Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi
2.67K subscribers
25.4K photos
1.6K videos
44 files
3.19K links
Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali

Бу бот мурожаат учун @hokimiyatga_murojaatbot
Download Telegram
#Yoshlar_daftari_inkoniyatlar_daftari

Bugun yoshlarga berilayotgan imkoniyat va sharoitlar har qachongidan-da yaxshilanib bormoqda. Hozirgi kunda yoshlar o‘zi istagan sharoitni yaratishga imkoniyati bor. Yoshlar yetakchilari tomonidan ishsiz, ijtimoiy ko‘makka muhtoj yoshlarga moddiy, ma’naviy ko‘mak berilmoqda.

“Sultonobod” MFY da yashovchi Abduxoshimov Shaxboz Alisher o‘g‘liga jamg‘arma mablag‘lari hisobidan payvandlash uskunasi taqdim qilindi.
#Yoshlar_daftari

✍️ “Xonobod” MFY yoshlar yetakchisi I.Sattarov bugun yana uch nafar yoshga subsidiya asosida tikuv mashinasi olish uchun katta yordam berdi.

Galdagi maqsad ushbu tikuv mashina egalarining daromadini moʻtadillashtirish.

🎤 Yoshlarni oxirigacha qoʻllab-quvvatlaymiz.
#Yoshlar_daftari

🎤 Oqqo‘rg‘ondan_gapiramiz

Yoshlar muammolarini o‘rganish jarayonidagi xatlov natijalariga ko‘ra "Guliston" va "Navro‘z" MFY yoshlar yetakchilari tavsiyasi bilan yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida “Yoshlar daftari”da turgan yoshlarga o‘zlari istagan asbob-uskuna subsidiya asosida tikuv mashinasi berildi.

✍️ Endi yoshlarning mustaqil daromadi bo‘ladi.
#Yoshlar_daftari_imkoniyatlar_daftari

Prezidentimiz yoshlarga yaratib berayotgan imkoniyatni tumanimizdagi “Guliston” MFYda istiqomat qiluvchi 2 nafar yosh Sarvinoz Ashirova va Sevinch Abduvaliyeva misolida ko‘rish mumkin.

Mahalladagi yoshlar etakchisi tavsiyasi bilan Sarvinozga sog‘lig‘ini tiklash uchun davolanish xarajatlariga 15 million so‘m moddiy yordam ko‘rsatildi.

Sevinchga esa o‘qish shartnoma pulining 50 % miqdorini ya'ni 4100000 ming so'm to'lov kontrakti to'lab berildi.

Ezgu say-harakatlari uchun mahalladagi yoshlar yetakchisiga respekt
#Yoshlar_daftari
#Mening_vatanim

✍️  “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi ko‘magi bilan safarbarlik chaqiruv rezervi pulini toʻlash orqali xizmatni oʻtab kelaman, deb yordam soʻragan Oqqoʻrgʻon tumanidagi “Usta Normat” MFY yoshi Oyxoʻjayev Javohirga jamg‘arma koʻmagi koʻrsatilgandi.

Bugun Javohir yigitlik burchini ado etib, vataniga xizmat qilishga shay.
#YoSHLAR_DAFTARI
#IMKONIYAT_DAFTARI

Bugun “Qoʻshtepa” MFY Faxriylar koʻchasi 71-uyda yashovchi yoshlar daftariga murojaat qilgan yosh Maralov Samandarga hokim yordamchisi Sh.Abduraxmonov koʻmagida jamgʻarma mablagʻidan yoshlar yetakchisi S. Usmonov tavsiyasi bilan oʻz oʻzini band qilgan holda motokultivator subsidiya asosida berildi.

Endilikda Samandar mustaqil ravishda oʻz daromadiga ega boʻladi.

Yer chopishga erinyapsizmi? U holda Samandarga murojaat qiling, sifatli qilib haydab beradi.
#Oqqoʻrgʻon
#yoshlar_daftari

“Sultonobod” MFY yoshlarining endi oʻz daromad manbayi bor

3-sektor rahbari I. Turgʻunov tashabbusi bilan yoshlar yetakchisi S. Turdiboyevning tavsiyasi asosida yoshlar daftariga murojaat qilgan yoshlarga 7 xazinaning biri boʻlgan parranda biznesini yoʻlga qoʻyish maqsadida inkubatorlar subsidiya asosida berildi.

Inkubator bir partiyada 60 ta joʻja ochadi.
Sektor rahbari va yoshlar yetakchisiga shunchaki RESPEKT!!!
#TAʼLIM_SIFATIGA_EʼTIBOR
#YoSHLAR_DAFTARI

Bugun Oqqoʻrgʻon tumanining oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan, “Yoshlar daftari” platformasi orqali murojaat qilgan 105 nafardan ortiq yoshga toʻlov kontrakt pullari oʻtkazilgan vaucherlar hokimlik binosida tantanali ravishda topshirildi.

“Zarafshon” MFY yoshlar yetakchisi M.Uralov tavsiyasi asosida toʻrt nafar talaba yoshlarga ham vaucherlar taqdim etildi
#Yoshlar_daftari_imkoniyatlar_daftari
#Oqqoʻrgʻon_yoshlari

✍️ Yoshlarga oid davlat siyosatining samarasi oʻlaroq bugun “Yoshlar daftari” orqali koʻmak olgan yoshlar oʻz daromadlariga ega boʻlmoqda.

