarorga ko'ra:

🔹 2023 yil 1 oktabrdan Adliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Kadastr agentligi, Soliq qo'mitasi va boshqa davlat organlari axborot tizimlaridagi munisipal mulklar to'g'risidagi ma'lumotlar ushbu tizimlarni o'zaro integrasiya qilish orqali “Raqamli Toshkent” kompleks dasturiga yuklanadi.

🔹2024 yil 1 yanvardan munisipal mulklarning har biriga nisbatan samaradorlikning muhim ko'rsatkichlari belgilanadi va ularning bajarilishi “Toshkent Invest kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan monitoring qilinadi.

🔹Toshkent shahridagi davlat ko'chmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara to'lovining eng kam stavkalari hamda kichik sanoat zonalarida tadbirkorlar tomonidan to'lanadigan ijara to'lovi miqdorlari har yili 31 dekabrgacha bozor tamoyillari asosida belgilanadi.

2023 yil 1 oktabrdan Toshkent shahrida belgilangan obyektlar negizida (quyidagi ro'yxatda keltirilgan) Kompaniya tomonidan loyiha qiymati 1 million AQSH dollarigacha ekvivalentdagi davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishning soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi.

🗓 2024 yil 1 yanvargacha kommunal xizmat ko'rsatish korxonalari axborot tizimlarini “Raqamli Toshkent” kompleks dasturiga integrasiya qilish orqali muammolarni aniqlash va tezkor hal etish tizimi joriy qilinadi.

▶️ 2024 yil 1 martdan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va “Hududgazta'minot” AJ korxonalarining Toshkent shahri filiallari “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ va “Toshkent shahar gaz ta'minoti” MCHJ sifatida qayta tashkil etiladi.

📌 2024 yil 1 yanvardan oqar suv, jumladan texnik suv resurslaridan to'lov asosida foydalaniladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Mahallalarda 5 000 ta sport maydonchasi tashkil qilinadi

“Mahallalarda sport infratuzilmasini rivojlantirish va sport maydonchalaridan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–245-son, 28.07.2023 y.) qabul qilindi

Qarorga ko'ra, “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida g'olib va sovrindor bo'lgan hamda hududida sport infratuzilmasi mavjud bo'lmagan mahalla terma jamoalari uchun 2030-yilgacha 5 000 ta sport maydonchalari tashkil qilinadi.

🗓 2023-yil 1-avgustdan:

🔸olis va chekka hududlarda joylashgan mahallalar hamda maktablar hududida qurilgan sport maydonchalari ular joylashgan hududiga qarab tegishliligi bo'yicha Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari tizimiga o'tkaziladi;

🔸sport maydonchalarining joylashuv hududidan qat'i nazar (ta'lim tashkilotlari hududida darsdan tashqari vaqtlarda), barcha fuqarolar uchun foydalanish bepul bo'ladi va vaqti chegaralanmaydi;

🔸sport maydonchalaridan samarali va maqsadli foydalanilishi mahallalardagi yoshlar yetakchilari va profilaktika inspektorlari tomonidan tashkil etiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Paxta yetishtiruvchilarga QQSni bo'lib-bo'lib to'lash huquqi beriladi

“Paxta xomashyosini yetishtiruvchilar uchun qo'shilgan qiymat solig'ini to'lash hamda hisobga olish muddatlarini muvofiqlashtirish to'g'risida”gi Hukumat qarori (379-son, 14.08.2023 y.) qabul qilindi

🔰 Qarorga ko'ra:

🔹2023 yil hosilidan paxta-to'qimachilik klasterlari tomonidan paxta xomashyosi to'liq elektron tarozi orqali qabul qilinadi;

🔹QQSni paxta xomashyosi bo'yicha yakuniy hisob-kitoblarni amalga oshirish muddatigacha to'lash va hisobga olishga ruxsat etiladi;

🔹2026 yil 1 aprelgacha paxta-to'qimachilik klasterlari va qishloq xo'jaligi korxonalari (fermer xo'jaliklari) o'rtasidagi hisob-kitoblar hamda QQSni hisobga olish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

paxta-to'qimachilik klasterlari tomonidan paxta hosili uchun yakuniy hisob-kitoblar o'z muddatida amalga oshirilmaganda, yuzaga kelgan soliq qarzdorligini QQS to'lovchisi hisoblangan qishloq xo'jaligi korxonalari (fermer xo'jaliklari)ga 3 oy muddatga teng ulushlarda bo'lib-bo'lib to'lash huquqi beriladi;

paxta-to'qimachilik klasterlariga qabul qilib olingan paxta hosili uchun elektron hisobvaraq-fakturada ko'rsatilgan QQS summasini qishlok xo'jaligi korxonalari (fermer xujaliklari) tomonidan QQS byudjetga to'lab berilganidan so'ng hisobga olishga ruxsat etiladi.

QQSni bo'lib-bo'lib to'lash va hisobga olishning avtomatlashtirilgan dasturi ishga tushiriladi.

🗓 2023 yil 5 sentabrgacha hududlar va klasterlar kesimida paxta xomashyosini yig'ib olish bilan bog'liq ma'lumotlar shakllantiriladigan axborot tizimi ishga tushirilib, 2023 yil 15 sentabrdan “Agroplatforma” axborot tizimiga integrasiya qilinadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️“Jarima maydonchasi” axborot tizimi ishlab chiqiladi

Hukumat qarori (358–son, 11.08.2023 y.) ayrim normativ huquqiy hujjatlarga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi

🔰Shunga ko'ra, 2024 yil 1 yanvardan:

🔹qonun hujjatlari buzilganligi uchun vakolatli davlat organlari tomonidan ushlangan transport vositalarini saqlash xizmatlarini ko'rsatuvchi yuridik shaxslar Jamoat xavfsizligi departamenti Yo'l harakati xavfsizligi xizmatining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali ochiq tanlov asosida tanlab olinadi;

🔹ushlangan transportlarni to'xtash joylariga olib kelish, joylashtirish, saqlash, hisobini yuritish va olib chiqib ketishga ruxsat berish “Jarima maydonchasi” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi;

🔹transportlarni to'xtash joylariga olib kelish (tashish) hamda saqlash bo'yicha ko'rsatiladigan xizmatlar uchun to'lovlarning cheklangan miqdorlari joylardagi hokimliklar tomonidan belgilanadi.

🔰 “Jarima maydonchasi” axborot tizimi orqali, jumladan:

▫️ushlangan, to'xtash joylariga joylashtirilgan va olib chiqishga ruxsat berilgan transportlar ro'yxati yuritiladi;

▫️transportlarni to'xtash joylaridan olib chiqish uchun barcha to'lovlar (jarima maydonchasi va huquqbuzarlik uchun jarimalar) elektron amalga oshiriladi.

⚠️ Mazkur axborot tizimi 2023 yil 1 noyabrgacha ishlab chiqiladi.

🗒 Shuningdek, 2023 yil 1 dekabrgacha YHXXning yagona axborot tizimi ushlangan transportlarni saqlash xizmatlarini ko'rsatuvchi yuridik shaxslarni ochiq tanlov asosida elektron tanlab olish imkoniyatini yaratish maqsadida takomillashtiriladi.

📌 Qaror rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran 3 oy o'tgach kuchga kiradi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM