Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi
3.22K subscribers
30K photos
1.88K videos
51 files
3.86K links
Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali

Бу бот мурожаат учун @hokimiyatga_murojaatbot
Download Telegram
#targ‘ibot

Maktablarda targʻibot ishlari davom etmoqda

📃Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi Oqqo'rg'on tumani "Barkamol avlod" bolalar maktabining mas'ul xodimlari tomonidan targʻibot ishlari amalga oshirilmoqda.

🫥Xususan, Oqqo'rg'on tumani "Xosildor" MFY hokim yordamchisi A. Astrakulov, Ayollar faoli F.Gapparova bilan birgalikda hududdagi "Ayollar daftari" va "Temir daftar"da turuvchi mehnatga layoqatli ishsiz ayollarni kasb-hunarga yo'naltirish maqsadida davra suhbati o'tkazildi.

🔰Suhbat yakunida "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan ishsiz ayollar uchun maxsus flayerlar taqdim etildi.

📌 Eslatib o'tamiz, targ'ibot ishlaridan asosiy maqsad, maktabdan tashqari taʼlim tizimini yuqori bosqichga olib chiqish, hududlarda tarmoq to'garaklar tashkil etish, o'quvchi-yoshlarni to'garaklarga jalb etishdan iborat.

© Toshkent viloyati Oqqo'rg'on tumani "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati
#targ‘ibot

Bugun tumanimizdagi "Ishga marhamat" monomarkazi xodimlari ishtirokida Prezidentimizning Oliy Majlis va xalqimizga qilgan murojaatnomasini jamoatchilikka yetkazish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari M.Nodirova so‘zga chiqib, Murojaatnomada Yurtboshimiz kelgusi yil uchun rivojlanishning asosiy 6 yo‘nalishini belgilab berganligi,  2023-yil yurtimizda “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb e’lon qilinishi hamda eng katta e’tibor yoshlar masalasi bo‘lgani barchamizni yoshlarimizning ta’lim-tarbiyasiga yanada mas’uliyat bilan yondashishimiz kerakligini ta'kidladi.

Tadbirda "Ishga marhamat" monomarkazi xodimlari murojaatnoma yuzasidan  namoyish etilgan slaydlar orqali yanada ko‘proq ma'lumotlarga  ega bo'lishdi.
#targ‘ibot
#dolzarb

 Oqqo‘rg‘on tumani FVB xodimlari tomonidan Dehqon bozori va Savdo komplekslarida  targ'ibot ishlari olib borilmoqda.

🚒🚨 O'rganish davomida tadbirkorlar va fuqarolar tomonidan yo'llarga chiqib ketish hamda noqonuniy ravishda temir naveslar o'rnatib olish holatlari aniqlandi.

🧯❇️ Ushbu bozor hududida sodir bo'lishi mumkin favqulodda vaziyat joyiga tez va oson yetib borishini ta'minlash maqsadida yong'in-qutqaruv avtomobilidan foydalangan holda yo'llar turli to'siqlardan tozalandi. O'rganish davomida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etish choralari ko'rilib, bu bo'yicha bozor mamuriyati hamda xodimlariga bir qator tushuntirish ishlari olib borildi.
#Oqqo‘rg‘on_tumani
#targ‘ibot_tadbiri

Joriy yilning 28-noyabr kuni “Najot – ta’limda, najot – tarbiyada, najot – bilimda” goyasini yoshlar ongiga singdirish bo‘yicha tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tassarrufidagi 48-umumiy o‘rta ta’lim maktabida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda tuman Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari O‘. Botirova hamda tuman Mudofaa bo‘limi xodimi Sh.Alimov hamda tuman "Ma'rifat" targ‘ibotchilar guruhi a'zolari ishtirok etishib, yoshlarga ta’lim-tarbiyaning hayotimizdagi tutgan o‘rni shuningdek, yoshlarning bilim va kasb-hunar olishlari uchun yurtimizda barcha sharoitlar mavjudligi to‘g‘risida tushunchalar berildi.


@oqqorgon_hokimligi
#Oqqoʻrgʻon_tumani
#Targ’ibot

Yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish, ularni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashda ham muzeylarning o‘rni beqiyos.

Muzeylar bu ajdodlarimizdan bizga meros bo‘lgan boylikni kelajak avlodga yetkazib beradigan ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy xazinadir.

Bugun Toshkent viloyati Oqqo’rg’on tumani Tarix va o’lkashunoslik muzeyi ilmiy hodimi L.Abduqayumova tumandagi 6-, hamda 14-umumta'lim maktab o‘quvchilariga tuman muzeyiga tashrif buyurish bo’yicha targ’ibot tashviqot ishlarini olib bordi.

Shuningdek, tumanimiz tarixi, kechagi kuni, buguni haqida hikoya qiluvchi muzey hamda buyuk ajdodlarimizning bizga qoldirgan ma'naviy merosini o‘rganish maqsadida ularni muzeyga sayohat qilishlarini taklif etdi.

@oqqorgon_hokimligi
#Oqqoʻrgʻon_tumani
#Targ’ibot

Yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish, ularni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashda muzeylarning o‘rni beqiyosdir.

Muzeylar bu ajdodlarimizdan bizga meros bo‘lgan boylikni kelajak avlodga yetkazib beradigan ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy xazinadir.

Oqqo’rg’on tumani Tarix va o’lkashunoslik muzeyi ilmiy hodimi L.Abduqayumova tumandagi 8-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti tayyorlov guruhi bolalariga tuman muzeyiga tashrif buyurish bo’yicha targ’ibot-tashviqot ishlarini olib bordi.

Shuningdek, tumanimiz tarixi, kechagi kuni, buguni haqida hikoya qiluvchi muzey hamda buyuk ajdodlarimizning bizga qoldirgan ma'naviy merosini o‘rganish maqsadida ularni muzeyga sayohat qilishlarini taklif etdi.

@oqqorgon_hokimligi