Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi
2.59K subscribers
24.7K photos
1.58K videos
43 files
3.17K links
Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali

Бу бот мурожаат учун @hokimiyatga_murojaatbot
Download Telegram
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan bir gala daydi itlar borasidagi materialga tuman Obodonlashtirish bo‘limining rasmiy munosabati.

Tuman Obodonlashtirish bo‘limining "Yovvoyi itlarni ovlash" xizmati xodimlari tomonidan egasiz, qarovsiz itlar, tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi bilan hamkorlikda tutib belgilangan tartibdagi choralar ko‘rildi.

O‘rni kelganda aytish joizki, xizmat xodimlari yovvoyi itlarni tutishga chiqqanda ayrim xonadon egalari "Bu mening itim, tegmanglar", deb xizmat xodimlariga qarshilik ko‘rsatishga urinishadi.Shu sababli barcha it boqayotgan fuqarolardan ularni veteraniya bo‘limidan belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazishingizni va uy hayvonlaringizni nazoratsiz qoldirmaslingizni so‘raymiz.
#rasmiy_munosabat

Kecha ijtimoiy tarmoqda tarqalgan “Oqqoʻrgʻon tumanida maktab oʻquvchilariga piyodalar yoʻlagi” tashkil etish yuzasidan rasmiy munosabat.

Bugungi kunda Oqqoʻrgʻon tumanida 49 ta umumiy oʻrta taʼlim maktabi faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Aytish joizki, islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Bundan taʼlim tizimi ham mustasno emas. Maktablar qayta qurilmoqda, atrofi obodonlashtirib zamon talabiga darajasiga keltirilmoqda.
Taʼkidlash joizki, tumanimizdagi maktablarning 16tasi katta yoʻl yoqasida joylashgan. Ushbu taʼlim muassasalarining 3-, 4-, 9-, 11-, 18-, 31- va 38-umumiy oʻrta maktablari atrofida piyodalar yoʻlaklari mavjud. Yuqorida taʼkidlaganimizdek, ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Xususan, piyodalar yoʻlagi joriy yilda 3- va 18-maktab hududida bo‘lgan, kelgusi yil qamrov yanada kengayib, yana 6ta maktab atrofi zamon talabi darajasida bo‘ladi.
Shuningdek, 2021 yilda 6 km, 2022 yilda 6.5 km velo va piyodalar yo‘lagi qurilgan. Bu jarayon izchil davom etyapti.
#Rasmiy_munosabat

Toshkent viloyati avtomobil yoʻllari Bosh boshqarmasi  ommaviy axborot vositalarida keltirilgan “Yangiyoʻl tumanidan Oqqoʻrgʻon markazigacha boʻlgan yoʻl taʼmirtalab holatda” mazmunidagi materialga rasmiy munosabatini bildirdi.

Rasmiy munosabatda aytilishicha, ushbu yoʻl Quyi Chirchiq tumani hududidan oʻtuvchi davlat ahamiyatdagi 4R 22 “Toʻytepa sh.-Oqqoʻrgʻon q.- Yangiyoʻl sh.” avtomobil yoʻli hisoblanadi.

Hozirgi kunda transport vositalarining koʻpligi hamda yuqori yuk koʻtaruvchi transport vositalari qatnovi ortganligi va  avtomobil yoʻlining texnik parametrlari ushbu yuqori yuk mashinalariga moʻljallanmaganligi hisobiga avtomobil yoʻllari yoʻl qatnov qismida  buzilishlar va chuqurchalar vujudga  kelmoqda.
Quyi Chirchiq TYFUK tomonidan avtomobil yoʻllariga ajratilgan limit mablagʻlari hisobidan joriy taʼmirlash ishlari amalga oshirilib boriladi. Davlat  ahamiyatdagi 4R 22 “Toʻytepa sh. - Oqqoʻrgʻon q. - Yangiyoʻl sh.” avtomobil yoʻlining qatnov qismida vujudga kelgan chuqurchalarni taʼmirlash 2022-yil 4 chorak uchun Respublika Moliya vazirligi tomonidan ajratiladigan qoʻshimcha limit mablagʻlari doirasida bosqichma-bosqich taʼmirlash ishlari amalga oshirilib borilishi maʼlum qilinadi. Toʻla taʼmirlash  dasturi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan  tasdiqlanishini inobatga olib, kelgusi yillarda dastur  shakllantirish vaqtida taklif kiritilishi maʼlum qilingan.

Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi Axborot xizmati

Kanalga qo‘shilish:👇

https://t.iss.one/oqqorgon_hokimligi
#rasmiy_munosabat

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda “Egasiz itlar koʻpaygani, yosh bolalarga hujum qilishayotgani” yuzasidan rasmiy munosabat.

Ushbu xabar yuzasidan Oqqoʻrgʻon tuman Obodonlashtirish boʻlimiga qarashli Nazoratsiz qolgan hayvonlarni tutish va saqlash boʻlimi xodimlari tomonidan hududlardagi egasiz itlar tutilib, saqlov nazoratiga olinayotganini maʼlum qilishdi.

Ushbu jarayon izchillik bilan har kuni davom etmoqda.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat

Bugun ijtimoiy tarmoqda tarqagan “49-maktabda oʻquvchi qiz sport zalida behush holda topildi”, degan xabar yuzasidan tuman IIB va XTB ishchi guruhi tomonidan oʻrganilib, XTB tasarrufidagi 49-IDUMda bunday oʻquvchi umuman oʻqimasligi va noxush holat sodir boʻlmaganligi aniqlandi.

Aziz foydalanuvchilar, ijtimoiy tarmoq orqali yolgʻon axborot tarqatish qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishini unutmang.

Eng achinarlisi, bu kabi shov-shuvli xabar uchun bir inson hayoti, tashkilot va korxonalar shaʼniga putur yetishi tayin. Bunga yo‘l qo‘yish shar’iy va huquqiy meʼyorlarimizga ham toʻgʻri kelmaydi.
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqda “ichimlik suv quvuri yorilib, isrof boʻlib yotibdi”, mazmunidagi xabarga rasmiy munosabat.

Xabarda keltirilgan “Qushtamg‘ali”MFY hududiga “Toshkent suv taʼminoti” MCHJ Oqqoʻrgʻon tuman boʻlimi rahbari boshchiligidagi tezkor avariya guruhi hamda tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi masʼullari yetib borib, ushbu joy oʻrganildi.

Mutasaddilar tezkorlik bilan suv oqishini toʻxtatib, taʼmirlash ishlarini boshlab yuborishdi. Taʼmirlash ishlari yakunlanib, suv quvuri sozlangach, holat barqarorlashtirildi.

Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi Axborot xizmati
#rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Oqqoʻrgʻon tumaniga qarashli hudud yoʻli haqida berilgan xabar yuzasidan Oqqoʻrgʻon tuman Yoʻllardan foydalish unitar korxonasi direktori Sh.Atemov quyidagicha maʼlumot berdi:

— “Oqqoʻrgʻon tuman yoʻllardan foydalish unitar korxonasi tomonidan xizmat koʻrsatiladigan 4R-22 ”Toʻytepa-Oqqoʻrgʻon-Yangiyoʻl“ yoʻnalishidagi avtomobil yoʻlning 30-33 km oraligʻida hosil boʻlgan yoʻl qoplamalari chuqurchalari 2022-yil bahorgi mavsumda joriy va toʻla joriy taʼmirlangan. Yilning kuzgi mavsumida kuzatilgan kuchli yogʻingarchilik natijasida hosil boʻlgan chuqurchalar ham taʼmirlangani va hozirgi holatda harakatlanish talablariga javob berishini bildiramiz”.
#rasmiy_munosabat

Bugun ijtimoiy tarmoqda keltirilgan “Ko‘ngilni xira qiluvchi holat”, deb berilgan xabar mutasaddilar tomonidan o‘rganilib, holat zudlik bilan bartaraf etilgan.

