Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi
2.63K subscribers
24.7K photos
1.57K videos
43 files
3.17K links
Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali

Бу бот мурожаат учун @hokimiyatga_murojaatbot
Download Telegram
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#2023_yil_1_iyuldan

Qonunchilikka ko'ra, 2024 yil 1 iyulgacha issiqxonaga ixtisoslashgan yer maydoni 25 sotixdan ko'p bo'lgan tadbirkorlar tomonidan ishchilarining mehnatga haq to'lash tarzidagi daromadlari bo'yicha to'langan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'ini quyidagi shartlarga bir vaqtning o'zida rioya qilinganda tadbirkorlarga qaytarib berish tartibi joriy etiladi:

har bir 5 sotix yer maydoni uchun oyiga kamida 1 nafar ishchining bandligini ta'minlash;

har bir ishchi uchun oyiga mehnatga haq to'lash tarzidagi daromadni mehnatga haq to'lashning eng kam miqdorining 1 baravaridan kam bo'lmagan (980 ming so'm) miqdorda belgilash;

issiqxonaga ixtisoslashgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan issiqxona faoliyati bo'yicha olgan daromadlari joriy hisobot (soliq) davri yakunlari bo'yicha jami daromadning kamida 60 foizini tashkil etishi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#2023_yil_1_iyuldan

Qonunchilikka muvofiq, “Jamoatchilik ekologiya nazoratchisi” tizimi joriy qilinadi.

🚫 Shuningdek, chiqindi poligonlarini xususiylashtirish taqiqlanadi.

☑️ “Chiqindilarni ommaviy yig'ish” (O'zPlogging) umummilliy harakati tashkil etiladi.

📝 Qattiq maishiy chiqindilarni to'plash, olib chiqib ketish bo'yicha aholiga ko'rsatilgan xizmatlar uchun vujudga kelgan qarzdorlikni majburiy tartibda undirish uchun sudga da'vo arizalari sanitar tozalash xizmatlarini ko'rsatuvchi korxonalar tomonidan kiritiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#2023_yil_1_iyuldan

🗓 1 iyuldan nimalar o'zgaradi?

🔹 “O'zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining stipendiyasi” joriy etiladi BATAFSIL

🔹Ayrim tabirkorlar ishchilarining daromad solig'i qaytarib beriladi BATAFSIL

🔹Hunarmandchilik mahsulotlarini eksport qilishda xalqaro pochta va kurerlik xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi BATAFSIL

🔹Ayrim normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish taqiqlanadi BATAFSIL

🔹“Jamoatchilik ekologiya nazoratchisi” tizimi joriy qilinadi BATAFSIL

🔹Davlat organlari AKT xodimlarining malakasi oshiriladi BATAFSIL

🔹“Yashil energiya” sertifikatini berish boshlanadi BATAFSIL

🔹Nodavlat futbol muassasalariga futbol assosiasiyasi a'zosi bo'lish talabi qo'yiladi BATAFSIL

🔹Ayrim vino mahsulotlariga aksiz markasi yopishtirilmaydi BATAFSIL

🔹Elektr yetkazib berish bo'yicha shartnomalar “Shaffof qurilish” tizimi orqali tuziladi BATAFSIL

🔹Ayrim tezkor-qidiruvlarda ekspress tekshirish texnik vositalari o'sha joyning o'zida qo'laniladi BATAFSIL

🔹Ayrim turdagi dorilar sertifikatlashtirilmaydi BATAFSIL

🔹Davlat ishtirokidagi korxonalar rahbarlari tanlov asosida tayinlanadi BATAFSIL

🔹2010 – 2012 yillarda berilgan eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalari va avtomototransport ro'yxatdan o'tkazilganligi to'g'risidagi guvohnomalar haqiqiy emas deb hisoblanadi BATAFSIL

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM