Olmazor tumani hokimligi
8.39K subscribers
37.7K photos
6.67K videos
15 files
17.4K links
Хокимият Олмазорского района
Download Telegram
Mahallalarda aholi bilan uchrashuvlar davom etib kelmoqda

Mahallabay ishlash tizimi murakkab jarayon boʻlishiga qaramasdan, unda har bir insonning dardini tinglash, uning qismatini tubdan oʻzgartirish, jamiyat taraqqiyotini iqtisodiy oʻsishlar bilangina emas, balki aholining oʻz hayotidan mamnunligi bilan oʻlchash kabi mezonlar mavjud.

📌Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Olmazor tuman bo'limi mudirasi hamda mas'ul xodimlar tomonidan "Tabassum" MFY fuqarolari bilan sanitariya targ'iboti o'tkazildi.

🔸Olib borilgan tadbir mobaynida mahalla aholisiga va bozorlarda faoliyat olib boruvchi bekalarga mahalla faollari bilan birgalikda xondonni ozoda tutish, sifati kafolatlanmagan mahsulotlarni sotish, sotib olish va iste'mol qilish salomatlik uchun jiddiy xavf uyg'otishi yuzasidan tavsiyalar berildi.

🔸Shuningdek, o'tkir yuqumli ichak kasalliklar va profilaktikasi hamda emlashninng inson salomatligiga bo'lgan ahamiyati haqida ko'rsatmalar berildi va tarqatmalar tarqatildi

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Olmazor tuman bo'limi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Olmazor tumanidagi "Mustaqil yurt" mahallasida bunyodkorlik ishlari jadalik bilan davom etmoqda.


#Olmazor
#Mustaqilyurt_mfy
#obodonlashtirish
#bunyodkorlik_ishlari

💫 Olmazor ilm-ma'rifat, ziyo va innovatsion maskan! 
 
Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|Web-site
VI BYD Toshkent xalqaro marafon bo‘lib o‘tdi

Bugun Toshkent shahri 45 davlatdan 5 mingga yaqin havaskor yuguruvchi va professional sportchilarni VI BYD Toshkent xalqaro marafonida qabul qildi.

Marafonda O'zbekiston Respublikasi Sport vaziri Adkham Ikramov, O'zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya qo'mitasi bosh kotibi O.Kasimov, O'zbekiston triatlon federatsiyasi raisi V.Maxmudov, O'zbekiston yengil atletika federatsiyasi raisi o'rinbosari A.Abduvaliyev,  BYD LLC ning Markaziy Osiyo bosh direktori o'rinbosari Ivan Cao ishtirok etdi.

VI BYD Toshkent xalqaro marafoni dasturiga 4 ta masofa: 3 va 10 km ommaviy yugurish musobaqasi,  yarim marafon va  marafon masofasi kiritilgan.

Marafonning umumiy mukofat jamg'armasi 720 mln so'mni tashkil qiladi. Bunda:
Marafon ishtirokchilari: I o'rin uchun - 60 mln so'm, II o'rin uchun – 
40 mln so'm, III o'rin uchun-  30 mln so'm,  IV o'rin uchun– 20 mln so'm, V o'rin uchun – 16 mln so'm, VI o'rin uchun– 10 mln so'm mukofoti bilan taqdirlandi. 

Yarim marafon ishtirokchilari: I o'rin uchun -  35 mln so'm, II o'rin uchun – 25 mln so'm, III o'rin uchun -  20 mln so'm,  IV o'rin uchun – 16 mln so'm, V o'rin uchun  – 12 mln so'm, VI o'rin uchun – 8 mln pul mukofoti bilan taqdirlandi.

10 km masofaga yugurish ishtirokchilari: I o'rin uchun – 9 mln so'm, II o'rin uchun – 6 mln so'm, III o'rin uchun - 3 mln so'm mukofoti bilan va 3 km masofaga yugurish musobaqasi g'olib va sovrindorlari qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi.

Yarim marafonda eng yaxshi natija ko'rsatgan Parij Olimpiya o'yinlari litsenziati Shohruh Davlatov va marafonda eng yaxshi natija qayd etgan mahoratli sportchi Yekaterina Tunguskovalar BYD avtomashinalarini qo'lga kiritdi.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
"HOKIM VA YOSHLAR"  UCHRASHUVI

    Har yili Olmazor tumanidagi umumta’lim maktablaridagi bitiruvchilar bilan dildan suhbatlashish, ularning maqsadlari,  fikr-mulohazalari bilan yaqindan tanishish Olmazor tumani hokimi A.Sh.Umarxonov tomonidan uchrashuvlar o‘tkazish an’anaga aylangan.  Ushbu an’ana 2024-yil bitiruvchilari bilan tumandagi 15-umumta’lim maktabida davom etdi.

   Tuman hokimi A.Umarxonov tomonidan 15 hamda 134-umumta’lim maktablarining 11-sinf bitiruvchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

“Hokim va yoshlar” uchrashuvi bitiruvchilarimizga ulkan motivatsiya bo‘lib,  kelajakda bundan-da ko‘proq yutuqlar va muvaffaqiyatlarga erishishlariga turtki bo‘lishiga ishonamiz.

#ochiq_muloqot

🎗 Olmazor ilm-ma'rifat, ziyo va innovatsion maskan! 
 
Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|Web-site
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔹 Olmazor tumani 2 sektor rahbari A.G.Axunov sektor hududidagi Islom ota mahallasida olib borilayotgan keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari holatini o‘rgandi.

🔸 O‘rganish jarayonida mahallani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi murojaatlari bilan ishlash, obodonlashtirish ishlari, noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish va boshqa yo‘nalishdagi ishlar ko‘rib chiqilib, muhokama etildi.

#Olmazor
#Islom_ota_mfy
#obodonlashtirish
#bunyodkorlik_ishlari

💫 Olmazor ilm-ma'rifat, ziyo va innovatsion maskan!

Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|Web-site
⚡️ Olmazor tumani "Guruchariq" mahallasida yangi SIP kabellari tortilib, ulash ishlari olib borilmoqda.

#tamirlash_ishlari

🎗 Olmazor ilm-ma'rifat, ziyo va innovatsion maskan!

Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|Web-site