Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi
2.63K subscribers
24.7K photos
1.57K videos
43 files
3.17K links
Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali

Бу бот мурожаат учун @hokimiyatga_murojaatbot
Download Telegram
#dolzarb_mavzu

Bugun Oqqoʻrgʻon tumanida voyaga yetmaganlar oʻrtasida jinoyat va huquqbuzarlikni oldini olish, 2022-yil 10 oy davomida voyaga yetmaganlar va ayollar oʻrtasida sodir etilgan jinoyatlar tahliliga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Unda Oqqoʻrgʻon hokimi A. Karimjonov, sektorlar rahbarlari, Toshkent viloyati IIBB 3- Mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi boshligʻi polkovnik I.T.Xudoybergenov, tegishli mutasaddi tashkilotlar rahbarlari, maktablar o‘qituvchilari, mahalla raislari, hokim yordamchilari, ayollar faollari, yoshlar yetakchilari hamda imom hatiblar ishtirok etdi.

Mavzu yuzasidan soʻzga chiqqanlar jinoyatchilikning oldini olishda, hamkorlikda ish yuritish samarasini taʼkidladilar.

Yigʻilishda Toshkent viloyati IIBB 3-mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi boshligʻi oʻrinbosari podpolkovnik X.E.Xaydarov, Oqqoʻrgʻon tuman IBB HPB VE va YOOʻHPTEG katta inspektori mayor Gʻ. Abduraimov va tuman bosh imom hatibi O.Anvarov mavzu yuzasidan axborot berdilar.
#xush_xabar
#dolzarb_mavzu

Guliston mahallasida qayta tiklanuvchi energiya manbalari o‘rnatiladi

Energiya tejovchi qurilmalardan foydalanish, muqobil energiya manbaalarini joriy etish bugungi davr talabi. Ayniqsa, qish chillasida hukm surgan anomal sovuq bu vazifaning kechiktirib bo‘lmasligini ko‘rsatib berdi.

Bugun tuman hokimi A.Karimdjanov boshchiligida hokim o‘rinbosarlari,  yordamchilari, mahalla raislari, buydjet tashkilotlari rahbarlari, mahalla faollari, tadbirkorlar ishtirokida o‘tgan yig‘ilishda ijtimoiy soha obektlari, tadbirkorlar va tashkilotlarda energiyaga bo‘lgan talabni 30 foizga qisqartirish uchun quyosh panellarini o‘rnatish masalasi muhokama etildi. Yashil energiya manbaalaridan samarali foydalanish, quyosh panellarini o‘rnatish, Prezident tashabbusi bilan yaratilgan imkoniyatlar aytib o‘tildi.

Ta’kidlanganidek, quyosh panellarini o‘rnatgan aholi va tadbirkorlar qo‘llab-quvvatlanadi, subsidiya, chegirmalar mavjudligi kabi ko‘rinishidagi imtiyoz berilishi aytib o‘tildi.
#dolzarb_mavzu

“Internetdagi tahdidlardan himoya”

Ijtimoiy tarmoqlarda milliy g‘oya va ma’naviy qadriyatlarga, aholi, ayniqsa yoshlar orasida radikal kayfiyatlarni uyg‘otishga, axloqsizlikni yoyishga qaratilgan buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi samarali targ‘ibot ishlarini tashkil etish vazifamizdir.

batafsil
#dolzarb_mavzu

Narkomaniya - baxtli hayot kushandasi

Bugun Oqqoʻrgʻon tumani "Ishga marhamat" Monomarkaz majlislar zalida "Narkomaniya-baxtli hayot kushandasi" mavzusida tadbir boʻlib oʻtdi.

Tadbir tuman hokimligi, prokuraturasi, tibbiyot birlashmasi, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Respublika birlashmasining tuman bo‘linmasi hamkorligida tashkil etildi.

Tadbirni tuman hokimi o‘rinbosari J.Djanikulov olib bordi.

Tadbir avvalida tuman prokuraturasi tomonidan mavzuga oid videorolik  taqdim etildi. Shundan soʻng tuman prokurori D.Fayziyev mavzu yuzasidan yig‘ilganlarga axborot berdi.

Tuman tibbiyot birlashmasi norkologi R.Xodiyev vakili va “Guliston” MFY etakchisi A.Nomozov o‘z so‘zlarida narkologik kasallikkar turlari, oldini olish usullari hamda uning salbiy oqibatlari haqida tadbir ishtirokchilariga maʼlumot berishdi.
#dolzarb_mavzu

Milliy qadriyatlar maʼnaviyatimizni yuksaltiradi

Yurtimizda yashayotgan har bir millatga mansub xalqning oʻziga xos milliy qadriyat, urf-odat va anʼanalari saqlanib qolgan. Bundan 110 ming nafardan ortiq aholi yashayotgan Oqqoʻrgʻon tumanimiz ham mustasno emas, albatta. Ushbu anʼanalar orqali oʻsayotgan yoshlarda vatanga muhabbat, sodiqlik va vatanparvarlik tuygʻusi mustahkamlanmoqda.

Batafsil