Mutasaddilar tumandoshlarimizdan chiqindilarni belgilangan tartibda tashlash va ekologik madaniyatli bo‘lishga chaqiradi.
#rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqda“ Oqqoʻrgʻon tumanidagi ”ABS Oqqoʻrgʻon“ klasteri fermerlarga yetishtirgan hosil uchun tuzilgan shartgomada koʻrsatilgan mablagʻni toʻlab bermayapti”, degan xabar yuzasidan “ABS Oqqoʻrgʻon” klaster rahbariyati tomonidan quyidagilar maʼlum qilindi.

“ABS Oqqoʻrgʻon” klaster fermer xoʻjaliklari bilan 2022-yil yetishtirilgan hosil uchun 53 mlrd soʻmlik shartnoma tuzishgan. Ushbu shartnomada asosan klaster fermerlarga 30 mlrd soʻm mablagʻni toʻlab bergan. Qolgan 23 mlrd soʻm joriy yilning aprel oyida toʻlash rejalashtirilganini maʼlum qiladi.
#jarayon
#rasmiy_munosabat

Qishning sovuq, qorli-qirovli kunlarida yo‘llarda yuzaga kelgan nosozliklar bahorgi joriy ta‘mirlash ishlari davomida bartaraf etiladi.

Xususan, ayni paytda Nurafshon–Oqqo‘rg‘on yo‘nalishida “Tuman Yo‘llardan foydalanish” unitar korxonasi xodimlari tomonidan “Guliston” MFY hududida joriy ta‘mirlash ishlari olib borilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqda tanqid qilingan hududlarga ham tuman Yo‘llardan foydalanish yunitar korxonasi rahbariyati ta‘kidlashicha aprel oyida to‘la joriy ta‘mirdan chiqariladi. Yo‘lsozlar bugungi kunda “Hamid Olimjon” MFY hududida ta‘mirlash ishlarini olib bormoqda.
#RASMIY_MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim elektron ommaviy axborot vositalari va virtual makon foydalanuvchilari orasida “tanishlariga oddiy diniy qoʻshiq, nashida tarqatgan talaba qamaldi” mazmunidagi noxolis maʼlumotlar tarqalayotgani yuzasidan

🌐BATAFSIL

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Oqqoʼrgʼon tumani, Sobir Raximov mahallasida chiqindilar tashlab ketilayapti” mazmunidagi xabar boʼyicha Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi Oqqoʼrgʼon tuman boʼlimi tomonidan joyiyga chiqib oʼrganildi.

Oʼrganish davomida tumanning Sobir Rahimov MFY hududiga nomaʼlum fuqarolar tomonidan turli xildagi chiqindilar tashlab ketilgani aniqlandi. Inspektorlar tuman Obodonlashtirish boʼlimi ishchi-xodimlari va maxsus texnikalarini jalb etgan holda hudud chiqindilardan tozalanib bartaraf etildi.

👉
Batafsil

Shu oʼrinda aholidan belgilanmagan joylarga chiqindi tashlamaslikni va uni yoqmaslikni bu kabi hatti-harakatlar uchun qonunda tegishli tartibda chora koʼrilishini eslatib oʼtamiz.

@oqqorgon_hokimligi
#RASMIY_MUNOSABAT

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 6-sonli umumta’lim maktabida sodir etilgan, noxush holat tasvirlangan videolavha tarqaldi.

Ushbu videoda o‘qituvchi o‘quvchini sinf xonasida kaltaklagan vaziyati dars xonasidagi videokuzatuv kameralariga muhirlangan. Holat joriy yilning 9-oktabr kuni sodir bo‘lgan.

Ayni paytda tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan ishchi guruh tuzilib o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

O‘rganishlar yakunida batafsil ma’lumot beriladi.

Oqqo‘rg‘on tumani hokimligi Axborot xizmati
@Oqqorgon_hokimligi