Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi
2.59K subscribers
24.8K photos
1.58K videos
43 files
3.17K links
Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali

Бу бот мурожаат учун @hokimiyatga_murojaatbot
Download Telegram
👉 #Targʻibot

Bugun Oqqo'rg'on tumani "Ishga marhamat" monomarkazi xodimlari band bo’lmagan va bu yil maktabni bitirib o’qishga kira olmagan, shuningdek hozirda ishsiz bo‘lgan fuqarolarni monomarkazda kasb-hunar o’rganishga jalb qilish maqsadida mahallalarda targ’ibot ishlarini olib bordilar.

Targ‘ibotda "Ishga marhamat" monomarkaz xodimlari band bo’lmagan fuqarolarga monomarkazda o’qib, biron bir kasb-hunar egallashi va o'qishni muvaffaqiyatli tamomlaganidan so'ng ishga joylashishi yoki o’z yo‘nalishi bo'yicha tadbirkorligini yo’lga qo’yishi mumkinligi to’g’risida tushunchalar berdilar.

Shuningdek, targ’ibotda ishsiz fuqarolarga "Ishga marhamat" monomarkazining imkoniyatlari va shart-sharoitlari to’g’risida ham ma’lumot berildi.
#Targʻibot

Bugun “Ishga marhamat” monomarkazi xodimlari ishsiz, biron bir kasb egasi bo’lmagan fuqarolarga monomarkazda o’qib kasb-hunar egasi bo’lish tushunchalarini berish maqsadida targ’ibot o’tkazdi.

Bunda qo’lida hunari bo’lmagan va aholi o’rtasida o’z xohish-istagi bilan kasb-hunarni o’rganaman degan fuqarolar uchun “Ishga marhamat” monomarkazining shart-sharoiti va imkoniyatlari to’g’risida to’liqligicha ma’lumotlar berildi.
Bundan tashqari Oqqo'rg'on tumanidagi umumta’lim maktab bitiruvchilari bilan kichik davra suhabatlari olib borilib ularning barcha qiziqish va istaklaridan kelib chiqqan savollariga ham javob berildi.
#targʻibot

Jaholatga qarshi maʼrifat bilan

Bugungi globallashuv davrida insonlar ongini egallash va boshqarishning yangi usullari koʻpayib bormoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda nosogʻlom axborotlar tarqatilishi natijasida dunyoning turli nuqtalarida beqarorliklar yuzaga kelayotgani sir emas. Bunday vaziyatda ogohlik va hushyorlik eng toʻgʻri yoʻldir.

Oqqoʻrgʻon tumani markazidagi Yoshlar va madaniyat markazi majlislar zalida mahalla faollari ishtirokida “Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusida muloqot oʻtkazildi.

Muloqotda Din ishlari boʻyicha qoʻmita Toshkent viloyati boshqarmasi xodimi J. Aʼzamxonov, Oʻzbekiston Musulmonlar idorasi  Toshkent viloyati vakilligi xodimi Z. Nortojiyev, Din ishlari boʻyicha Qoʻmitaning Oqqoʻrgʻon tumaniga masʼul xodimi A. Mavlonov va boshqalar  davlat va din munosabatlari, islom dinining asl mohiyati hamda radikal, ekstremistik gʻoyalar toʻriga aldanishning ayanchli oqibatlari haqida yigʻilganlarga batafsil maʼlumot berdilar.

kanalga qo‘shilish:👇

https://t.iss.one/oqqorgon_hokimligi
#targʻibot

Hunar hunardan unar

Bugun “Jagʻalboyli” MFY hududida yashovchi hunarmandchilik qilish istagida boʻlgan, “Ayollar daftari”da turadigan ayollar bilan “Tumanlararo hunarmandchilik uyushmasi” rahbari Hulkar Doʻstmurodova bilan suhbat uyushtirildi.

