Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi
2.61K subscribers
24.7K photos
1.57K videos
43 files
3.17K links
Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali

Бу бот мурожаат учун @hokimiyatga_murojaatbot
Download Telegram
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Bilasizmi

🔘 Qonunchilikka ko'ra, 2025-yil 1-yanvargacha:

▫️kasanachilarga daromad solig'i kasanachilikdan olinadigan jami daromadni 50 foizga, 1 oyda ko'pi bilan 1 million so'mgacha kamaytirgan holda hisoblanadi;

▫️kasanachilar ijtimoiy soliq to'lovini o'zini o'zi band qilgan shaxslar uchun belgilangan tartibda amalga oshiradi;

▫️olis va chekka hududlardagi mahallalarda kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlarga dastlabki 3 oydagi faoliyati uchun 1 oylik o'rtacha daromadi miqdorida bir martalik subsidiya ajratiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ФВВ огоҳлантиради!

Азиз фуқаролар! Белгиланмаган жойларда чўмилиш тақиқланади. Унутманг, чўмилиш бу сизнинг ва яқинларингизнинг умрига завол бўлиши мумкин.

Огоҳ бўлинг!
Audio
🟦🟦🟩🟩

Dushanba - viloyat hokimligida hudud tashkilotlari va idoralarida ijro intizomining ahvoli oʻrganiladi va muhokama qilinadi. "Temir daftar","Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari" bilan ishlash, muammolarni oʻrganish va amaliy koʻmak berish kuni

🔘Ohangaron shahri. Shahar hokimi A.Eshonqulov "SILK PLAST QUALITY" MCHJda boʻlib,  u yerda korxona xodimlari bilan tadbirkorlikni rivojlantirish, "Yoshlar daftari"dagi yigit-qizlarning bandligini taʼminlash xususida suhbatlashdi.

🔘Oqqoʻrgʻon tumani. “Mahallalarda yoshlar bilan individual ishlash” yoʻnalishida tuman hokimligi, yoshlar ishlari  agentligi, mahallardagi yoshlar yetakchilari va tuman tibbiyot birlashmasi hamkorligida  nogironligi bor yoshlarning chuqurlashtirilgan tibbiy  koʻriklari tashkil etildi.

🔘Olmaliq shahri. Shahardagi "ENTER ENGENERING" MCHJ qoshida "Amaliyot monomarkazi" faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Monomarkaz ochilishi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda shahar hokimi Q.Xamdamov va sektor rahbarlari ishtirok etdilar.

🔘Yangiyoʻl shahri. Shahar hokimi F.Mirzayev boshchiligida "Mustaqillik" mahallasida navbatdagi sayyor qabul oʻtkazildi. Murojaatlar yuzasidan qonun doirasida tushuntirishlar berildi va ijobiy yechim topishi nazoratga olindi.

🔘Boʻstonliq tumani. Tuman hokimi J.Axmedov boshchiligida mutasaddi tashkilot rahbarlari bilan fuqarolarning navbatdagi qabuli boʻlib oʻtdi. Qabul jarayonida 20 ga yaqin fuqaroning murojaatlari tinglandi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
#mahalliy_hokimiyat

Bir martalik moddiy yordam ajratildi

Xalq deputatlari Oqqo‘rg‘on tuman Kengashining joriy yil 12-maydagi qarori bilan bir martalik moddiy yordam tariqasida 108 nafar fuqaroga jami 195 700 000 (bir yuz to‘qson besh million yeti yuz ming) so‘m pul mablag‘i “Mahalla” xayriya jamoat fondi Oqqo‘rg‘on tumani bo‘linmasi qoshida ochilgan “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidan pul mablag‘i ajratildi. Ushbu mablag‘ "Saxovat va ko‘mak" jamg‘armasi va "Xalq banki" Oqqo‘rg‘on filiali xodimlari tomonidan tarqatildi.
#Раҳбар_ва_ёшлар

Учинчи сектор раҳбари ёшлар билан уйма уй юриб мулоқот ўтказмоқда


“Жағалбойли” МФЙ ҳудудидан “Ёшлар дафтари”га киритилган ёшлар ва уларнинг ота оналари билан учрашган учинчи сектор раҳбари, туман ИИБ бошлиғи И.Турғунов уларни ўйлантираётган масалалар ечими, ёшларнинг ҳаётда ўз ўрнини топишларида ҳар томонлама қўллаб-қувватлаш юзасидан мулоқот олиб борди. Ёшлар мурожатлари ечими юзасидан тегишли чора-тадбирлар ишлаб чиқилди.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent viloyatining barcha soliq inspeksiyalarida quyosh panellari o‘rnatildi.

⚡️Mamlakatimizda 2-3 milliard kilovatt soat elektr energiyasiga qoʻshimcha talab bor. Kelgusi besh yilda esa bu ehtiyoj 10 milliard kilovatt-soatga oshishi kutilmoqda. Bunday vaziyatda eng samarali yoʻl — uy, korxona, bogʻcha, maktab va shifoxonalarda muqobil energiyadan foydalanishni koʻpaytirishdir. Shu boisdan, Toshkent viloyatida ham qayta tiklanuvchi energiya uskunalarini keng joriy etish, bu borada aholini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda.

🔰Xususan ijtimoiy soha ob’ektlarini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida, Toshkent viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i tashabbusi bilan viloyatning barcha inspeksiyalarida 420 kVtli quyosh panellari o‘rnatildi.

Shuningdek, elektr energiyaga bo‘lgan talabini qayta tiklanuvchi mazkur energiya manbalari Toshkent viloyati soliq organiga qarashli 23 ta xizmat uylarida (69 kVtli) ham ishlamoqda.


🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
DIQQAT, TANLOV!

Energetika vazirligi aholi o‘rtasida kichik quvvatli quyosh fotoelektr tizimlaridan keng foydalanishni jadallashtirish maqsadida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan hamkorlikda “Quyoshli mahalla” maxsus tanlovini o‘tkazmoqda.

Quyida “Quyoshli mahalla” tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom, Tanlovni o‘tkazish sxemasi, Quyosh fotoelektr tizimlari o‘rnatilganligi va foydalanishga topshirilganligi to‘g‘risida dalolatnoma bilan tanishing: https://minenergy.uz/uz/news/view/2864

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#faxr

"Toʻrgʻay" jamoasi xalqaro festivalda

Margʻilon shahrida boʻlib oʻtayotgan "Buyuk ipak yoʻli" Xalqaro folklor musiqa festivalida tumanimizning "Toʻrgʻay" folklor ansambli viloyatimiz sharafini himoya qilayapti.

Tumanimiz madaniyati va sanʼatini olamga tanitayotgan "Toʻrgʻay" jamoasiga omad yor boʻlsin!!!
Forwarded from Xushnudbek.uz
⚡️ Xotin-qizlarga tavsiyanoma olish uchun arizalar qabuli boshlandi
#abituriyent

Mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar davlat oliy ta’lim muassasalariga alohida qabul parametrlari (jami 500 ta kvota) doirasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi belgilangan.

Ushbu imtiyozdan foydalanmoqchi bo‘lgan xotin-qizlar Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining tavsiyanomasiga ega bo‘lishlari lozim.

📝 Talabgorlar joriy yilning 1-iyuniga qadar (shu kuni ham) ariza bilan doimiy yashash yoki vaqtincha ro‘yxatda turgan joyidagi tuman (shahar) Ishchi guruhlariga murojaat etadilar va quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

fuqarolik pasporti yoki ID karta nusxasi;
mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarchasi)dan ko‘chirma;
o‘rta-maxsus yoki professional ta’lim bo‘yicha diplom.

Imtiyoz qo‘llanishi haqida batafsil bu yerda:
https://t.iss.one/xushnudbek/14477

Tasavvur hosil qilish uchun o‘tgan yilgi kvotalar va tartib haqida bu yerda o‘qishingiz mumkin:
https://t.iss.one/xushnudbek/14934

❗️ESLATMA: o‘tgan yili tavsiyanoma olgan, lekin o‘qishga kira olmagan xotin-qizlar yana hujjat topshirishi shart emas. O‘tgan yilgi tavsiyanoma haliyam kuchga ega, o‘sha bilan topshirishlari mumkin.

‼️ESLATMA-2: O‘tgan yili tavsiyanoma olib, o‘qishga kirganlarning tavsiyanomasi esa o‘z kuchini yo‘qotgan, yaʼni kuygan bo‘ladi.

ℹ️ Tavsiyanoma olish uchun talabgorlar quyidagi mezonlarning barchasiga muvofiq kelishi kerak:

o‘rta maxsus yoki professional ta’lim bo‘yicha mutaxassislikka ega bo‘lishi;

tavsiyanoma olgunga qadar oliy ta’lim olmaganligi yoki olmayotganligi;

o‘rta maxsus yoki professional ta’lim mutaxassisligi bo‘yicha kamida besh yillik mehnat stajiga ega bo‘lishi.
 
Talabgorlar tomonidan taqdim etilgan ariza va hujjatlar tuman (shahar) Ishchi guruhlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda 1-7-iyun kunlari ko‘rib chiqiladi va tavsiyanoma berish yoki tavsiyanoma berishni rad etish to‘g‘risida xulosa qabul qilinadi.


👉 @xushnudbek 👈
Forwarded from Gazetalar sharhi
🌏 Бугун – Бутун жаҳон тамакисиз яшаш куни

Ўттиз беш йилдирки дунё аҳли 31 майни тамакисиз яшаш куни сифатида нишонлашади.

ЖССТ маълумотларига кўра ҳар йили бу заҳри қотил 6-7 миллион атрофидаги кишиларнинг ёстиғини қуритмоқда. Мажозий маънода олиб қараганда, ер шаридаги чоғроққина бир давлат аҳлига тенг инсонлар тамакига “ем” бўлаяпди.

Тахминий маълумотларга кўра Марказий Осиёдаги Ўзбекистон, Қозоғистон ва Қирғизистон аҳолиснинг 12-27 фоизини сигарет кашандалари ташкил этаркан. Таиланд, Япония, Янги Зелландия каби бир қатор давлатларда тамаки маҳсулотларини сотиб олиш ва чекишга муайян тўсиқлар қўйилган. Ўпка ракининг 90 фоизи, сурункали ўпка касалликларининг 75 фоизи, юрак – қон томир касалликларининг 25 фоизини ўз пулимизга сотиб оларканмиз.

Мамлакатимизда чекишга қарши бошланган жиддий ҳаракатга қўшилайлик.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/gazetalar_sharhi
#madaniyat_sanʼatga_eʼtibor

Yoshlar va madaniyat markazida Oqqoʻrgʻon tuman Madaniyat va turizm boʻlimi qoshidagi "Humo" yosh tomoshabinlar teatri jamoasi mana beshinchi kundirki ikki siansda "Sehirli sandiq" spektaklini namoyish etishmoqda.

Quvonarlisi, kun sayin teatrga bolajonlar qiziqishi ortib bormoqda. Yozgi taʼtilda kichkintoylarga ajoyib maʼnaviy-madaniy koʻnikmalarini boyitishga koʻmaklashayotgan ustozlarga balli.