Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi
2.61K subscribers
24.7K photos
1.57K videos
43 files
3.17K links
Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali

Бу бот мурожаат учун @hokimiyatga_murojaatbot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#daʼvat

Yurtdoshim, bogʻingga bir nihol qada...

Ayni paytda butun sayyoramizda atrof-muhit muhofazasi va ekologiyaga boʻlgan munosabat eng dolzarb masalalardan biriga aylangani sir emas. Bu borada amalga oshirilishi kerak boʻlgan koʻplab vazifalar orasida koʻkalamzorlashtirish va daraxt ekish, mavjudlarini avaylab-asrash alohida oʻrin tutadi.

Afsuski, ayrim shaxslarning oʻsimlik dunyosiga boʻlgan tajovuzkor harakatlari, shu jumladan, daraxtlarni noqonuniy kesish bilan bogʻliq holatlar umumekologik vaziyatning yomonlashishiga sabab boʻlmoqda.

Jumladan, 2022-yilda daraxtlarni noqonuniy kesish bilan bogʻliq 180 dan ortiq huquqbuzarlik aniqlangan boʻlib, salbiy koʻrsatkich oʻtgan yillarga nisbatan ortganligini koʻrish mumkin.

“Agar dunyoda chang boʻlmaganida, inson ming yil umr koʻrardi”, deb aytgan edi tib ilmining asoschisi Abu Ali ibn Sino. Atrof muhit musaffoligini taʼminlashda esa, daraxtlar insoniyatning beminnat koʻmakchilaridir.

2021-yil 4-noyabrda Oʻzbekistonda kuzatilgan chang boʻroni ushbu aksiyaning naqadar dolzarbligini, bu ishga katta masʼuliyat bilan yondashish kerakligini koʻrsatdi. Shundan kelib chiqib aytadigan boʻlsak, daraxt ekish har birimizning burchimizga, keng jamoatchilikning vazifasiga aylanishi lozim.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida viloyatda yiliga 16 million tup daraxt va buta koʻchatlarini ekish, shu orqali hududlardagi yashil maydonlarni hozirgi 18 foizdan 40 foizga oshirish rejalashtirilgan.

Hozirda Toshkent viloyatining barcha shahar va qishloqlarida daraxt ekish boʻyicha keng koʻlamda ish olib borilayotgani tahsinga munosib.

Siz ham nihol eking, bogʻ yarating, “Yashil makon” umummilliy harakatida faol boʻling!

️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM