Olmazor tumani hokimligi
9.95K subscribers
35.9K photos
6.41K videos
14 files
16.6K links
Хокимият Олмазорского района
Download Telegram
Olmazor tumanidagi mahallalarda o‘tkazilayotgan sayyor tibbiy tekshiruvlar o‘tkazishdan maqsad, kasalliklar balansini shakllantirish va davlat hisobidan davolanishi lozim bo‘lgan bemorlarni aniqlash lozim. Navbatdagi bosqichda esa ularga ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarida bepul muolaja olishlari uchun yo‘llanmalar taqdim etishdir.

🩺Olmazor tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi bilan hamkorlikda bugun “Mustaqil Yurt” MFY aholisi uchun 63-oilaviy poliklinikaning malakali mutaxassislar tomonidan tibbiy ko‘riklar o‘tkazildi.

🏥Ixtisoslashgan tibbiy yordam va yuqori texnologik operatsiyalarga muhtoj bemorlarga davlat hisobidan davolanishlari uchun yo‘llanmalar joyida rasmiylashtirildi.

💫 Olmazor ilm-ma'rifat, ziyo va innovatsion maskan! 
 
Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|Web-site
Hashoratlardan qutulish uchun zarasizlantirish ishlari olib borildi

Dezinseksiya - hashoratlarni qirish. Pashsha va chivinlarga qarshi xlorafos, muksid, baktokulisid kabi kimyoviy vositalar qo'llaniladi. Suvarak, kanalar, burgalar va bitlarga qarshi ham maxsus tarkibli preparatlar mavjud.
Deratizasiya - kemiruvchilarni qirish. Odatda kalamush, sichqon, yumronqoziqlarni qirish maqsadida zookumarin, rux fosfidi va boshqa zaharli preparatlar qo'llaniladi. Kemiruvchilarni qopqon yordamida ham qirish mumkin. Immunologiya - immun tizimining faoliyati va tuzilishi haqidagi tibbiy biologik fan.


📌Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Olmazor tuman bo'limi dezinfeksiya tadbirlari bo'linmasi xodimlari tomonidan Olimpiya MFY da joylashgan ko'p qavatli uylarning yer to'lasida hashoratlarga hamda kemiruvchilarga qarshi zararsizlantirish ishlari olib borildi.

🔸Dezinfeksiya tadbirlari bo'linmasi mutaxassislari tomonidan ko'p qavatli uylarning yer to'lalarida mukammal darajada zararsizlantirish ishlari olib borildi ,hamda yer to'lalardagi kemiruvchilarga qarshi dorilandi

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Olmazor tuman bo'limi
jamoatchilik bilan ishlash bo'linmasi
🇺🇿Bugun Olmazor tuman hokimligida “Korrupsiyaga qarshi kurashish” mavzusida seminar o‘tkazildi.

🇺🇿Seminarda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi raisi o‘rinbosari, Toshkent shahar hokimligi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi mas’ul xodimi, tuman hokimligi xodimlari, tuman ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi mas’ul xodimi, mahalla fuqarolar yig‘ini raislari, mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman hokimining yordamchilari ishtirok etishdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi, “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 595-sonli qarorining mazmun-mohiyati seminar ishtirokchilariga tanishtirildi.

🛡Seminarda so‘zga chiqqanlar tumanda sodir bo‘lgan korrupsiya holati, ularning kelib chiqish sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish masalalariga to‘xtalib o‘tishdi. Korrupsiyaga qarshi kurashish holatlari chuqur tahlil qilindi va ishtirokchilarining savollariga batafsil javob olindi.

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Twitter | Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📢 Shayxontohur va Olmazor tumanlarining ayrim hududlarida issiq suv taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi.

⚙️ Issiqlik tarmoqlarida avariyaviy ta’mirlash ishlari olib borilishi va tegishli jihozlarni almashtirish zarurati tufayli bugun, 15-may kuni quyidagi manzillarda issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:

📍Olmazor tumani: Medgorodok dahasi, ToshG‘osMI, ToshMI-2 kasalxonasi, Xadjayev dahasi, Farobiy dahasi, ToshGUPI, Olimpiya dahasi, Tansiqboyev dahasi-1,2,3,4, Chimboy va Qoraqamish dahalari.

