Olmazor tumani hokimligi
5.33K subscribers
33.2K photos
6.01K videos
13 files
15.5K links
Хокимият Олмазорского района
Download Telegram
Mirzo Ulugʼbek nomidagi Oʼzbekiston Milliy universitetida "Yoshlar, ekologiya va qonunchilik" mavzusida ochiq muloqot boʼlib oʼtdi.

🔹 Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati N.Аminov, Oʼzbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi boʼlim boshligʼi va Olmazor tuman Kengashi raisi Sh.Umarxodjaeva, Oʼzbekiston Milliy universiteti Ekologiya fakulteti dekani va oʼrinbosarlari, talaba yoshlar ishtirok etishdi.

🔸 Mutasaddilar ekologiya soxasida soʼngi yillarda qilingan oʼzgarishlar, qonunchilik doirasida kiritilgan yangi qaror va farmonlar toʼgʼrisida soʼzlab berishdi.

🔹 Oʼz kelajagi uchun befarq boʼlmagan universitet talabalari Ekopartiyaga aʼzo boʼlish va uni gʼoyalarini birgalikda ilgari surish istagini bildirishdi. Shu kunning o'zida hujjatlar rasmiylashtirilib Ekopartiya vakillari aʼzolik guvoxnomalarini egalariga topshirishdi.

💫 Olmazor ilm-ma'rifat, ziyo va innovatsion maskan!

Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Olmazor tumani hokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿O’zbekistonni birgalikda texnologik rivojlantiramiz.

Olmazor tuman hokimligi hamda NazarX jamoasi hamkorligida yangi «Digital Olmazor» loyihasiga start beramiz!

Ushbu loyiha davomida o’quvchilar 4ta

🚀 Raketa modellashtirish
✈️Avia modellashtirish
🛰 Kosmik tadqiqotlar
🚗 Robototexnika va avtomobilsozlik

kabi yo’nalishlar bo’yicha malakali ustozlardan bilim va ko’nikmlarni olishadi.

Loyihalarning finalida esa o’zlari tomonidan yasalgan prototiplarni Buxoro hamda Navoiy viloyatidagi maxsus poligonlarda testdan o’tkazishishadi.

😀Loyihada faqat Toshkent shahar Olmazor tumanining 10-11-sinf o’quvchilari qatnasha olishadi!

🔊Loyihaga qatnashish uchun digitalolmazor.uz saytidan ro'yxatdan o'ting!
#24_soatlik_navbatchilik_asosida
#OLMAZOR_TET

⚡️QANCHALIK MASHAQQATLI BO‘LMASIN HAR QANDAY OB-HAVO SHAROITIDA HAM POYTAXT ENERGETIKLARI HALQ XIZMATIDA

❄️🛠 Noqulay ob-havo bo‘lishiga qaramay soha xodimlari istemolchilarni sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida, tezkor zarur choralar ko‘rilmoqda. Favqulotda tushayotgan murojaatlar o‘z vaqtida bartaraf etish uchun harakat qilishmoqda.

❄️🛠 «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali tasarrufidagi Olmazor tuman elektr taminoti mutaxassislari tomonidan tuman hududida istiqoman qiluvchi fuqarolardan kelib tushgan murojaatga asosan, hududdagi elektr tarmoqlari to‘liq ko‘rikdan o‘tkazilib, TP-1013 hamda TP-1673-sonli transformator punktlari oralig'idagi yer osti elektr uzatish kabel tarmoqlarida yuzaga kelgan nosozlik tezkor bartaraf etildi.

❄️🛠 Bu bilan hududdagi elektr ta’minotiga oid murojaat ijobiy yechim topib, iste’molchilarning  elektr ta’minoti yaxshilanishiga erishildi
.


✍️«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali
Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi
— — —
🇺🇿Государственный гимн Республики Узбекистан

Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|Web-site
🎯Toza havoda bajariladigan mashqlar immunitetingizni ko’tarib,sizni turli kasalliklardan himoyalaydi

#sport

🎗 Olmazor ilm-ma'rifat, ziyo va innovatsion maskan!

Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣📣📣 Diqqat, E'LON!

⚡️ Olmazor tumani Abu Bakr Shoshiy mahallasi hududidagi 3828 TP ga yangi SIP kabel almashtirish ishlari olib borilayotganligi sababli bugun Abu Bakr Shoshiy mahallasida soat 10:00 dan 17:00 ga qadar elektr taʼminoti vaqtincha o'chiriladi:

🛠 O‘z navbatida, ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz.

Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

#elektr

Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|Web-site
RASMIY MUNOSABAT!

🔸 Telegram ijtimoiy tarmog'ida fuqorolar tomonidan kelib tushgan murojaatda Olmazor tumani Toshkent tibbiyot akademiyasi yaqinidagi yo'llarda chuqurlar ko'paygani aytilgan
.

🔹 Ushbu murojaat Olmazor tumani mutasaddilari tomonidan nazoratga olinib, Ob-havo yaxshilanganidan so'ng mas'ul tashkilotlar tomonidan asfaltlash ishlari olib borilishini ma'lum qilamiz.
 
Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|Web-site
#bilasizmi

«Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident qaroriga muvofiq nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmatlaridan navbatsiz foydalanish va davlat idoralarida mansabdor shaxslarning qabuliga navbatsiz kirish bo‘yicha imtiyozlar berilgan.

«Yuridik yordam» axborot tizimida nogironligi bo‘lgan shaxslarga advokatlar tomonidan ixtiyoriy ravishda bepul professional yuridik yordam ko‘rsatilishini tashkil etishga ko‘maklashuvchi tizim joriy etilgan.

Nogironlar va ularga g‘amxo‘rlik qiluvchilarga berilgan imtiyozlarning yagona ro‘yxati shakillantirilgan va mazkur ro‘yxat «Advice.uz» huquqiy portaliga joylashtirilgan.

2023-yil 1-mayidan boshlab shifoxonalarda davolanayotgan nogiron bolaga g‘amxo‘rlik qilayotgan shaxslarga:
Bolaning yonida bo‘lish uchun sharoit yaratilgan;
Mazkur davr uchun mehnatga layoqatsizlik varaqasi va bepul ovqatlanish ta’minlangan.

Pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari bolani nogiron deb topganda, ularga pensiya tayinlashda qaytadan tibbiy-ijtimoiy ekspertizaga yuborish bekor qilinadi.
2023/2024-o‘quv yilida abituriyentlar uchun mo‘ljallangan qabul tartibiga oid ma’lumotlar nogironlar uchun qulay formatda bo‘ldi. Shuningdek, videoroliklar surdotarjima yoki subtitrlar bilan namoyish etildi.

2023/2024-o‘quv yilidan «Maxsus pedagogika, defektologiya» yo‘nalishida magistratura uchun to‘liq davlat granti berildi.

O‘qiyotgan nogiron talabalarga ta’lim jarayonida ko‘maklashish uchun uning yaqinlaridan biriga OTMda yonida birga bo‘lish uchun sharoit yaratildi.

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Twitter | Linkedin
QAYTA XATLOV JARAYONLARI O'TKAZILMOQDA

🔹 Оlmazor tuman oila va xotin-qizlar bo'limi tibbiyot birlashmasi barcha oilaviy polklinika xodimlari tomonidan, MFYlar aholisiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy sanitariya yordam sifati va skrining dasturlarini samarali o‘tkazish hamda kasalliklarni erta aniqlash maqsadida bir qator amaliy tadbirlar tashkil etilmoqda.

📈 Jumladan, joriy yilning 1 fevralidan 1 apreliga qadar tuman aholisining salomatlik va fiziologik holatidan kelib chiqib, tegishli guruhlarga tasniflash uchun barcha Oilaviy poliklinikalar hamda markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikalarda qayta xatlov jarayonlari o‘tkazilmoqda.

💫 Olmazor ilm-ma'rifat, ziyo va innovatsion maskan! 
 
Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|Web-site