Suhbat jarayonida ayollar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi,  hozirda hunarmandlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, amaldagi qaror va farmoyishlar bilan tanishtirildi.
#targʻibot

Oqqoʻrgʻon tumani 78-IDUM tarbiyalanuvchilari bilan Yongʻin xavfsizligi oyligi munosabati bilan Oqqoʻrgʻon tumani FVB xodimlari hamkor tashkilotlar bilan birgalikda prafilaktik suhbat  oʻtkazildi. Maktab tarbiyalanuvchilariga yong‘in sodir bo‘lganda olib boriladigan ishlar amaliyoti amaliy tushuntirildi.
#targʻibot
#ogohlik
#dolzarb

Yoshlar ishlari agentligi mahalla yetakchilari tomonidan aholi gavjum joylarda foydalanishi taqiqlangan dori vositalarni olmaslik yuzasidan targibot ishlari olib borilmoqda.
#targʻibot

Tinchlikni qadrlash, osoyishta hayot uchun shukronalik, uni saqlab qolish va mustahkamlashning zaruriy sharti hisoblanadi. Tinchlikni saqlaydigan omillardan biri – toʻgʻri tafakkur. Zero, toʻgʻri fikrlash barchani har-xil buzuq eʼtiqodlardan, notoʻgʻri yoʻllarga kirib qolishdan asraydi. Odamlar orasida begona yot gʻoyalar tarqalishini oldini oladi.

Diniy qoʻmitaning Oqqo'rg'on tumani hamda Yangiyo'l shahar boʻlinmasi bilan hamkorlikda tumanda joylashgan 20.21 va 50-umumiy o'rta ta'lim maktablarida “Jaholatga qarshi - maʼrifat” shiori ostida “Islom tinchlik dini” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir davomida maʼnaviyati yuksak, har qanday yot gʻoyalarga chap bera oladigan, oʻzining mustahkam eʼtiqodi va milliy qadriyatlarini mustahkam tutib, undan ogʻishmay yashaydigan xalqni hech qanday kuch yenga olmasligi, jaholatga qarshi faqatgina maʼrifat bilan kurashmoq darkorligi uqtirildi.
#targʻibot

Tinchlikni qadrlash, osoyishta hayot uchun shukronalik, uni saqlab qolish va mustahkamlashning zaruriy sharti hisoblanadi. Tinchlikni saqlaydigan omillardan biri – toʻgʻri tafakkur. Zero, toʻgʻri fikrlash barchani har-xil buzuq eʼtiqodlardan, notoʻgʻri yoʻllarga kirib qolishdan asraydi. Odamlar orasida begona yot gʻoyalar tarqalishini oldini oladi.

Diniy qoʻmitaning Oqqo'rg'on tumani hamda Chinoz tumani boʻlinmasi bilan hamkorlikda tumanda joylashgan 10.11.29 va 35-umumiy o'rta ta'lim maktablarida “Jaholatga qarshi - maʼrifat” shiori ostida “Islom tinchlik dini” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir davomida maʼnaviyati yuksak, har qanday yot gʻoyalarga chap bera oladigan, oʻzining mustahkam eʼtiqodi va milliy qadriyatlarini mustahkam tutib, undan ogʻishmay yashaydigan xalqni hech qanday kuch yenga olmasligi, jaholatga qarshi faqatgina maʼrifat bilan kurashmoq darkorligi uqtirildi.
#Targʻibot

🙋Bugun Toshkent viloyati Oqqo'rg'on tumani "Ishga marhamat" monomarkaz xodimlari belgilangan reja jadval asosida Oqqo'rg'on tumanidagi umumiy o’rta ta’lim maktablarida targʻibot tadbirini oʻtkazishdi.

Xususan maktablarda yaqin kunlarda “So’ngi qo’ngiroq” bo’lishi, o’quv jarayonlari yakunlanish munosabati bilan kasb-hunar, til o’rganib bo’sh vaqtlarini mazmuli o’tkazishlari uchun monomarkaz xodimlari tomonidan maktab o’quvchilariga kerakli ko’rsatma va tavsiyalar berildi.

Tadbir tumandagi 14-ta umumiy oʻrta taʼlim maktablarida oʻtkazildi.

