Forwarded from Toshkent viloyati hokimligi
#Munosabat
Oqqoʻrgʻon tumani “Boygʻuli” MFY hududida joylashgan 17-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktab oʻquvchilari “Openbudjet” ga pul yigʻishga jalb etilgani yuzasidan rasmiy munosabat
Mazkur holat viloyat hokimining topshirigʻiga koʻra, maxsus ishchi guruh tomonidan oʻrganildi. Oʻquvchilarni “Openbudjet”ga ovoz yigʻish uchun jalb qilish boʻyicha topshiriq maktab direktori tomonidan berilgani aniqlandi.
Vaziyat mazkur maktabning filialida sodir boʻlgan. Filialda 45 nafar boshlangʻich sinf oʻquvchisi tahsil oladi. Oʻquvchilarni kampaniyaga jalb qilgan sinf rahbarlariga intizomiy jazo berildi, maktab direktori L.Usmanova egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.
Maktab filiali yaqinda taʼmirdan chiqarilgan boʻlib, zarur jihozlar bilan taʼminlangan. Maktab jamoasi oʻz tashabbusi bilan “Openbudjet” kapaniyasida qoʻshimcha elektron doska, kompyuter jihozlari olish uchun ishtirok etgan. Soʻralgan mablagʻ miqdori – 300 million soʻm.
Toshkent viloyati hokimi, viloyat Taʼlim kengashi raisi Zoyir Mirzayev tegishli mutasaddilarga ushbu jihozlarga ehtiyoj haqiqatda mavjudligini oʻrganish, shundan soʻng, mahalliy byudjet hisobidan maktabni soʻralgan jihozlar bilan taʼminlash boʻyicha koʻrsatma berdi.
Maʼlumot oʻrnida, Toshkent viloyati hokimligi bugungi kunda keng ommalashib, xalq ovoziga aylanib borayotgan “Openbudjet” kampaniyasini bunday talqin qilish, bolalardan foydalanishni qatʼiyan qoralaydi.
🌐 Telegram 🌐Website 🌐 YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Twitter

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM