Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi
2.62K subscribers
25K photos
1.59K videos
44 files
3.18K links
Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali

Бу бот мурожаат учун @hokimiyatga_murojaatbot
Download Telegram
Forwarded from Xushnudbek.uz
⚡️ Xotin-qizlarga tavsiyanoma olish uchun arizalar qabuli boshlandi
#abituriyent

Mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar davlat oliy ta’lim muassasalariga alohida qabul parametrlari (jami 500 ta kvota) doirasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi belgilangan.

Ushbu imtiyozdan foydalanmoqchi bo‘lgan xotin-qizlar Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining tavsiyanomasiga ega bo‘lishlari lozim.

📝 Talabgorlar joriy yilning 1-iyuniga qadar (shu kuni ham) ariza bilan doimiy yashash yoki vaqtincha ro‘yxatda turgan joyidagi tuman (shahar) Ishchi guruhlariga murojaat etadilar va quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

fuqarolik pasporti yoki ID karta nusxasi;
mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarchasi)dan ko‘chirma;
o‘rta-maxsus yoki professional ta’lim bo‘yicha diplom.

Imtiyoz qo‘llanishi haqida batafsil bu yerda:
https://t.iss.one/xushnudbek/14477

Tasavvur hosil qilish uchun o‘tgan yilgi kvotalar va tartib haqida bu yerda o‘qishingiz mumkin:
https://t.iss.one/xushnudbek/14934

❗️ESLATMA: o‘tgan yili tavsiyanoma olgan, lekin o‘qishga kira olmagan xotin-qizlar yana hujjat topshirishi shart emas. O‘tgan yilgi tavsiyanoma haliyam kuchga ega, o‘sha bilan topshirishlari mumkin.

‼️ESLATMA-2: O‘tgan yili tavsiyanoma olib, o‘qishga kirganlarning tavsiyanomasi esa o‘z kuchini yo‘qotgan, yaʼni kuygan bo‘ladi.

ℹ️ Tavsiyanoma olish uchun talabgorlar quyidagi mezonlarning barchasiga muvofiq kelishi kerak:

o‘rta maxsus yoki professional ta’lim bo‘yicha mutaxassislikka ega bo‘lishi;

tavsiyanoma olgunga qadar oliy ta’lim olmaganligi yoki olmayotganligi;

o‘rta maxsus yoki professional ta’lim mutaxassisligi bo‘yicha kamida besh yillik mehnat stajiga ega bo‘lishi.
 
Talabgorlar tomonidan taqdim etilgan ariza va hujjatlar tuman (shahar) Ishchi guruhlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda 1-7-iyun kunlari ko‘rib chiqiladi va tavsiyanoma berish yoki tavsiyanoma berishni rad etish to‘g‘risida xulosa qabul qilinadi.


👉 @xushnudbek 👈