📝 Jamoatchilik fikri asosida amalga oshiriladigan jarayonlar ko‘lami kengaytiriladi.
🇺🇿 Tuman hokimligi majlislar zalida tuman Moliya bo’limi tomonidan tuman Mahalla raislariga taqdimot va boshqa ko’rgazmali materiallar ko’rinishida o’quv seminari tashkil etildi.
➡️ 2022-yil Jamoatchilik fikri asosida amalga oshiriladigan jarayonlar koʻlami kengaytiriladi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “
Budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta'minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
✔️ Qarorga asosan 2023-yildan boshlab: “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida moliyalashtiriladigan tadbirlar jamoatchilik fikri asosida “Ochiq
budjet” axborot portali orqali ovoz berish yo‘li bilan aniqlanadi;
➡️ Toshkent shahrining shahar budjetida shakllangan qo‘shimcha mablag‘larning
30 foizi tuman (shahar)larda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun tuman (shahar)lar Fuqarolar tashabbusi jamg‘armalariga mavjud aholi soni va mahallalar sonidan kelib chiqib, teng ulushlarda yo‘naltiriladi;
⭕️ Tashabbusli budjetlashtirish jarayonlari uchun tuman (shahar) budjetlarining
5 foizi miqdorida mablag‘ rejalashtiriladi;
⭕️Shuningdek, Olmazor tumanida
“Tashabbusli budjet” jarayonining
2022-yil 2-mavsum yakunlariga ko’ra
16 ta loyiha g’olib deb topildi hamda ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun
7,01 mlrd so’m ajratilishi ta’kidlab o’tildi.
#tashabbusli_budjet
💫 Olmazor ilm-ma'rifat, ziyo va innovatsion maskan!
🕊Telegram📱Instagram📱Facebook📺YouTube🌎Web-site