Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi
2.62K subscribers
24.9K photos
1.59K videos
44 files
3.17K links
Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali

Бу бот мурожаат учун @hokimiyatga_murojaatbot
Download Telegram
#Haftalik_ish_reja_ijrosi
#Kashandalik_umr_zavoli

Chekish keng tarqalgan yomon odatlardan biri bo‘lib, inson salomatligi va jamiyatga katta ziyon yetkazadi. Insonning zamonaviy hayot tarzida chekish ko‘pgina surunkali kasalliklarni keltirib chiqaruvchi, ish qobiliyatini pasaytiruvchi, nogironlikni va o‘limning ko‘payishiga sabab bo‘luvchi xavfli omillarning asosiylaridan biri bo‘lib qolmoqda. Bu esa chekishga qarshi kurash masalasi dolzarb ekanligidan dalolat beradi.

"31 may – Xalqaro kashandalikka qarshi kurash kuni" munosabati bilan tuman hokimligida va maktablarda "Yosh umringni zavol qilma", "Kashandalik-umr zavoli" mavzularida davra suhbati hamda "Ma’rifat soati" o‘tkazildi.

"Ma’rifat soati"da RMMM tuman bo‘linmasi rahbari M.Rustamov tomonidan chekish sog‘liq uchun zararli ekanligi, ayniqsa yoshlarni turli zararli illatlardan himoya qilish, giyohvandlik, tamaki va alkagol mahsulotlarini iste’mol qilishning oqibatlari to‘g‘risida tushunchalar berildi.

✍️RMMM tuman bo‘linmasi