Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi
2.62K subscribers
24.9K photos
1.59K videos
44 files
3.17K links
Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali

Бу бот мурожаат учун @hokimiyatga_murojaatbot
Download Telegram
#jarayon

Samarqand shahrida 25-26-may kunlari boʻlib oʻtayotgan Xalqaro "Muzeyshunoslik va arxeologiya tadqiqotlar dolzarb muammo va echimlar" Forumida Oqqoʻrgʻon tuman Tarix va oʻlkashunoslik muzeyi direktori A.Qurbonov ishtirok etmoqda.

Masʼul vakil taʼkidlashicha, tumanimiz "Buyuk Ipak yoʻli turizm sayyohlik yoʻli tarkibi"ga  rasman kiritildi.

Demak, tumanimizda xorijlik sayyohlar yoʻnalishi birmuncha ortadi.
#statistika

Toshkent viloyati aholisini jon boshiga umumiy daromadi qancha ekanligini bilasizmi?

🌐BATAFSIL

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Haftalik_ish_reja_ijrosi
#Kashandalik_umr_zavoli

Chekish keng tarqalgan yomon odatlardan biri bo‘lib, inson salomatligi va jamiyatga katta ziyon yetkazadi. Insonning zamonaviy hayot tarzida chekish ko‘pgina surunkali kasalliklarni keltirib chiqaruvchi, ish qobiliyatini pasaytiruvchi, nogironlikni va o‘limning ko‘payishiga sabab bo‘luvchi xavfli omillarning asosiylaridan biri bo‘lib qolmoqda. Bu esa chekishga qarshi kurash masalasi dolzarb ekanligidan dalolat beradi.

"31 may – Xalqaro kashandalikka qarshi kurash kuni" munosabati bilan tuman hokimligida va maktablarda "Yosh umringni zavol qilma", "Kashandalik-umr zavoli" mavzularida davra suhbati hamda "Ma’rifat soati" o‘tkazildi.

"Ma’rifat soati"da RMMM tuman bo‘linmasi rahbari M.Rustamov tomonidan chekish sog‘liq uchun zararli ekanligi, ayniqsa yoshlarni turli zararli illatlardan himoya qilish, giyohvandlik, tamaki va alkagol mahsulotlarini iste’mol qilishning oqibatlari to‘g‘risida tushunchalar berildi.

✍️RMMM tuman bo‘linmasi
Cho‘kish bilan bog‘liq hodisalarning yuz bermasligi uchun avvalambor cho‘milish qoidalariga qat'iy rioya qilish lozim. Buning uchun birinchi navbatda ob-havo quyoshli va shamol bo‘lmagan paytda, havo harorati issiq bo‘lgan vaqtda cho‘milish tavsiya etiladi. Qorin och bo‘lganda, charchaganda, chanqaganda, yaqinda bemorlikdan turganda, spirtli ichimlik iste'mol qilinganda, yolg‘iz bo‘lganda va oftob urish hollarida cho‘milish maqsadga muvofiq emas. Shuningdek, taqiqlangan joylarda cho‘milish, kater va qayiqlarga yaqin suzib borish, yosh bolalarni suvda qarovsiz qoldirish, chegaralangan belgilardan tashqariga chiqish, ko‘prik, damba va kemalardan suvga sakrash, notanish joylarga sho‘ng‘ish taqiqlanadi. Batafsil...

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
#sessiya

Bugun Xalq deputatlari Oqqo`rg`on tuman Kengashining 6-chaqiriq 72-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyaga tuman hokimi A.Karimdjanov raislik qildi.

Deputatlar kun tartibiga kiritilgan "Tumanda gender tenglikni ta’minlash, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni har tomonlama qo`llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to`g`risida"gi, “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining Oqqo`rg`on tumanida ijrosini taъminlash to`g`risida", "Muddatidan ilgari O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o`tkazuvchi uchastka komissiyalari tarkibiga nomzodlar tavsiya etish to`g`risida"gi, “Ayollar daftari” ro`yxatida turuvchi fuqarolarga tibbiy yordam uchun mablag` ajratish to`g`risida" va “Temir daftar” ro`yxatida turuvchi fuqarolarga moddiy yordam
uchun mablag` ajratish to`g`risida"gi masalalarni atroflicha muhokama qilib, bu borada tegishli qaror qabul qildilar.
#sayyor_qabul

Bugun Oqqorgon tuman hokimi Alisher Karimdjanov "Usta Normat" MFY guzarida navbatdagi sayyor qabulini otkazdi.

Ushbu qabulda tuman hokimiga 25 nafar fukarodan 30 ta masalada murojaat qildi. Ularda aksar ichimlik suvi, tabbiy gaz, etishmovchiligi, pensiya, yollarni ta’mirlash, yaroqsiz holga kelgan simyogochlarni almashtirish, davolanishi uchun moddiy yordam, uy-joy bilan ta’minlash kabi masalalarda murojaatlar qabul qilindi.

Tuman hokimi har bir murojaatni qat’iy nazoratga olib, tegishli mutasaddi korxon-tashkilotlar rahbarlariga korsatma hamda topshiriqlar berdi.