📌 Qahramonimiz “Guliston”MFY yoshlaridan Abdulaziz Ibrohimov boʻlib u “Yoshlar daftari”ga kiritilib auksion orqali 30 yilga 30 sotix ijaraga yer oldi.
📍 Xoʻsh daromad qanday boʻldi?
💥 Oktyabr oyida dala maydoniga borganimizda ekilgan kartoshkalar parvarishi avjida edi.
👉 Bugun narx yaxshi boʻlgan payt Abdulaziz 1,500 kg ortiq kartoshkani ulgurji tadbirkorga 4300 soʻmdan sotdi.
🥔 Bu kechki yerdan 6,450 ming daromad degani.
🔥 Abdulazizning bu yilgi rejasi ekin turini koʻpaytirib daromadni 💵 20 millonga olib chiqish

🏆 Harakatda barakat, yoshlar! Olg‘a, berilgan imkoniyatlardan unumli foydalaning yoshlar!! Foto arxivdan
#YOSHLAR_DAFTARI
#YOSH_TADBIRKOR

✍️ Ulug'bek Yo'ldoshev “S.Segizbayev” MFYning faol yoshlaridan biri. U 2022-yilda mahalla yoshlar yetakchisi tavsiyasiga asosan “Yoshlar daftari” jamg'arma hisobdan  subsidiya asosida kompyuter jamlanmasi olib berildi.

📍 Ulugbek hozirda o'zining tadbirkorlik faoliyatini boshlagan. Shu bilan birgalikda, 2 nafar tengdoshining bandligini ham ta’minlagan.

Daromadi ham chakki emas. Undan qanchaligini so‘rasak sir, deydi. Lekin bir yigit uylanishga yetadigan pul topayapman, dedi hazilga burib Ulug‘bek. Kamtarlikni qarang uning yillik daromadi o‘rtacha 40-45 mln so‘m atrofida ekan.

🖥 Hozirda u kompyuter xizmatlari, dasturlash va texnikani sozlash ishlarini olib boradi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#HUNAR_HUNARDAN_RIZQING_UNAR
#YoSHLAR_DAFTARI

🎤 Oqqoʻrgʻon tumani “Hamzabod” MFY yoshlar yetakchisi Sardorni taniysizmi?

Tinim bilmas yetakchi doim yoshlar tashvishi bilan band.

✈️ Sardor faoliyatidan birgina misol keltiraylik. Uning say-harakatlari bilan bugun mahalla yoshi boʻlmish Bekzod Abduraxmonov kasb-hunar o‘rganib daromad topayotgan yoshlardan biri. Bekzodga “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi orqali sartaroshlik anjomlari olib berildi.

💎 Sartaroshlikning ham daromadi chakki emas,  roʻzgʻorning kamu koʻstiga bemalol yetadi, deydi Bekzod!

Bir soʻz bilan aytganda “Intilganga tole yor”, “Harakatda barokat, yoshlar!!!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#YOSHLAR_DAFTARI

Shijoatingga balli, Diyora!!!

Hamzabodlik mohir chevar Diyora mahallasining oldi qizlaridan.

💫Yoshlar daftari” jamgʻarmasi orqali berilgan tikuv mashinasi Diyoraning sevimli dastiyori.
Daromadi zoʻr.

✍️  Ikki nafar dugonasini ish bilan taʼminlashga ham ulgurdi.

🙏 Mahallaning katta-kichigi bugun undan minnatdor.

⚡️ E’tibor bersangiz, daromadning barchasi hunar va mehnat ortidan.

🎞 Videolavhada shu haqda hikoya qilinadi.
#Hokim_va_yoshlar_uchrashuvi
#Yoshlar_daftari

✍️ Bugun Oqqoʻrgʻon tuman hokimligi majlislar zalida tuman hokimi A.Karimdjanov boshchiligida “Yoshlar daftari”da turadigan yigit-qizlar,  yoshlar yetakchilari va ota-onalar ishtirokida “Hokim va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi.

⚡️ Tadbirning asosiy qismida yoshlarning takliflari, muammolari muhokama qilindi va ularning yechimlari boʻyicha tegishli tartibda javob berildi.

🎤 Ochiq muloqat, samimiyat ruhida oʻtgan uchrashuvda yoshlar tomonidan 16 ta taklif bildirildi. Shundan 10 tasiga amaliy yordam berilgan boʻlsa, 6 ta murojaatga bajarilish muddati belgilandi va maʼsullarga yoʻnaltirildi.

👉 Uchrashuv yakunida “Yoshlar daftari”da turgan yoshlar vakillariga Vasiylik kengashi qarori asosida subsidiya mahsulotlari: tikuv mashinasi, chilangarlik va elektrik anjomlari, kompyuter jamlanmalari topshirildi.

Bularga javoban yoshlarimiz oʻz minnatdorliklarini bildirishdi.
#Qizlarimiz_eʼzozda
#Yoshlar_daftari

🌹 8-mart "Xalqaro xotin-qizlar kuni" bayrami munosabati bilan tuman hokimligi va Yoshlar ishlari agentligi tomonidan "Yoshlar daftari" jamgʻarmasi orqali bir guruh chevar qizlarimizga subsidiya asosida tikuv mashinalari berildi.

🌺 Bayram muborak, aziz qizlarjon!