Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi
2.59K subscribers
24.8K photos
1.58K videos
43 files
3.17K links
Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali

Бу бот мурожаат учун @hokimiyatga_murojaatbot
Download Telegram
#Qaror_va_ijro
#ayni_dam
#inson_qadri_uchun

“Sobir Rahimov” va “Sulton Segizboyev” mahallalari infratuzilmasi yaxshilanadi

Oqqo‘rg‘on tumani 3-sektor rahbari I.Turg‘unov va Toshkent viloyat Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i U.Shoumarov boshchiligidagi korxona-tashkilotlar rahbarlari va deputatlardan tarkibiga olgan targ‘ibot guruhi “Sobir Rahimov” va “Sulton Segizboyev” mahallalari fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazdilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktabrdagi "2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar rejasi toʻgʻrisida"gi PQ-408-sonli qarori mazmun-mohiyati, ijrosini ta’minlashga qaratilgan uchrashuvda ushbu mahallalalar infratuzilmasini yaxshilash masalasi borasida so‘z bordi.

Uchrashuvda Prezidentning 408-sonli qarori asosida mazkur mahallalarda amalga oshirilishi ishlar haqida fuqarolarga batafsil ma’lumot berishdilar.

Kanalga qo‘shilish:👇

https://t.iss.one/oqqorgon_hokimligi
#qaror_va_ijro
#ayni_dam

Oqqoʻrgʻon tumani 3-sektor hududidagi 5 ta mahallada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktyabrdagi “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar rejasi toʻgʻrisida”gi PQ-408-sonli qarori bilan tasdiqlangan ilovada hududlardagi mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari doirasida amalga oshiriladigan tadbirlar yuzasidan uchrashuvlar oʻtkazilmoqda. Xususan, bugun Oqqoʻrgʻon tuman IIB boshligʻi 3-sektor rahbari I.T.Turgʻunov boshchiligida mutasaddi rahbarlar bilan birgalikda “Jagʻalboyli” va “Sultonobod” mahallalarida fuqarolar bilan uchrashuvlar tashkil  etildi.
#Qaror_va_ijro
#ayni_dam
#inson_qadri_uchun

Birinchi va ikkinchi sektor rahbarlari “Navbahor” mahallasi infratuzilmasini yaxshilash borasida aholi bilan uchrashdi


Korxona-tashkilotlar rahbarlari va deputatlardan tarkibiga olgan targ‘ibot guruhi uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktabrdagi "2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar rejasi toʻgʻrisida"gi PQ-408-sonli qarori mazmun-mohiyati, ijrosini ta’minlashga qaratilgan uchrashuvda ushbu mahallalalar infratuzilmasini yaxshilash masalasi borasida so‘z bordi.

Uchrashuvda Prezidentning 408-sonli qarori asosida mazkur mahallalarda amalga oshirilishi ishlar haqida fuqarolarga batafsil ma’lumot berishdilar.

Kanalga qo‘shilish:👇

https://t.iss.one/oqqorgon_hokimligi
#ayni_dam
#jarayon

Oqqoʻrgʻon tuman hokimi oʻrinbosari J.Sunnatullayev, Hududgaz taʼminoti Oqqoʻrgʻon tuman boʻlimi boshligʻi Sh.Baymokov birgalikda tumanga kirib keluvchi “Jagʻalbayli” MFY hududidagi yuqori bosimli gaz taqsimlash nuqtalaridagi kirish va chiqish bosimlarini nazoratdan oʻtkazishmoqda.

Shuningdek, korxona xodimlari xonadonlarda duch kelinayotgan muammolarni ham zudlik bilan bartaraf etib, tabiiy gaz barqarorligini taʼminlashga intilmoqdalar.

Eslatma: Oqqo‘rg‘on tuman Ichki ishlar bo‘limida kun-u tun xizmat ko‘rsatayotgan kuz-qish shtabi tashkil etilgan. Biron murojaatingiz bo‘lsa, +99870 55-22-555 raqamiga telefon qiling. Shtab zudlik bilan masalaga yechim topishga kirishadi.
#ayni_dam

Xavfsizlik choralari ko‘rilmoqda

❄️ Qor tinganicha yo‘q. Avtomobil qatnov yo‘llarini qordan tozalash va tuz-qum aralashmasini sepish ishlari tegishli mutasaddilar tomonidan uzluksiz olib borilmoqda.

🚨Shu bilan birga, qatnov yo‘llari atrofi, piyodalar yo‘laklari tuman Obodonlashtirish va Yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi xodimlari turli xildagi yo‘l transport xodisalari sodir bo‘lishining oldini olish, nazoratni yanada oshirish maqsadida tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi bilan birgalikda mehnat qilmoqdalar.


