Olmazor tumani hokimligi
5.23K subscribers
33.4K photos
6.02K videos
13 files
15.5K links
Хокимият Олмазорского района
Download Telegram
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 9-fevraldagi “Toshkent shahrining ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini jadal sur'atlarda hal etish hamda aholi farovonligini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora- tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-50-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Olmazor tumanidagi 64 ta mahallalarida keng ko'lamli ishlar olib borilmoqda.

✔️Xususan "Guruchariq" mahallasining ko‘chalariga asfalt qoplamasi yotqizilib, ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.

#Guruchariq_MFY
#obodonlashtirish
#asfalt

🎗 Olmazor ilm-ma'rifat, ziyo va innovatsion maskan! 
 
Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|Web-site
🔹 Bugun Olmazor tuman hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining 2023-yil 15-apreldagi AF-20-son farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida Olmazor tumanidagi mahallalar kesimida biriktirilgan ishchi-guruhi ish boshladi.

🔸 Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining mas'ul xodimi, Olmazor tumani hokimi A.Umarxonov, sektor rahbarlari, vazirliklar mas'ul xodimlari, tashkilotlar vakillari, hokim o‘rinbosarlari, mahalla raislari ishtirok etishdi.

Bugundan tumanimizdagi har bir mahallada o‘z faoliyatini boshlagan ishchi guruhiga vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va tijorat banklaridan mas'ul rahbarlar biriktirildi.

Ishchi guruhi mahallalarda mavjud dolzarb muammolar hamda mahallalarda istiqomat qiluvchi aholining murojaatlari, muammolari va takliflarini o‘rganadi.

🎗 Olmazor ilm-ma'rifat, ziyo va innovatsion maskan! 
 
Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|Web-site
🔻 Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida o‘tkazilayotgan "Dolzarb 30 kunlik" profilaktik tadbirlari davomida "Poytaxt yoshlari giyohvandlikka qarshi!" mavzusida M.Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida
davra-suhbati tashkil etildi.

🔺 Dastlab, ishtirokchilarga mavzuga doir videorolik namoyish etildi. Tuman IIO FMB boshlig‘i M.Vafoyev so‘zga chiqib, tadbirda qatnashayotgan 150 nafar talabani ogohlikka chaqirdi, poytaxt yoshlari giyohvandlikka qarshi murosasiz kurashishlari lozimligi ta'kidlandi.

🎗 Olmazor ilm-ma'rifat, ziyo va innovatsion maskan! 
 
Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|Web-site
“Olmazor tumani Nurafshon ko'chasida daraxtlarning tagi betonlanganligi” murojaatga nisbatan shuni ma'lum qilamiz!

▪️Olmazor tumanidagi Nurafshon ko'chasida katta daraxtlarning tagi betonlab tashlanganligi yuzasidan Olmazor tuman hokimligi, Obodonlashtirish boshqarmasi, tuman Ekologiya bo'limi mas'ullari tomonidan joyiga chiqib o'rganish ishlari olib borildi.

▪️O'rganishlar natijasida Nurafshon ko'chasi yo'l bo'yidagi daraxtlar atrofidagi betonlar chiqarib tashlanib, tozalash ishlari olib borildi.

🎗 Olmazor ilm-ma'rifat, ziyo va innovatsion maskan!

Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|Web-site
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan berilgan topshiriqqa asosan, biriktirilgan yoshlar bilan ishlash bo‘yicha tuman 3-sektor rahbari M.Vafoyev uyma-uy yurib, A.Shoshiy mahallasidagi yoshlarning holidan xabar oldi.

O‘rganishlar davomida 7 nafar yoshlar va ularning oila a'zolari bilan suhbatlashilib, zaruriy chora-tadbirlar belgilab olindi. Yoshlarning davolanishi va dori-darmonlari uchun amaliy yordam berish yuzasidan mas'ullarga topshiriqlar berildi.

🎗 Olmazor ilm-ma'rifat, ziyo va innovatsion maskan! 
 
Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|Web-site