Olmazor tumani hokimligi
5.3K subscribers
33.3K photos
6.01K videos
13 files
15.5K links
Хокимият Олмазорского района
Download Telegram
Navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi

🔹 Bugun Olmazor tumani 1-sektor binosida tuman hokimi Azizxon Umarxonovning navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.

🔸Unda tuman hokimi o‘rinbosarlari, mahalla raislari, tumandagi masʼul tashkilot rahbarlari ishtirok etdilar.

🔸Qabulda tuman aholisining turli sohalarga oid muammolari, talab va takliflari eshitildi. Uy-joy masalalari, tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, moddiy yordam, salomatlikni tiklashga ko‘maklashish singari dolzarb masalalarga alohida eʼtibor qaratildi.

🔸 Qabul yakunida murojaatlarni belgilangan muddatlarda o‘rganib, chora ko‘rish uchun hokim o‘rinbosarlari, tegishli tashkilot va idoralarga yuborilib, ijrosi nazoratga olinishi bo‘yicha masʼullarga topshiriq berildi.

#sayyor_qabul

💫 Olmazor ilm-ma'rifat, ziyo va innovatsion maskan!

Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|Web-site
💫 Muborak Ramazon oyi munosabati bilan Olmazor tumanida yashovchi nuroniylar, ijtimoiy ko‘makka muhtoj, ehtiyojmand fuqarolari uchun iftorlik dasturxoni yozildi.

🔹 Yurtimizda muborak Ramazon oyi davom etayotgan qutlug‘ kunlarda Olmazor tumani hokimligi tashabbusi bilan “Zeb-Ziynat” to‘yxonasida iftorlik dasturxoni yozildi. Iftorlikda tumandagi "Qorasaroy", "Hazrati imom","Gurchariq" mahallalaridan tashrif buyurgan mahalla faollari, nuroniylar, mehnat faxriylari, diniy ulamolar ishtirok etdi.

🔸Iftorlikda tuman mas’ullari, Iftorlikda qatnashgan nuroniy otaxonlar yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligini tilab duo-fotihalar qildi.

#iftorlik
#insonqadri

💫 Olmazor ilm-ma'rifat, ziyo va innovatsion maskan!

Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|Web-site
▪️Tumanimizdagi "Ayollar daftari" va "Temir daftari"da ro'yxatda turuvchi, boquvchisini yo'qotgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj 95 ta oilaga oziq-ovqat mahsulotlari berildi.

#inson_qadri

💫 Olmazor ilm-ma'rifat, ziyo va innovatsion maskan!

Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|Web-site
🪐Olmazor tuman hokimligi hamda oliy talim fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligidagi DREAMSAT 🚀 loyihasining birinchi qaldirg'ochlari o’zlari yasagan NONA yo'ldoshni 🛰 eng yaqin astrosferaga Navoiy shahridan uchirishdi voqea suratini Olmazor tuman hokimligi YouTube kanalimiz orqali online kuzatishingiz mumikin.

YouTube:👉https://youtube.com/live/dtnfDnXaB5w?feature=share

#dreamsat

💫 Olmazor ilm-ma'rifat, ziyo va innovatsion maskan!

Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|Web-site
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi
— — —
🇺🇿Государственный гимн Республики Узбекистан

Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|Web-site
Erta uyg'onish, sizga kun davomida yengilik berishi bilan birgalikda, ko'proq ishlarga ulgurishingizda yordam beradi! Erta uyg'onish uchun ayrim tavsiyalarni sizlarga ilindik!

1. Uyqudan turish uchun sabab toping
Motivatsiya sizni issiq o‘rindan turib, ertalabki ishlarga kirishishga majbur qiladi. O‘z oldingizga aniq maqsad qo‘ying.

2. Yorug‘lik qo‘shing
Ertalab sizni yorug‘lik, ayniqsa quyosh nurlari uyqudan turishga undaydi.

3. Kamida 9 daqiqa oyoqda turing
Aynan shu vaqt ichida organizm to‘liq uyg‘onishiga doir nazariya bor.

4. Tabassum qiling
Ko‘zgu oldiga keling va o‘z aksingizga tabassum qiling, hatto bunday qilgingiz kelmasa ham.

5. Badantarbiya qiling
Ertalabki qisqa mashqlar miyaga kislorod oqimi kelishi hisobiga uyg‘onishga yordam berish bilan birga qomatni raso qiladi va sizni yanada baxtli qiladi.

#sport

🎗 Olmazor ilm-ma'rifat, ziyo va innovatsion maskan!

Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|Web-site