ADABIYOT SABOQLARI // SHERZOD RUSTAMOV
695 subscribers
13 photos
4 videos
8 files
2 links
📚Sherzod Rustamovning Adabiyot fanidan rasmiy kanali!
📜DTM darajasidagi testlar;
📃Testlar tahlili;
📱Online test ishlash imkoniyati;
🎥 Video darslar.

☎️ Ustoz: @Repetitor_ona_tili_bot

Reklama uchun: 👉 https://t.iss.one/onatiliuz_reklama
Download Telegram
#DIQQAT_DIQQAT

❗️ MILLIY SERTIFIKAT IMTIHONIGA QANDAY TAYYORLANISHNI BILMAYAPSIZMI?

😊 Assalomu alaykum, hurmatli kanalimiz a'zolari va ustozlar! Biz sizlarni "MILLIY SERTIFIKAT" darslarimizga taklif qilamiz!

🔥 Online kursimiz haqida:

1️⃣ HAFTADA 5 KUN DARS;
2️⃣ MAVZULAR VIDEODARS, AUDIODARS KO'RINISHIDA;
3️⃣ HAR BIR MAVZU UCHUN SINOV TEST VA TAHLILI;
4️⃣ HAFTADA 2 KUN ESSE YOZISH USULLARI;
5️⃣ HAFTADA 2 KUN ADABIYOT NAZARIYASI;
6️⃣ HAFTADA 2 MARTA SINOV TEST.

❗️ Biz bilan birgalikda Milliy sertifikatga mukammal tayyorlaning!!!

🔥 Darslar 👨‍🏫 Professional muallim Sherzod Rustamov (
@Onatili_muallim) tomonidan telegram tarmog'idagi yopiq guruhida olib boriladi.

💰 Kurs narxi: 200 ming so'm (1 oy)

❗️ Darslar 5️⃣-APREL sanasidan boshlanadi, xudo xohlasa.

📲 Ro'yxatdan o'tish: 👇👇

👨‍🏫👉
@Onatili_muallim 👈
☎️ +998 (94) 199-28-27

P.S: Qatnashmoqchi boʻlsangiz, yozing, iltimos! Tezroq ro'yxatdan o'ting, guruhlar to'lib qoladi.
👍9👏1
Tuttim o‘lmakdin tirilmak hajrida, tengdur manga Emdi gar bergil ziloli Xizr, agar jallod bo‘l. Ushbu baytda quyidagi qaysi she’riy san’atlardan foydalanilmagan? 1) tazod; 2) tajnis; 3) talmeh; 4) tardi aks

@onlayn_adabiyot
Anonymous Quiz
31%
A) 1, 3
14%
B) 1, 2
15%
C) 3, 4
39%
D) 2, 4
👍85🤔3💔1
🥰11🤔4👏2😢1
Qaysi shoir taxallusining ma’nosi “ilohiy ishqdan mast bo‘lgan darvesh” ma’nosini ifodalaydi?

@onlayn_adabiyot
Anonymous Quiz
9%
A) Foniy
52%
B) Maxmur
22%
C) Firog‘iy
16%
D) Uvaysiy
👍13🥰1
"Bir qo'shiq bo'laman daryoday yurakning eng chuqur yerida" deya orzu qilgan ijodkorning o'zbek tiliga tarjima qilgan kitobini toping?

@onlayn_adabiyot
Anonymous Quiz
13%
A) Shekspirning "Hamlet"
56%
B) Lorkaning "Eng qayg'uli shodlik"
15%
C) Gyotening "Faust"
16%
D) Dantening "Ilohiy komediya"
👍12🎉3👎1👏1
Quyida berilgan baytda qaysi badiiy san’at qo’llanilgan? Qizil qondir sirishkim, za’farondur chehrayi zardin, Meni kim ko’rsa farq etmas, xazon birla bahorimdin.

