ОНА ШАҲРИМ - ОЛМАЛИҚ / ЎЗИНГ ЎЗГАРМАСАНГ ОЛАМ ЎЗГАРМАС
339 subscribers
9.28K photos
1.04K videos
48 files
1.9K links
Олмалиқ шаҳрининг қайноқ ҳаётига оид энг сўнгги ва энг ишончли хабарлар ва лавҳаларни биз билан кузатиб боринг. Шунингдек, аҳолидан келиб тушган мурожаатларнинг ижросини ҳам бериб борамиз.
Download Telegram
#Sessiya
#Eshituv

Hokimning birinchi o'rinbosarining hisobotlari eshitildi

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining 90-sessiyasida 2024-yil 1-chorak yakuni bilan “Bandlik dasturi” doirasida aholi bandligiga ko‘maklashish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish holati to‘g‘risida, shuningdek, Olmaliq shahar hokimi birinchi o‘rinbosarining Dasturlar ijrosini shu jamladan, ajratilgan kreditlar samaradorligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobotlari eshitildi.

Hisobotlar qabul qilinib, mutasaddilarga dasturlar ijrosini samarali davom ettirishda vazifalar belgilandi.

https://t.iss.one/xalq_deputatlari_olmaliq_rasmiy
#Sessiya

Davlat Dasturi ijrosi deputatlar nazoratida

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining 90-sessiyasida deputatlar “O‘zbekiston – 2030” strategiyasing “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat Dasturining Olmaliq shahridagi ijrosi to‘g‘risidagi masalani ko'rib chiqdilar. Davlat Dasturi ijrosi bo'yicha Olmaliq shahar hokimining Qarori bilan amaliy tadbirlar rejalari ishlab chiqilgan bo'lib uning ijrosi har oyda Kengashning doimiy komissiyalarida, har chorak yakuni bilan esa sessiyada muhokama qilinadi.

Deputatlar Kengashi 1-chorak yakunlari bo'yicha hisobotlarni qabul qildi va mutasaddilarga navbatdagi vazifalarni belgiladi.

https://t.iss.one/xalq_deputatlari_olmaliq_rasmiy
#Sessiya

Oila va xotin-qizlar masalasi bo'yicha hisobot ko'rib chiqildi

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining navbatdagi 90-sessiyasida “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-87-sonli Fаrmоnning Olmaliq shahridagi ijrosi to‘g‘risidagi masala ko'rib chiqildi. Masala yuzasidan shahar hokimi o'rinbosari, Oila va xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash bo'limi boshlig'ining hisoboti ko'rib chiqildi.

Masala bo'yicha sessiya qabul qilinib, mutasaddilarga navbatdagi vazifalar belgilab berildi.

https://t.iss.one/xalq_deputatlari_olmaliq_rasmiy
#Sessiya

Deputatlarning xorijga chiqish tartibi haqida Nizomi tasdiqlandi

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining navbatdagi 91-sessiyasi bo'lib o'tdi.

Sessiyada deputatlar “Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputatlari va kotibiyat xodimlarining xorijiy mamlakatlarga shaxsiy masalalar bo‘yicha chiqishi tartibi to‘g‘risida”gi Nizomni tasdiqladilar.

Endilikda deputatlar va Kengash kotibiyati xodimlari xorijiy davlatlarga chiqishdan oldin Kengash rahbariyatiga bildirishnoma beradilar. Shuningdek, Nizomda yana bir qancha tartiblar belgilangan.

https://t.iss.one/xalq_deputatlari_olmaliq_rasmiy