Olmazor tumani hokimligi
9.94K subscribers
36.1K photos
6.44K videos
14 files
16.7K links
Хокимият Олмазорского района
Download Telegram
Olmazor tumani "Yoshlik" mahallasida “Obod mahalla”, “Obod ko‘cha”, “Obod xonadon” dasturlari doirasida Kuz-qish mavsumini betalofot o‘tkazish uchun tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, mahallalarda markaziy va ichki ko‘chalarni tartibga keltirish, hududlarni tozalash va obodonlashtirish, ko‘p qavatli uylarning kirish yo'laklariga arksimon soʻrilar yasalib, issiq suv tarmoqlarini izolyasiya materiallari bilan oʻralamoqda.

#Obod_xonadon_Obod_kócha_Obod_mahalla

💫 Olmazor ilm-ma'rifat, ziyo va innovatsion maskan!

Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|Web-site
Tumanimizdagi Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amaliy ishlar olib borilmiqda

🌱Jumladan Ekologiya atrof muhit muhofaza qilish boshqarmasi Olmazor tuman inspeksiyasi hamda O'rmon xo'jaligi ilmiy tadqiqot institutidan biriktirilgan vakillar tomonidan Olmazor tumanidagi 190-DMTTda tarbiyachilar va bolajonlar ishtirokida 40 tup mevali, 10 tup manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

📃Ushbu tadbir davomida O'rmon xo'jaligi ilmiy tadqiqot institutidan biriktirilgan vakillar tomonidan tadbir ishtirokchilariga daraxt ko'chatlarini ekish tartibi, ularni sug'orish, parvarish qilish haqida tushunchalar berildi.

#Yashil_makon

🎗 Olmazor ilm-ma'rifat, ziyo va innovatsion maskan!

Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|Web-site
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasining 2023-yil 11-oktabrdagi 41-29-14-sonli qo‘shma qarorlariga muvofiq tashkil etilgan "Besh tashabbus paralimpiadasi" doirasida ommaviy sport musobaqasining shahar bosqichi o‘tkazildi.

🔰Olmazor tumanida joylashgan 102 va 106-maktab-internat sportchi yoshlari nizom asosida belgilangan sport turlari (mini futbol, yengil atletika, stol tennisi) bo‘yicha bahslashdilar. Umumiy natijaga ko‘ra mini futbol va stol tennisi (qizlar o‘rtasida) bahslarida 106-maktab-internat o‘quvchilari g‘olib bo‘lib respublika bosqichiga yo‘l oldilar.

#sport

🎗 Olmazor ilm-ma'rifat, ziyo va innovatsion maskan!

Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|Web-site