@onlayn_adabiyot
Anonymous Quiz
14%
A) tajnis
14%
B) irsoli masal
15%
C) rad ul-matla’
56%
D) tazod
👍137
#Adabiyot_saboqlari

📚 Mavzu: Sheʼriy sanʼatlar
👨‍🏫 Ustoz: Sherzod Rustamov

👉
@onlayn_adabiyot 👈
👍9
#Adabiyot_saboqlari

📚 Bugungi darsda quyidagi sheʼriy sanʼatlar haqida maʼlumot beriladi:

🫵 Tardi aks
🫵 Takrir
🫵 Tasdir
🫵 Tasbe

👨‍🏫 Ustoz: Sherzod Rustamov

👉
@onlayn_adabiyot 👈
👍14
#Adabiyot_saboqlari

📚 TARDI AKS

👉 Tardi aks ham so‘z takroriga bag‘ishlangan lafziy san’atlardan hisoblanadi. Shuning uchun ham so‘zlar takroriga tayangan boshqa san’atlarga – tasdir, tasbe, ishtiqoqqa yaqin turadi. Bu yaqinlik tardi aksda ham so‘zlarning takrorlanishidir. Biroq shunga qaramay bu san’at ulardan tubdan farq qiladi. «Tard»ning ma’nosi «qaytarib berish», «qochirish», «uzoqlashtirish» demakdir. Aks esa «zid», «teskari», «chappa» ma’nolarini bildiradi.

❗️Tardi aks va aks san’atlaridagina so‘zlarning birinchi joylashish tartibi keyingi misrada almashib keladi. Tardi aksda takrorlangan so‘zlarning o‘rni qat’iy emas, unda takrorlanayotgan so‘zlarning miqdori ikki yoki undan ortiq bo‘lib, ular o‘rinlarini almashtirgan holda qo‘llangan bo‘lishlari shartdir!

📚 Masalan:

Ko‘zung ne balo qaro bo‘lubtur
Kim, jong‘a qaro balo bo‘lubtur.

👨‍🏫 Ustoz: Sherzod Rustamov

👉
@onlayn_adabiyot 👈
👍16❤‍🔥1🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#мулоҳаза

Ўқитувчи - келажагимиз бунёдкоридир!

Узоқ йиллар давомида буюк келажак ҳақида кўп гапирдик: "Ёшлар келажагимиз бунёдкоридир". Аслида хато шиор бу.

Келажагимизнинг ҳақиқий бунёдкори - бугунги ўқитувчилардир. Ўзбекистоннинг келажаги - ўқитувчиларнинг асаридир. Бугун ёзилаётган асаридир.

Бугунги ўқувчиларга замонавий талабларга жавоб бера оладиган ўқитувчиларсиз, лабараторияларсиз, китобларсиз халқаро даражадаги стандартларга мос таълим бермасдан, эртага буюк келажакни кутиш - энг катта хатодир.

😊 @onlaynonatili_uz
👍23
#Milliy_sertifikat

Keltursa yuz baloni o‘shal bevafo manga,
Kelsun agar yuzumni evursam, balo manga.

Netgayman ul rafiq bilakim, qilur base,
Mehr-u vafo raqibg‘a, javr-u jafo manga

Begona bo‘lsa aql meni telbadin, ne tong,
Chun bo‘ldi ul parisifatim oshno manga.

Oh-u yoshimdin ortadurur za’f, ey tabib,
Bildim, yarashmas emdi bu ob-u havo manga.

Dardim ko‘rub, muolajada zoye’ etma umr
Kim, jonda dardi ishqdurur bedavo manga.

To yor kimni istar-u, koʻngliga kim yoqar,
Tashvish bejihatdurur oxir sango, manga.

Bobur, bo‘lubturur ikki ko‘zum yo‘lida to‘rt,
Kelsa ne bo‘ldi qoshima bir-bir mango manga.

*Lug'at:
evurish – o‘girish, burish; rafiq – do‘st, sirdosh; za’f – xastalik, holsizlik

✍️ Har bir bayt tahlilini izohga yozib qoldiring!

🔥 Manzilimiz: 👉
@onlayn_adabiyot 👈
👍161
#Adabiyot_saboqlari
#Milliy_sertifikat

📚 Qit’a (arabcha “bo‘lak, qism, parcha” so‘zidan) mumtoz adabiyotda qo‘llangan janrlardan biri bo‘lib, unda muallifning turli mazmundagi fikr-mulohazalari, qarashlari ifodalanadi. Qit’a ikki bayt (to‘rt qator) va undan ortiq bo‘lishi mumkin. Unda har ikkinchi misra (qator) o‘zaro qofiyalanadi.

