Olmazor tumani hokimligi
13.3K subscribers
36.3K photos
6.46K videos
14 files
16.8K links
Хокимият Олмазорского района
Download Telegram
#sayyor_qabul
#ochiq_muloqot

Navbatdagi sayyor qabul manzili "Achabod" mahallasi bo‘ldi

🔘Sayyor qabulda Xalq qabulxonasiga mahalladan murojaat qilgan 15 nafar fuqarolar ishtirok etib, ularning muammolariga yechim mahalladagi hokim yordamchisi, xotin qizlar faoli va profilaktika inspektorining vakolatlari orqali ta'minlandi. Sayyor qabulda fuqarolar asosan, subsidiya asosida uy-joy olish masalasi, boalar nafaqa pulini tayinlash, ijtimoiy yordam va ish bilan ta'minlash masalalarini ko‘tardilar. Mazkur masalalarning 12 tasi joyida hal etildi, qolgan masalalar o‘rganish uchun nazoratga olindi.

🎗 Olmazor ilm-ma'rifat, ziyo va innovatsion maskan!

Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|Web-site
Olmazor tumani hokimligida navbatdagi Ma'rifat soati bo‘lib o‘tdi

🔸 O'zbegiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan tuman, shahar hokimliklari xodimlari uchun tayyorlangan "Siyosiy-maʼrifat soati" namoyish etildi.

🎗 Olmazor ilm-ma'rifat, ziyo va innovatsion maskan!

Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|Web-site
#seminar_trening

☑️Bugun Olmazor tumani hokimligi majlislar zalida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Toshkent shahar filiali tashabbusi bilan tuman hududlari kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida sektor rahbarlari faoliyatini baholash mexanizmi boʻyicha seminar-trening oʻtkazildi.

🔘Mazkur yigʻilishda sektor rahbarlari faoliyatini baholash boʻyicha joriy qilingan mexanizm, jumladan mahalalardagi hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari va xotin-qizlar faollari faoliyatini eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari asosida baholash toʻgʻrisida taqdimot shaklida batafsil tushuntirildi.

🔘Seminarda hokim o'rinbosarlari, sektor kotiblari, mahallalardagi hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari hamda mahalla faollari ishtirok etdilar.

🔘Seminar davomida ishtirokchilarning taklif va fikrlari tinglandi.

🎗 Olmazor ilm-ma'rifat, ziyo va innovatsion maskan!

Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|Web-site
📹 💫 Maktabgacha ta’lim – ertangi kunimizga zamin

Bolalar bog'chasi-chaqalog'ingizning "kattalar" mustaqil hayotiga birinchi qadami! Shunday qilib, u sizni qalam bilan silkitib, bolalar shaharchasi eshigidan g'oyib bo'ldi. Va keyin-ota-onalarning ko'zlaridan yashiringan kichik odamlarning hayoti. Bugun ertalab biz maxfiylik pardasini ochamiz va kattalar ish paytida nima sodir bo'lishini ko'rib chiqamiz.

🎗 Olmazor ilm-ma'rifat, ziyo va innovatsion maskan!

Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|Web-site
Forwarded from Нигоҳ
❗️ Конституциявий қонун лойиҳаси эртага эълон қилинади

Ўзбекистон Республикаси «Қонун лойиҳаларининг умумхалқ муҳокамаси тўғрисида»ги Қонунининг 12-моддасига мувофиқ «Ўзбекистон Республикасининг Конституциясига ўзгартиш ва қўшимчалар киритиш тўғрисида»ги Ўзбекистон Республикасининг Конституциявий қонуни лойиҳаси умумхалқ муҳокамасига қўйилмоқда.

Мазкур Қонуннинг 11-моддасида қонун лойиҳаларининг умумхалқ муҳокамаси жараёнида фуқаролар қонун лойиҳалари бўйича ўз фикрини эркин билдириш ҳуқуқига эга эканлиги белгиланган.

Шундан келиб чиқиб, Конституциявий қонун лойиҳаси умумхалқ муҳокамаси учун 25 июнь куни «Халқ сўзи» ва «Народное слово» газеталарида ҳамда Meningkonstitutsiyam.uz электрон платформасида эълон қилинади.

Конституциявий қонун лойиҳаси юзасидан фикр-мулоҳаза ҳамда таклифларингизни Meningkonstitutsiyam.uz электрон платформаси, 1341 қисқа рақами орқали ҳамда Олий Мажлис Қонунчилик палатасига Тошкент шаҳри, Бунёдкор шох кўчаси, 1-уй манзили бўйича юборишингиз ёки бевосита келган ҳолда тақдим этишингиз мумкин.

❗️ Мазкур жараёнда фаол иштирок этишга чақирамиз.

Telegram | YouTube
📊 2022 йилнинг 20 июнь куни Конституциявий комиссия аъзолари билан бўлиб ўтган учрашувда Президент Шавкат Мирзиёев томонидан илгари сурилган устувор йўналишлар акс эттирилган инфографикалар.

«Тараққиёт стратегияси» томонидан тайёрланган тўлиқ жамланма — бу ерда.

Telegram | Facebook | Instagram | Медиабанк