Targʻibot tadbiri davom etmoqda

🗺"Ishga marhamat" monomarkazi manzili: Toshkent viloyati, Oqqo’rg’on tumani, “Tolovul” mfy, Oybek ko’chasi.
📲Murojaat uchun telefonlar:
+99870 202 21 19
+99870 202 61 19
____
👇
Ijtimoiy tarmoqda esa:
|Telegramm|Telegramm|Instagram|Facebook|Youtubel
Forwarded from A@xas&xus @.com.uz
#Targʻibot

🙋Oqqo'rg'on tumani "Ishga marhamat" monomarkaz xodimlari belgilangan reja grafigi asosida tumandagi umumiy o’rta ta’lim maktablarida kuni kecha 22-may kuni navbatdagi targʻibot tadbirida bo’lishdi.

Eslatib o’tamiz: yaqin kunlarda Respublikamiz bo’ylab umumiy o’rta ta’lim maktablarida “So’nggi qo’ngiroq”, o’quv jarayonlari yakunlanlanishiga ham sanoqli kunlar qoldi.
Maktab o’quvchilari ta’til kunlaridan foydalanib, turli xil yo’nalishlar bo’yicha kasb-hunar va tillar o’rganib, bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishga qaratilgan tumandagi 9 ta umumiy oʻrta taʼlim maktablarida monomarkaz xodimlari tomonida targ’ibot tadbiri o’tkazildi.

Targʻibot tadbiri davom etadi.


🗺Manzil: Toshkent viloyati, Oqqo’rg’on tumani, “Tolovul” mfy, Oybek ko’chasi.
📲Murojaat uchun telefonlar:
+99870 202 21 19
+99870 202 61 19
____
👇
Bizni kuzatishda davom eting:
|Telegramm|Telegramm|Instagram|Facebook|Youtubell
#targʻibot

Tinchlikni qadrlash, osoyishta hayot uchun shukronalik, uni saqlab qolish va mustahkamlashning zaruriy sharti hisoblanadi. Tinchlikni saqlaydigan omillardan biri – toʻgʻri tafakkur. Zero, toʻgʻri fikrlash barchani har xil buzuq eʼtiqodlardan, notoʻgʻri yoʻllarga kirib qolishdan asraydi. Odamlar orasida begona yot gʻoyalar tarqalishining oldini oladi.

Diniy qoʻmitaning Oqqo'rg'on tumani hamda Yangiyo'l shahar boʻlinmalari hamkorlikda tumanda joylashgan 1-, 8-,16-, 17-, 18-, 22-, 23-, 27-, 43- va 47-umumiy o'rta ta'lim maktablarida “Jaholatga qarshi - maʼrifat” shiori ostida “Islom tinchlik dini” mavzusida davra suhbatlari tashkil etildi.

Tadbir davomida maʼnaviyati yuksak, har qanday yot gʻoyalarga chap bera oladigan, oʻzining mustahkam eʼtiqodi va milliy qadriyatlarini mustahkam tutib, undan ogʻishmay yashaydigan xalqni hech qanday kuch yenga olmasligi, jaholatga qarshi faqatgina maʼrifat bilan kurashmoq darkorligi uqtirildi.
#targʻibot

Тuman FVB xodimlari tomonidan tuman hududidan oqib o‘tuvchi kanallarda va cho‘milish uchun belgilanmagan joylarda cho‘milayotgan bolalar hamda yaqin aholi maskanlaridagi fuqarolarga tushintirish ishlari olib borildi.

💢Tushuntirish davomida cho‘kish va shunga o‘xshash baxtsiz holatlarga qorin och bo‘lganda, charchaganda, chanqaganda, yaqinda bemorlikdan turganda, notanish joylarga sho‘ng‘ish kabi misollar bilan  ularning qiziqtirgan savollariga atroflicha javob berildi.

Suhbat so‘ngida  favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda
1️⃣0️⃣1️⃣ yoki 1️⃣0️⃣5️⃣0️⃣ qisqa raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishlari eslatib o‘tildi.

Tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi