ОНА ШАҲРИМ - ОЛМАЛИҚ / ЎЗИНГ ЎЗГАРМАСАНГ ОЛАМ ЎЗГАРМАС
336 subscribers
9.28K photos
1.04K videos
48 files
1.91K links
Олмалиқ шаҳрининг қайноқ ҳаётига оид энг сўнгги ва энг ишончли хабарлар ва лавҳаларни биз билан кузатиб боринг. Шунингдек, аҳолидан келиб тушган мурожаатларнинг ижросини ҳам бериб борамиз.
Download Telegram
#Ta'lim

Olmaliq aviamodelchilari g'olib

✈️Xabaringiz bor, yaqindagina deputatlar shaharimizdagi "Barkamol avlod" bolalar maktabi faoliyatini o'rgangan edilar. Bugun esa maktab ma'muriyati ajoyib xushxabarni taqdim etishdi.

🛫14-18-aprel kunlari Farg'ona shahrida bo'lib o'tgan "Aviamodel" sport turi bo'yicha O'zbekiston chempionati musobaqasi Olmaliq shahar "Barkamol avlod" bolalar maktabining to'garagi a'zolari Sobitov Mansur, Rahimopv Dilrozbek hamda sport ustasi Bobur Hamidovlar faxrli 1-o'rinni qo'lga kiritib qaytishdi.

🎉 Olmaliq deputatlari bu tur kamyob mashg'ulot bilan shug'illanib, g'alabaga erishgan yoshlarimizni samimiy qutlaydi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4467-sonli Qarori ijrosini ta'minlash samarasi o'z so'zini aytmoqda.

@olmaliq_deputatlari
#Barakalla
#Ta'lim

Olmaliq "Yosh qutqaruvchilar"i viloyatda birinchi

"Olmaliq deputatlari" jamoasi futbol va tennisda birinchi o'rinni egallagani barchamizni hursand qilgan edi. Ulardan qolishmagan shahrimizning 19-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi o'quvchilari jamoasi "Yosh qutqaruvchi" ko'rik tanlovining Toshkent viloyati bosqichida 1-o'rinni qo'lga kiritdilar.

Olmaliq shahar Kengashi deputatlari maktab o'quvchilari va o'qituvchilarini samimiy muborakbod etadi. Barakalla YOSH QUTQARUVCHILAR!👏👏

@olmaliq_deputatlari
#O'rganishdan_so'ng
#Ta'lim

Deputatlik nazoratidan so'ng...

Deputatlarning O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ4467-sonli qarori ijrosi bo'yicha o'rganishlari natijalari yuzasidan tahliliy muhokamalardan so'ng 11-sonli maktabda qo'shimcha mash'gulotlar faoliyati jonlangani haqida xabar berishdi.

Suratda: O'quvchilar "Besh tashabbus" doirasida kompyuter savodxonligi bo'yicha qo'shimcha mashg'ulot o'tamoqdalar.

@olmaliq_deputatlari
#Ta'lim
#Barkamol_avlod
#Bolangizni_to'garakka_bering

Bo'sh vaqtining o'zi yo'q bolalarimiz!

"Yoshlar bog'i"da Milliy gvardiya va "Barkamol avlod" bolalar maktabi va hamkorlar tomonidan tashkil etilgan tadbirdan fotolavhalar.

@olmaliq_deputatlari
#Domiy_komissiya
#Ta'lim

Deputatlar maktab direktorlarini lavozimiga tavsiya etadi

Bugun ilk bora Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi Yoshlar siyosati va sog'lom avlodni tarbiyalash bo'yicha doimiy komissiyasi va Ijtimoiy-madaniy rivojlantirish bo'yicha doimiy komissiyasi qo'shma majlisi bo'ldi.

Unda sessiyaga qadar dastlabki tarzda 15-maktabning direktorligiga berilgan nomzodlarning maktabni rivojlantirish bo'yicha 3 yillik dasturlari bilan qatnashdilar. Jarayonni kuzatamiz, deputatlar kimni sessiyada direktorlikka haqiqiy nomzod sifatida tasdiqlar ekan?

@olmaliq_deputatlari
#Ta'lim_tarbiya
#Kutilmagan_tashrif

Shahar hokimi, Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi rahbari Xamdamov Qobil Murotqulovich 15-maktabda bo'ldi.