Hurmatli tumandoshlar yo‘llarda siz ham ogoh va xushyor bo‘ling, ehtiyot choralarini unutmang!!!
#jarayon
#ayni_dam

Bugundan yurtimiz bo‘ylab anomal sovuq o‘z kuchini ko‘rsatmoqda. Qor tindi. Harorat pasaygan. Ushbu sharoitda tuman Tibbiyot birlashmasidagi bemorlar shart-sharoitini o‘rganish maqsadida Oqqo‘rg‘on hokimi Alisher Karimdjanov va tuman prokurori, ikkinchi sektor rahbari Dilshod Fayziyev, tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari Ilhom Anvarjonov shifoxonadagi vaziyat bilan tanishdilar.

Bemorlar bilan suhbatlashib, shifoxona isitish tizimi holati o‘rganilgach, mutasaddilarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
#ayni_dam
#jarayon

Bugungi ob-havo kattayu kichikka birdek noqulaylik tug‘dirmoqda. Shu sharoitda ham tunu kun mehnat qilayotgan sohalar xodumlari xalqimiz hotirjamligi, osoyishtaligi uchun mehnat qilishmoqda.

Tuman hokimi A. Karimdjanov, tuman prokurori, ikkinchi sektor rahbari D.Fayziyev “Hududgaz Toshkent GTF” Oqqo‘rg‘on tuman bo‘limi dispetcherlik punkitidagi sharoitni o‘rgandi. Navbatchilikda turgan tezkor guruh xodimlarining hol-ahvolini o‘rgandi.

Maqsad aholiga anomal sovuq ob-havo sharoitida aholiga tabiiy gaz etkazilishini ta’minlashdir.
#ayni_dam
#jarayon

Tuman hokimi va prokurorining navbatdagi manzili tuman elektr ta’minoti korxonasi bo‘ldi.

Korxonada navbatchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib, aholi murojaatlari va ularni bartaraf etish choralari bilan tanishdi.

Mutasaddilarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berdi. Xususan, elektr energiyasini tejash uchun markaziy va ichki ko‘chalar yoritish chiroqlarini o‘chirish bo‘yicha topshiriq berdi.

Shu o‘rinda hozirgi ob-havo sharoitida kuzatilayotgan biroz ogʻir vaziyatni kimlardir toʻgʻri qabul qilib oʻz imkoniyatlarini ishga solib, amallab boʻlsada sovuqdan chiqishga harakat qilishmoqda. Ayrimlar esa aksincha fikr yuritib "rahbariyat nima qilyapti! Issiq uyida oʻtiribdida, bizni holatimizni qayerdan ham tushunsin" kabi zardali ohangdagi shikoyatlar ham bildirishmoqda.

Lekin sizlar oʻylagandek ular issiq uyida emas. Xalq dardida sovuq boʻlsada koʻchada yurishibdi.

Ushdu vaziyatda barcha mutasaddilar birlashib aholiga elektr toki yetkazishga harakat qilishmoqda.
#jarayon
#ayni_dam

Birinchi va ikkinchi sektor rahbarlarining navbatdagi manzili “Hosildor” MFY bo‘ldi.

Ushbu mahallada uchinchi va to‘rtinchi sektor rahbarlari tumanimizning olis hududlari aholisi uchun keltirilgan ko‘mirni nazorat qilishmoqda.

“Hosildor” MFY hududidagi omborxonaga 27.5 tonna ko‘mir zaxirasi shakllantirildi. Ehtiyoji borlar bemalol mahalla raisiga murojaat qilib ko‘mir olishlari mumkin.
#ayni_dam
#jarayon

Anomal sovuq chekinish bermoqda. Qish chillasi esa avjida. Shu sharoitda “Hududgaz Toshkent GTF” Oqqo‘rg‘on tuman bo‘limi xodimlari aholiga uzluksiz tabiiy gaz uzatish yo‘lida mehnat qilmoqda.
Fotolavhada “Qushtamg‘ali” va “Mustaqillik” MFYlardagi gaz taqsimlash nuqtalarini ko‘rikdan o‘tkazish va kirish-chiqish bosimlarini nazorat qilish jarayonidan lavha.
#ayni_dam
#kubok

Ayni damda Oqqorgon tumanida osmir oʻgʻil va qiz bolalar ortasida “Polvonlari kop yurt qudratli bolur!”shiori ostida sportning kurash turi bo`yicha tuman Prokurori kubogi bellashuvlari boʻlib oʻtmoqda!