Olmazor tumani hokimligi
6.23K subscribers
32.5K photos
5.85K videos
13 files
15.1K links
Хокимият Олмазорского района
Download Telegram
Olmazor tumani hokimligi
Photo
"HOKIM VA YOSHLAR"  UCHRASHUVI DAVOM ETMOQDA

    Har yili Olmazor tumanidagi umumta’lim maktablaridagi bitiruvchilar bilan dildan suhbatlashish, ularning maqsadlari,  fikr-mulohazalari bilan yaqindan tanishish Olmazor tumani hokimi A.Sh.Umarxonov tomonidan uchrashuvlar o‘tkazish an’anaga aylangan.  Ushbu an’ana 2023-yil bitiruvchilari bilan tumandagi 133-umumta’lim maktabida davom etdi.

   Tuman hokimi A.Umarxonov tomonidan 16, 133, 165, 185-umumta’lim maktablarining 11-sinf bitiruvchilari va ularning ota-onalari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida  o‘quv yili davomida  a’lo o‘qishi va  namunali xulqi bilan yutuqlarga erishgan bir qator o‘quvchilarga faxriy yorliqlar topshirildi.

Chet tilidan imtiyozli sertifikatlarga ega bo‘lgan o‘quvchilarga esa, tuman  hokim tomonidan  planshetlar  topshirildi hamda ota-onalar esa tashakkurnomalar taqdim etildi.

“Hokim va yoshlar” uchrashuvi bitiruvchilarimizga ulkan motivatsiya bo‘lib,  kelajakda bundan-da ko‘proq yutuqlar va muvaffaqiyatlarga erishishlariga turtki bo‘lishiga ishonamiz.

#ochiq_muloqot

🎗 Olmazor ilm-ma'rifat, ziyo va innovatsion maskan! 
 
Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|Web-site
Olmazor tumanidagi "O'zbegim" shodiyonalar uyida tuman hokimi va mutasaddi rahbarlar hamda tuman mahalla raislari ishtirokida "Dildan suhbat" mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.

🔴Ochiq muloqot tarzida bo'lib o'tgan ushbu tadbirdan ko‘zlangan maqsad mahalla aholisiga qulayliklar yaratish hamda mahalladagi mavjud muammolar va ularni yechimi bo‘yicha o‘rtoqlashib, maslahatlashgan holda yechimini topishdir.

💭 Ushbu tadbir har haftada o'tkazib kelinmoqda.

#ochiq_muloqot

💫 Olmazor ilm-ma'rifat, ziyo va innovatsion maskan!

Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|Web-site
MEN DEPUTATMAN, MEN RAHBARMAN, MEN TADBIRKORMAN-MEN AYOLMAN!

Tadbirkorlikdagi gender farqi katta muammo bo'lib, ayollarning biznesni yaratish va rivojlantirish uchun erkaklarnikiga qaraganda kamroq imkoniyat va resurslarga ega ekanligini anglatadi. Biroq, bu bo'shliqni bartaraf etishning bir necha yo'li mavjud:

Tadbirkor ayollar uchun bugungi trening mavzusi:
"Ayollar uchun onlayn kasblar va onlayn imkoniyatlar"
1. Yaqin atrof-muhitning roli. Oila, do'stlar va hamkasblar yangi boshlagan ayollarga ularni qo'llab-quvvatlash va moliyalashtirish, o'qitish va ma'lumot kabi zarur resurslarni taqdim etish orqali yordam berishlari mumkin. Yaqin atrof-muhit tadbirkor ayollarni tan olishi va qo'llab-quvvatlashi, ularning muvaffaqiyatiga to'sqinlik qilmasligi ham muhimdir.

2. Milliy madaniyat. Madaniyat va urf-odatlar ayollarning tadbirkorlik qobiliyatiga ijobiy va salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Ayollar an'anaviy ravishda qabul qilmaydigan mamlakatlarda jamiyat fikrini shu nuqtai nazardan o'zgartirish uchun keng ko'lamli ijtimoiy ta'lim ishlarini olib borish kerak. Mahalliy va milliy darajadagi tadbirkor ayollarni reklama qilish, shuningdek, ularning ko'rinishini oshirishga va biznes hamjamiyatidagi ishtirokini qo'llab-quvvatlashga yordam beradi.

3. O'qitish va resurslardan foydalanish. Ayollar moliyalashtirish, o'qitish, mentorlik va tarmoq aloqalari kabi biznesni yaratish va rivojlantirish uchun resurslardan foydalanishlari kerak. Ularga bunday manbalar va o'quv dasturlaridan foydalanish imkoniyatini berish va muvaffaqiyatli tadbirkorlik uchun zarur bo'lgan bilim va ko'nikmalarni egallashga yordam berish muhimdir.
Tadbirkorlikdagi gender tafovutiga qarshi kurashish uzoq muddatli vazifadir va imkoniyatlar tengligiga erishish va ayollarni qo'llab-quvvatlash uchun jamiyatning barcha a'zolarining ishtirokini talab qiladi tadbirkor.

💫 Olmazor ilm-ma'rifat, ziyo va innovatsion maskan! 
 
Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|Web-site
🌳💧Tuman Obodonlashtirish boshqarmasi hodimlari tomonidan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida tumandagi hududlarga ekilgan ko'chatlarni sug'orish ishlari muntazam olib borillmoqda.

#yashilmakon_2023

🎗 Olmazor ilm-ma'rifat, ziyo va innovatsion maskan!

Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|Web-site