Hokimning kutilmagan tashrifi maktabda ta'lim-tarbiya jarayoni haqida qisman bo'lsada haqiqiy holatni ko'rsatdi.

Shahar hokimi ma'muriyat a'zolari va deputatlar bilan birgalikda ochiq suhbat qurib, ularni qiynayotgan muammolar hususida fikr almashdi va tegishli rejalar belgilandi.

@olmaliq_deputatlari
#Ta'lim_tarbiya

Qobil Xamdamov: Kerak bo'lsa, har kuni maktabga kelaman.

Olmaliq shahar hokimi, Xalq deputatlari shahar Kengashi rahbari Qobil Xamdamov va Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi kotibiyati mudiri Ergash Abdurayimovlar 15-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi pedagogik jamoasi bilan uchrashdi.

Oddiygina sinf xonasida, rasmiyatchilikdan holi ruhda kechgan uchrashuvda maktabda ta'lim-tarbiya samaradorligi hususida so'z bordi.

☝️P.S. Prezident shahar hokimlariga qarata, Sizdan paxtani emas ta'limni so'rayman, degandi. Shukrki, hamma o'z ishi bilan shug'illanadigan, jumladan, hokimlar maktablarning muammosi, ma'naviy muhiti bilan mashg'ul bo'ladigan kunlar keldi.

@olmaliq_deputatlari
#Deputatlik_nazorati
#Ta'lim
#Mahalla

Deputat chekka hududlardagi ta'lim maskanlarida bo'ldi

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi kotibiyati mudiri Ergash Abdurayimov shahrimizning eng chekka hududlaridagi ta'lim muassasalari va mahalla binolarida bo'ldi. Husan, Kotibiyat mudiri tomonidan "Usmon Nosir" mahallasidagi 8-maktab, chegara hudud- "Terekli" mahallasidagi 9-maktab va "Terekli" mahallasi binosi ko'zdan kechirilib, muassasalarda yaratilgan imkoniyatlardan to'g'ri va unumli foydalanish, kamchiliklarni bartaraf etish, ularni qiynayotgan ayrim masalalar yuzasidan mutasaddilarga deputatlik so'rovi bilan murojaat etish ko'zda tutilgan. Shuningdek, kotibiyat mudiri ayrim maktab rahbarlarini maktabdagi tozalik, sanitar qoidalarga rioya etish, yong'in xavfsizligi, navbatchiliklarni tashkil etilishi, tunggi qorovullik qilishdagi holatlar bo'yicha o'z tavsiyalarini berdi.

@olmaliq_deputatlari
#Nazorat
#Ta'lim

Deputat Adham Xasanov va deputat Sayyora Yakupbekovalar shahardagi 8, 9-maktablarning bitiruvchi sinflar davomatini o'rgandi.

Qayt etilganidek, yaqin kunlarda deputatlik nazorati natijalari muhokama etilishi kutilmoqda.

@olmaliq_deputatlari
#ta'lim
#o'rganish
#nazorat


📌 Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputatlari tomonidan 18, 22-umumiy o'rta ta'lim maktablarida yuqori sinf o'quvchilarning davomati yuzasidan o'rganish olib bordilar.

O'rganish tadbirlari davom etmoqda. Natijalar Kengash majlislarida tanqidiy-tahliliy muhokama qilinishi kutilmoqda.

🌐 @olmaliq_deputatlari
#Ta'ziya
#Hamdardlik

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati To’raboyev Murod Erkinovichning Padari Buzrukvori Erkin otaning vafoti munosabati bilan ularning barcha farzandlari, yaqinlari va qadrdonlariga hamdardlik bildiramiz.

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi.

@olmaliq_deputatlari
#Ta'lim

Магистратурага қабул бошланди

Давлат олий таълим муассасалари магистратура мутахассисликларига онлайн рўйхатдан ўтиш бошланди.

2024/2025 ўқув йили учун давлат олий таълим муассасаларининг магистратура мутахассисликларига ўқишга кириш учун ҳужжатларни топшириш жараёни magistr.edu.uz платформаси орқали 30 июлга қадар (шу куни ҳам) давом этади.

Магистратура мутахассисликларига танловларда белгиланган талаб даражасидаги миллий ёки халқаро сертификатга эга шахслар иштирок этиши мумкин.

@ona_shahrim_olmaliq