❗️ Quyidagi qit’ani o‘qing va qofiyalanishiga e’tibor bering. Qit’a mazmunini hozirgi o‘zbek tilida ifodalashga harakat qiling.

Yuqori o‘lturur kim tilasa,
Kishilikdan ani yiroq bilgil.
O‘lturur safda yuqorilikdin
O‘lturur safda yaxshiroq bilgil.

🫵 Ushbu qit'aning yaqinlashib kelayotgan imtihonda tushish ehtimoli yuqori! Shu sababli alohida ahamiyat bering!

✍️ Qit'a tahlilini izohga yozib qoldiring!

🔥 Manzilimiz: 👉
@onlayn_adabiyot 👈
👍122
#Adabiyot_saboqlari
#Milliy_sertifikat

❗️ Quyidagi qit’ani o‘qing va qofiyalanishiga e’tibor bering. Qit’a mazmunini hozirgi o‘zbek tilida ifodalashga harakat qiling.

Nokas-u nojins avlodin kishi bo‘lsun debon,
Chekma mehnatkim, latif o‘lmas kasofat olami.
Kim, kuchuk birla xo‘dukka necha qilsang tarbiyat,
It bo‘lur, dog‘i eshak, bo‘lmaslar aslo odami.

*Lug'at: nojins – yaramas; latif – latofatli, go‘zal

🫵 Ushbu qit'aning yaqinlashib kelayotgan imtihonda tushish ehtimoli yuqori! Shu sababli alohida ahamiyat bering!

✍️ Qit'a tahlilini izohga yozib qoldiring!

🔥 Manzilimiz: 👉
@onlayn_adabiyot 👈
👍17
#Adabiyot_saboqlari
#Milliy_sertifikat

❗️ Quyidagi qit’ani o‘qing va qofiyalanishiga e’tibor bering. Qit’a mazmunini hozirgi o‘zbek tilida ifodalashga harakat qiling.

Tuzlukka moyil o‘lki, ishing borg‘ay ilgari,
Yuz mushkil o‘lsa yo‘qsa ming ollingda har zamon.
Yuz safha bir qalam bila kotib qilur raqam,
Ming qo‘yni bir aso bila har yon surar shubon.

*Lug'at: tuzluk – to‘g‘rilik, halollik; raqam qilmoq – yozmoq; shubon – cho‘pon

🫵 Ushbu qit'aning yaqinlashib kelayotgan imtihonda tushish ehtimoli yuqori! Shu sababli alohida ahamiyat bering!

✍️ Qit'a tahlilini izohga yozib qoldiring!

🔥 Manzilimiz: 👉
@onlayn_adabiyot 👈
👍10
#Adabiyot_saboqlari
#Milliy_sertifikat

📚 Fard (arabcha “yakka, yolg‘iz” so‘zidan) mumtoz adabiyotda qo‘llangan janrlardan biri bo‘lib, unda muallifning hayotiy kuzatish lariga asoslangan xulosalari, g‘oyalari ilgari suriladi. Fard bir bayt (ikki qator)dan tashkil topadi.

❗️ Quyidagi fardni o‘qing. Unda qanday g‘oya ifodalanmoqda? Fardning ikkinchi misrasi (qatori) nimaga xizmat qilmoqda?

Yuqar yamonlig‘ angakim, kirar yamon el aro,
Ko‘mur aro ilik urg‘on qilur ilgini qaro.

Berilgan maqollardan qaysi biri fardning g‘oyasini aks ettiradi?
A) Yomonga aytsang siringni, mingta qilar biringni.
B) Zolim oshi osh bo‘lmas, yomon yig‘ilib bosh bo‘lmas.
C) Qozonga yaqin yursang, qorasi yuqar, yomonga yaqin yursang – balosi.

🔥 Manzilimiz: 👉 @onlayn_adabiyot 👈
👍26👏7