📍Shayxontoxur tumani: Ibn-Sino-1,2 dahasi, Beltepa dahasi, Jar-Ariq va Xuvaydo dahalari.

Issiq suv ta'minoti ta’mirlash ishlari tugallanishi bilan tiklanadi (taxminan 16-mayda).

“Veolia Energy Tashkent” MChJ XK yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi va ishlarni belgilangan muddatlarda yakunlash bo‘yicha zarur choralarni ko‘radi.



📢 Временное отключение горячей воды в некоторых локациях Шайхантахурского и Алмазарского районов.

⚙️ В связи с аварийными работами на тепловых сетях и заменой сопутствующего оборудования, сегодня 15 мая временно приостановлена подача горячей воды по следующим адресам:

📍Алмазарский р-н: м-в Медгородок, ТашГосМИ, больнитца ТашМИ-2, м-в Хаджаева, м-в Фаробий, ТашГУПИ, м-в Олимпия, м-в Тансыкбаева-1,2,3,4, м-в Чимбай и м-в Каракамыш.

📍Шайхантахурский р-н: м-в Ибн-Сино-1,2, м-в Бельтепа, м-в Джар-Арык и м-в Хувайдо.

Подача горячей воды будет возобновляться по мере завершения аварийных работ (ориентировочно 16 мая).

ИП ООО «Veolia Energy Tashkent» приносит извинения за причиненные неудобства и примет необходимые меры для своевременного завершения работ.
#Olmazor
#obodonlashtirish

💫 Olmazor ilm-ma'rifat, ziyo va innovatsion maskan! 
 
Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|Web-site
🚧🚜 Poytaxt aholisi va mehmonlari diqqatiga!

Toshkent shahar hokimligi poytaxtning qator chorrahalari va ko‘chalarini ta’mirlash va rekonstruksiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar boshlanishini ma’lum qiladi.

Ishlarning asosiy qismi joriy yilning may oyidan sentyabrigacha – maktablar va oliy o‘quv yurtlarida ta’til kunlarida amalga oshiriladi.

👉 Batafsil

🚧🚜 Вниманию жителей и гостей столицы!

Хокимият города Ташкента сообщает о старте масштабных работ по ремонту и реконструкции перекрёстков и улиц, часть из которых является продолжением 36 коридоров столицы.

Основная часть работ будет реализована с мая по сентябрь текущего года – в период каникул в школах и вузах.

👉 Подробно

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Twitter | Linkedin
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi
— — —
🇺🇿Государственный гимн Республики Узбекистан

Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|Web-site
🚴 Ertalabki badantarbiya - sog`lik garovi

👉 Tadqiqotlarga ko‘ra, XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida ma'rifatparvar ajdodlarimiz yaratgan pedagogik asarlarning aksariyatida bolani jismoniy jihatdan sog‘lom etib tarbiyalashga alohida e'tibor qaratilgan.

🧘 Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish o‘sib kelayotgan avlodni barkamol bo‘lib voyaga yetishi, shu bilan birga, ularning bo‘sh vaqtdan unumli foydalanishiga imkon beradi. Inson organizmi tashqi muhit bilan uyg‘un, bir butun holda rivojlanadi. Ushbu uyg‘unlik, shuningdek, barcha a'zolar faoliyatini markaziy asab tizimi boshqarib turadi. Doimiy, uzluksiz ravishda bajariladigan jismoniy harakat kishi sog‘ligiga yaxshi ta'sir etadi: modda almashinuvi yaxshilanadi, organizm to‘qimalari oziq moddalarni yaxshi o‘zlashtiradi, parchalangan moddalar organizmni tezroq tark etadi.

#sport

🔘 Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

🎗 Olmazor ilm-ma'rifat, ziyo va innovatsion maskan!

Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM