Olmazor tumani hokimligi
5.43K subscribers
33.1K photos
5.99K videos
13 files
15.4K links
Хокимият Олмазорского района
Download Telegram
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 9-fevraldagi “Toshkent shahrining ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini jadal sur’atlarda hal etish hamda aholi farovonligini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-50-sonli  qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Olmazor tumanidagi 64 ta mahallalarda obodonlashtirish yuzasidan keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda.

✔️Xususan tumandagi "Umid" mahallasida beton qoplamasini yotqizish ishlari olib borilmoqda.

#Umid_MFY
#obodonlashtirish

💫 Olmazor ilm-ma'rifat, ziyo va innovatsion maskan! 
 
Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|Web-site
🔸 3-sektor rahbari M.Vafoyev "Xonchorbog‘" MFY binosida navbatdagi sayyor qabulini o‘tkazdi.

🔹 Qabulda 12 nafar fuqaroning murojaatlari tinglandi. Shundan, 6 nafarining murojaatlari joyida ijobiy hal etildi, 3 nafariga huquqiy tushuntirish berilib, 3 nafarining muammosi bo‘yicha topshiriq berildi va nazoratga olindi.

#sayyor_qabul

🎗 Olmazor ilm-ma'rifat, ziyo va innovatsion maskan! 
 
Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|Web-site
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi
— — —
🇺🇿Государственный гимн Республики Узбекистан

Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|Web-site
#sport

🎯 Sport va ertalabki badantarbiya kun davomidagi tetiklik garovi!

🎗 Olmazor ilm-ma'rifat, ziyo va innovatsion maskan!

Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|Web-site
🏗Olmazor tumanining qurilish ishlari hajmi

2023
yilning yanvar-mart oylarida Olmazor tumanida jami 577,1 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2022  yilning mos davriga nisbatan 104,0 foizni tashkil etdi.

#statistika

💫 Olmazor ilm-ma'rifat, ziyo va innovatsion maskan!

Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|Web-site
Президент Шавкат Мирзиёев Европа тикланиш ва тараққиёт банки Бошқарувчилар кенгашининг йиллик йиғилишида иштирок этиш учун Самарқанд шаҳрига жўнаб кетди.

Президент Шавкат Мирзиёев отбыл в город Самарканд для участия в ежегодном заседании Совета управляющих Европейского банка реконструкции и развития.

#Mirziyoyev #safar #Samarqand #YeTTB

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
🔘Olmazor tumani mahalla va nuroniylarni qo'llab quvvatlash bo'limi maslahatchisi Mirziyod Mirpo'latov ishtirokida “Xalq roziligi - bosh maqsadimiz!” mavzusidan brifing o'tkazildi.

🎗 Olmazor ilm-ma'rifat, ziyo va innovatsion maskan!

Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|Web-site
Хotin-qizlar uchun yana bir imtiyoz

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlardan tavsiyanoma olish uchun arizalar qabul qilinmoqda!

Ma’lumki, Hukumat qarori (2022 yil 9 iyundagi VMQ-322-son) bilan tasdiqlangan Nizomga ko‘ra, mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar davlat oliy ta’lim muassasalariga alohida qabul parametrlari (jami 500 ta kvota) doirasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi belgilangan.

↖️ Batafsil

✍️Toshkent shaharOila va xotin-qizlar matbuot xizmati

https://t.iss.one/toshkent_shahar_xotin_qizlar_b


💬 Facebook  I  Telegram  I 📸Instagram‌‌
Olmazor tumani hokimligi
Хotin-qizlar uchun yana bir imtiyoz Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlardan tavsiyanoma olish uchun arizalar qabul qilinmoqda! Ma’lumki, Hukumat qarori (2022…
❗️Talaba bo‘lish istagidagi xotin-qizlar shoshiling: Oila va xotin-qizlar qo‘mitasidan tavsiyanoma olish uchun arizalar qabuli boshlandi

Hukumat qaroriga muvofiq mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar davlat oliy ta’lim muassasalariga alohida qabul parametrlari (jami 500 ta kvota) doirasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi belgilangan.

Ushbu imtiyozdan foydalanmoqchi bo‘lgan xotin-qizlar Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining tavsiyanomasiga ega bo‘lishlari lozim.

Tavsiyanoma olish uchun talabgorlar quyidagi mezonlarning barchasiga muvofiq kelishi kerak:

o‘rta maxsus yoki professional ta’lim bo‘yicha mutaxassislikka
ega bo‘lishi;

tavsiyanoma olgunga qadar oliy ta’lim olmaganligi yoki olmayotganligi;

o‘rta maxsus yoki professional ta’lim mutaxassisligi bo‘yicha kamida besh yillik mehnat stajiga ega bo‘lishi.

▪️Talabgorlar joriy yilning 1 iyuniga qadar (shu kuni ham) ariza bilan doimiy yashash yoki vaqtincha ro‘yxatda turgan joyidagi tuman (shahar) Ishchi guruhlariga murojaat etadilar va quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

fuqarolik pasporti yoki ID karta nusxasi;
mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarchasi)dan ko‘chirma;
o‘rta-maxsus yoki professional ta’lim bo‘yicha diplom.

▪️ Talabgorlar tomonidan taqdim etilgan ariza va hujjatlar tuman (shahar) Ishchi guruhlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda 1-7 iyun kunlari ko‘rib chiqiladi va tavsiyanoma berish yoki tavsiyanoma berishni rad etish to‘g‘risida xulosa qabul qilinadi.

❗️2022/2023 o‘quv yilida tavsiyanoma olgan, biroq oliy ta’lim muassasalarida talabalikka tavsiya etilmagan xotin-qizlarning tavsiyanomalari 2023-2024 yillar uchun ham amal qiladi.


✍️Toshkent shaharOila va xotin-qizlar matbuot xizmati

https://t.iss.one/toshkent_shahar_xotin_qizlar_b


💬 Facebook  I  Telegram  I 📸Instagram‌‌
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 9-fevraldagi “Toshkent shahrining ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini jadal sur'atlarda hal etish hamda aholi farovonligini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora- tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-50-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Olmazor tumanidagi 64 ta mahallalarida keng ko'lamli ishlar olib borilmoqda.

✔️Xususan "Guruchariq" mahallasining ko‘chalariga asfalt qoplamasi yotqizilib, ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.

#Guruchariq_MFY
#obodonlashtirish
#asfalt

🎗 Olmazor ilm-ma'rifat, ziyo va innovatsion maskan! 
 
Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|Web-site
🔹 Bugun Olmazor tuman hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining 2023-yil 15-apreldagi AF-20-son farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida Olmazor tumanidagi mahallalar kesimida biriktirilgan ishchi-guruhi ish boshladi.

🔸 Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining mas'ul xodimi, Olmazor tumani hokimi A.Umarxonov, sektor rahbarlari, vazirliklar mas'ul xodimlari, tashkilotlar vakillari, hokim o‘rinbosarlari, mahalla raislari ishtirok etishdi.

Bugundan tumanimizdagi har bir mahallada o‘z faoliyatini boshlagan ishchi guruhiga vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va tijorat banklaridan mas'ul rahbarlar biriktirildi.

Ishchi guruhi mahallalarda mavjud dolzarb muammolar hamda mahallalarda istiqomat qiluvchi aholining murojaatlari, muammolari va takliflarini o‘rganadi.

🎗 Olmazor ilm-ma'rifat, ziyo va innovatsion maskan! 
 
Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|Web-site