Olmazor tumani hokimligi
9.92K subscribers
35.4K photos
6.33K videos
14 files
16.4K links
Хокимият Олмазорского района
Download Telegram
✔️Olmazor tumanidagi 20-oilaviy poliklinikaninng malakali mutaxassislari tomonidan "Islom ota" mahallasida maqsadli tibbiy ko'rik tashkil etildi.

🩺
Tibbiy ko'rikda tor soha mutaxassislari tomonidan tekshiruvlar o'tkazildi.

#tibbiy_kòrik

💫 Olmazor ilm-ma'rifat, ziyo va innovatsion maskan!

Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|Web-site
Olmazor tumani hokimligi
Photo
#rasmiymunosabat

Aholi roziligisiz Yunusobod tumani 8-mavzedagi qurilish amalga oshirilmaydi

Ijtimoiy tarmoqlarda Yunusobod tumanida 8-mavze,17, 19 va 20-uylar oralig‘ida olib borilayotgan qurilish ishlaridan fuqarolarning noroziligi aks etgan xabarlar tarqaldi.
Ushbu holat Toshkent shahar hokimligi va vakolatli davlat tashkilotlari tomonidan manzilga chiqib atroflicha o‘rganildi.

Aniqlanishicha, Toshkent shahar hokimining 2018-yil 5-fevraldagi 187-sonli qarori bilan "FRANCHISING INVEST" MChJga Yunusobod tumani, 8-mavze 17, 19 va 20-uylar oralig‘idagi 1,23 gektardan iborat yer maydoni mavjud avtoturargohni o‘z hisobidan buzish va o‘rnatilgan tartibda yetkazilgan zararlarni qoplash hamda aholining roziligini olish sharti bilan ko‘p qavatli bino qurish uchun ajratib berilgan.
Guvohi bo‘layotganingizdek, aholi roziligini olish muhim shart sifatida belgilangan.
Shunga ko‘ra, quruvchi kompaniya bu hududdagi bunyodkorlik ishlarini shu hududda yashovchi aholining roziligi bilangina boshlashi mumkin.

19-may kuni Qurilish tashkiloti Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi tomonidan qurilishni aholining roziligisiz boshlamaslik, aks holda loyiha va loyiha oldi hujjatlari bekor qilinishi xususida rasman ogohlantirildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Final o‘ziga xos futbol bayramiga aylandi.

🏆Mini futbol bo‘yicha DXX kubogi musobaqalarining Olmazor tuman bosqichi, final bahslari bo‘lib o‘tdi. Unda tuman sektorlarida g‘olib chiqqan 4 jamoa: “Shodiyona”, “Qorasaroy”, “Chustiy” va “Chimboy” mahallalarining 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlari o‘zaro bellashdi.

⚽️Qiziqarli bahslarga boy bo‘lgan hayajonli onlarni tuhfa etgan futbol bayramida “Shodiyona” mahallasi yoshlarining qo‘li baland keldi va yakunda g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

🏆🥇 Shodiyona MFY
🏆🥈 Qorasaroy MFY
🏆🥉 Chustiy MFY

🎁G'olib jamoalarga rahbarlar tomonidan esdalik sovg'alari topshirildi.

👏🏻Musobaqaning Toshkent shahar yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan “Shodiyona” mahallasi yoshlari shahar bosqichida Olmazor tumani sharafini himoya qilishadi. Ularga faqatgina omad tilab qolamiz!

💫 Olmazor ilm-ma'rifat, ziyo va innovatsion maskan!

Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|Web-site
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 9-fevraldagi “Toshkent shahrining ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini jadal sur'atlarda hal etish hamda aholi farovonligini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora- tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-50-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Olmazor tumanidagi 64 ta mahallalarida keng ko'lamli ishlar olib borilmoqda.

✔️Xususan "Nihol" mahallasining ko‘chalariga asfalt qoplamasi yotqizilib, ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.

#Nihol_MFY
#obodonlashtirish
#asfalt

🎗 Olmazor ilm-ma'rifat, ziyo va innovatsion maskan! 
 
Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|Web-site
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 15 apreldagi AF-20-sonli farmoyishi bilan Toshkent shahar tumanlariga biriktirilgan kichik ishchi guruhlar tomonidan aholining muammolari va takliflarini o‘rganish bo‘yicha Olmazor tumani "Ahil" mahallasida Bosh vazir o‘rinbosari J.Qo‘chqorov boshchiligida hamda O'zbekiston Respublikasi Markaziy bank raisining 1-o'rinbosari N.Saydullayev, Toshkent shahar hokimining 1-o'rinbosari X.Shakirov ishtirokida mahalla faollari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

▪️Uchrashuvda Olmazor tuman sektor rahbarlari va tuman masullari hamda “Ahil” , “Moyariq”, “Yangi Toshkent”, “Elparvar”, “Paxta“ mahallalari faollari qatnashdi.

▪️Uchrashuvda faollar tomonidan aholini qiynab kelayotgan muammo va takliflar bildirildi va tegishli vazirlik hamda mas'ul idora rahbarlarga bartaraf etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

💫 Olmazor ilm-ma'rifat, ziyo va innovatsion maskan!

Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|Web-site
🔹Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining II chaqiriq yetmish to'qqizinchi sessiyasi bo'lib o'tdi.

Davomi 👉
https://olmazor.uz/matb-ot-khizmati/n-ili-lar/sessiya-5

#sessiya
#olmazor

💫 Olmazor ilm-ma'rifat, ziyo va innovatsion maskan!

Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|Web-site
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi
— — —
🇺🇿Государственный гимн Республики Узбекистан

Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|Web-site
#sport

✔️ Ertalabki badantarbiya - sog`lik garovi

➡️ Bolalik, o‘smirlik davridan boshlangan chiniqish mashg‘ulotlari, ayniqsa, foydalidir. Har bir kishi o‘z organizmini mustahkam rejimga o‘rgatishi zarur. Badantarbiya, ochiq toza havoda sayr qilish, sport o‘yinlari kabi chiniqtiruvchi mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanish uzoq umr ko‘rish va salomatlikni ta'minlovchi omillardandir.

🎗Olmazor ilm-ma'rifat, ziyo va innovatsion maskan!

📍 Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|Web-site
📣📣📣 Diqqat, E'LON!

Avariyaviy holat tufayli Olmazor tumanining ayrim mahallalarida elektr energiyasi taʼminoti vaqtinchalik to‘xtatildi.

Olmazor tumani hududidagi "Qora-qamish 2/4, Qora-qamish 2/1, Qora-qamish 1/2, General Gafurov, Moyqo'rg'on" mahallalari aholi yashash xonadonlari hamda kichik tadbirkorlik sub'ektlarida elektr energiyasi vaqtinchalik oʻchirildi.

Hozirda avariya holatini bartaraf etish ishlari amalga oshirilmoqda.

Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|Web-site
🛑#TEZKOR
#ELON! 📣📣📣

OLMAZORDA YUQORI KUCHLANISHLI ELEKTR UZATISH TARMOG'IDA NOSOZLIK YUZAGA KELDI

Olmazor tumanining: Qoraqamish 1/2, 1/3, 2/1, 2/4-mavzelari, "Paxta", "Tepa Guzar", “Gulzor” MFYlari, Noras Tepa, Nozimaxonim 3-tor, Sag`bon 1-tor, Sag`bon 2-tor, Sag`bon 12-tor, Sag`bon 13-tor, Keles yo`li, O`razboyeva, Oltinsoy, Moyariq, Moyqo`rg`on, G.Gafurov, Oxunboboyev hamda Dadabayeva ko`chalari hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi 110/35/10 kVA bo'lgan "Sag`bon" podstantsiyasidagi mavjud yuqori kuchlanishli elektr qurilmasida favqulodda avariya holatida elektr ta'minotida uzilish sodir bo‘ldi.

Ayni vaqtda, Olmazor tuman elektr ta'minoti korxonasining tezkor chiqish brigadalari zarur elektr qurilmalar hamda maxsus avtotransport vositalari bilan mazkur nosozlikni bartaraf etishga jalb etilgan.

Tez orada mazkur nosozlik to‘liq bartaraf etilib, tarmoq orqali elektr energiyasi yetkazib berilishi to‘liq tiklanadi.

Yuzaga kelgan favqulodda avariyali uzilish vaqti keltirilgan noqulayliklar uchun iste'molchilardan uzr so‘raymiz.


✍️«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali
Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔹 Olmazor tumani hokimligida mavjud vakant lavozimlar uchun ishga qabul qilish bo‘yicha tanlovlarning suhbat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

🇺🇿 Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Toshkent shahar filiali tomonidan davlat organlari va tashkilotlarida vakant lavozimlar uchun o‘tkazilayotgan tanlovlarning suhbat bosqichi nazoratga olingan.

Shu bilan birga tanlovning ushbu bosqichini shaffof o‘tkazish maqsadida:
Suhbat jarayonida nomzodlarga berilayotgan savollar vaznining teng bo‘lishi;
Tanlov komissiyasi a'zolari tomonidan suhbat jarayonida nomzodlarni onlayn baholash yo‘lga qo‘yilgan.

🎗 Olmazor ilm-ma'rifat, ziyo va innovatsion maskan! 
 
Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|Web-site
RASMIY MUNOSABAT!

Olmazor tuman hokimligi, fuqaro
Davronova ijtimoiy tarmoq orqali qilingan murojaati yuzasidan, quyidagilarni ma`lum qiladi

Olmazor tumani, Jomiy ko‘chasi, 5-uy, manzilida “SHONAZIR GO’SHT SANOATI” MChJ tomonidan o‘zboshimchalik bilan 1430 kv.m. yer maydonini egallab olib, unda 873.0 kv.m.dan iborat hujjatsiz bino va inshoot qurib olib, noqulaychiliklar vujudga keltirgan.

Batafsil:👉 https://olmazor.uz/matb-ot-khizmati/n-ili-lar/rasmiy-munosabat-13

🎗 Olmazor ilm-ma'rifat, ziyo va innovatsion maskan! 
 
Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|Web-site
RASMIY MUNOSABAT!

Olmazor tumani hokimligi tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda kelib tushgan murojaat bo`yicha quyidagilar ma`lum qiladi.

Olmazor tumani, Loyixadagi G-26 koʼchasida, belgilangan tartibda “IQSIR” MChJ tomonidan pastki qavatlarida yer osti avtoturargox va savdo, maishiy xizmat koʼrsatish majmuasi boʼlgan koʼp qavatli turar joy binosi qurish uchun yer maydoni ajratilgan.

Batafsil:👉 https://olmazor.uz/matb-ot-khizmati/n-ili-lar/rasmiy-munosabat-14

🎗 Olmazor ilm-ma'rifat, ziyo va innovatsion maskan! 
 
Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|Web-site