Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi
2.63K subscribers
24.7K photos
1.57K videos
43 files
3.17K links
Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali

Бу бот мурожаат учун @hokimiyatga_murojaatbot
Download Telegram
#Konstitusiya_sha’nim_va_qadrim_himoyachisi!

“Yangi О‘zbekistonni barpo etish – bu shunchaki xohish-istak, subyektiv hodisa emas, balki tub tarixiy asoslarga ega bо‘lgan xalqimizning asriy orzu-intilishlariga mos, uning milliy manfaatlariga tо‘la javob beradigan obyektiv zaruratdir”.               

Shavkat Mirziyoyev

Ma’lumki, qadimdan jamiyat va davlat о‘rtasidagi munosabatlarni adolatli tartibga solish dolzarb masala hisoblangan. Bu murakkab vazifani faqat qonun yо‘li bilan amalga oshirish mumkinligi huquq tushunchasining paydo bо‘lishiga olib kelgan. Bu esa uni muttasil takomillashtirib borish zaruratini paydo qilgan. Antik davrlardayoq vujudga kelgan davlatlarning shakllanish jarayonida umumiy ovoz berish yо‘li bilan yoki xalq vakillari orqali barcha uchun majburiy bо‘lgan qonun-qoidalar ishlab chiqish amaliyoti sekin-asta odat tusiga kirgan.

Batafsil
#dolzarb
#Konstitusiya_sha’nim_va_qadrim_himoyachisi!

“Yangi О‘zbekistonni barpo etish – bu shunchaki xoxish-istak, subyektiv hodisa emas, balki tub tarixiy asoslarga ega bо‘lgan xalqimizning asriy orzu-intilishlariga mos, uning milliy manfaatlariga tо‘la javob beradigan obyektiv zaruratdir”.      
                                                                            
Ma’lumki, qadimdan jamiyat va davlat о‘rtasidagi munosabatlarni adolatli tartibga solish dolzarb masala hisoblangan. Bu murakkab vazifani faqat qonun yо‘li bilan amalga oshirish mumkinligi huquq tushunchasining paydo bо‘lishiga olib kelgan. Bu esa uni muttasil takomillashtirib borish zaruratini paydo qilgan. Antik davrlardayoq vujudga kelgan davlatlarning shakllanish jarayonida umumiy ovoz berish yо‘li bilan yoki xalq vakillari orqali barcha uchun majburiy bо‘lgan qonun-qoidalar ishlab chiqish amaliyoti sekin-asta odat tusiga kirgan. Natijada odamlar hayotining ayrim jabhalarinigina qamrab oladigan, jо‘n tartib-qoidalardan iborat qonunlar joriy etilgan. Keyinchalik davlat va jamiyat hayotining turli qirralariga tegishli huquq va burchlar tizimini yaratish, amaldagi qonun-qoidalarni yaxlitlashtirish ehtiyoji paydo bо‘ldi.

Konstitusiya о‘z mazmuni va ijtimoiy vazifasiga kо‘ra davlatning mohiyatini ta’riflovchi, uning tashkiliy tuzilishini ifodalovchi, davlat siyosatining asoslarini belgilovchi hujjat sifatida gavdalanadi. Konstitusiya о‘z ijtimoiy vazifasini bajara borib, bir qator о‘zaro mushtarak bо‘lgan funksiyalarni ado etadi.

Vatanimiz milliy taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qо‘ydi. Yangi О‘zbekiston deganda el-yurtimizning azaliy umid-niyatlari, yuksalish sari intilishlarining namoyon bо‘lishini о‘zimizga aniq tasavvur qilamiz. Yangi О‘zbekistonning yangilangan Konstitusiyasi jamiyatimizning milliy taraqqiyot ehtiyojlaridan kelib chiqayotgan hayotiy zarurat bо‘lib,  Yangi О‘zbekistonni bunyod etishning huquqiy asoslarini mustahkamlashdagi istiqbolli qadamdir.

Konstitusiyada  О‘zbekiston – huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat deb belgilandi. Ya’ni, insonga e’tibor hamda g‘amxо‘rlik – davlat va jamiyatning eng asosiy burchi ekani mustahkamlandi.

Konstitusiyada belgilab berilgan inson huquqlari xalqni har kuni tinch, baxtli va xavotirsiz yashashi, о‘z sohasi bо‘yicha ilmiy, ijodiy, ma’naviy va tashkiliy faoliyat olib borishini, shuningdek, yosh avlodni sifatli ta’lim olishini, umuman olganda Konstitusiya mamlakatimizda inson qadri har narsadan ustun ekanligini о‘z moddalari orqali kafolatlaydi. Shuningdek, kambag‘allikni qisqartirish, bandlikni ta’minlash, ishsizlikdan himoya qilish,  umuman davlatning ijtimoiy sohadagi majburiyatlari bilan bog‘liq Konstitusiyadagi normalar 3 barobar kо‘paytirildi. Konstitusiyamizning moddasiga kо‘ra, insonning sha’ni va qadr-qimmati daxlsizdir. Hech narsa ularni kamsitish uchun asos bо‘lishi mumkin emas. Hech kim qiynoqqa solinishi, zо‘ravonlikka, boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi muomalaga yoxud jazoga duchor etilishi mumkin emas. Hech kimda uning roziligisiz tibbiy va ilmiy tajribalar о‘tkazilishi mumkin emas deb belgilab berildi.

Xulosa qilib aytganda, Konstitusiya inson sha’ni va qadri himoyachisi bо‘lib, xalqning irodasini, ruhiyatini, ijtimoiy ongi va madaniyatini aks ettiradi. Unda jamiyat taraqqiyotiga turtki beruvchi, muhim ma’naviy omil bо‘lib xizmat qiluvchi g‘oyalar о‘z ifodasini topadi.

✍🏻Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Oqqо‘rg‘on tuman bо‘linmasi