ОНА ШАҲРИМ - ОЛМАЛИҚ / ЎЗИНГ ЎЗГАРМАСАНГ ОЛАМ ЎЗГАРМАС
343 subscribers
9.27K photos
1.03K videos
48 files
1.9K links
Олмалиқ шаҳрининг қайноқ ҳаётига оид энг сўнгги ва энг ишончли хабарлар ва лавҳаларни биз билан кузатиб боринг. Шунингдек, аҳолидан келиб тушган мурожаатларнинг ижросини ҳам бериб борамиз.
Download Telegram
#Xalqparvar
#Uy_joy

Xalqparvar komissiyasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi

Xalqparvar komissiyasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Komissiya raisi, deputat Alisher Samadov komissiya a'zolarining oldida turgan muhim amaliy ishlar yuzasidan vazifalarni taqsimlab berdi. Komissiya ish jarayonlari bilan bog'liq navbatdagi lavhalarni ham OAV orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Yaqin kunlarda yangi tuzilgan mazkur komissiyaning faoliyati yuzasidan OAV vakillari uchun matbuot anjumani o'tkazilishi rejalashtirilmoqda.

@olmaliq_deputatlari
#Uy_joy_kommunal_soha

To'g'ri yo'l qaysi? Kozimjon Ibragimov aholi muammosini yechish yo'lida...

Abdulla Qahhor mahallasining fuqarolari xizmat ko'rsatuvchi sifatida Xususiy uy-joy mulkdorlar shirkati (XUJMSH) yoki Boshqaruv servis kompaniyasi (BSK) ni tanlashda bir qarorga kelolmayapti.

XUJMSH lar o'zini yaxshi oqlagan, deb ham hech kim kafolat bera olmaydi. BSK esa yirik tashkilot sifatida javobgarlikni o'z zimmasiga oladigan nisbatan ishonchliroq tizimga o'xshab turipti. Fikrlar turlicha.

Nima qilish kerak, deputat Kozim Ibragimov o'z okrugidagi muammoni hal etishda aholiga yordam berish uchun mutahassislar va deputatlarning Kotibiyat mudirini jalb qildi. Aholiga masala yuzasidan tushunchalar berildi . Abdurayimovning ta'kidlashicha, bu kam sonli fuqarolar butun boshli 5/3 aholisi nomidan gapira olmaydi. Ular faqat o'zlari uchun ovoz bera oladilar. Qolgan barcha xonadonlarning yarmidan ko'pi bir qarorga kelsa, biz buni xaqiqatdan ham ko'pchilikning talabi deya olamiz.

@olmaliq_deputatlari
#Hududlarda
#Uy_joy

Deputatlar 16 qavatli uylardagi sharoitlar bilan tanishdi

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputatlari shahrimizning "Uvaysiy" mahallasi Ulug'bek ko'chasida yangi barpo etilgan 16 qavatli uylarning shart-sharoitlari, narx-navosi, sotib olish shartlari, rasmiylashtirishda aholiga yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishdi.

@olmaliq_deputatlari