Olmazor tumani hokimligi
9.94K subscribers
35.5K photos
6.35K videos
14 files
16.4K links
Хокимият Олмазорского района
Download Telegram
#sport

🎯 "Erta uyquga yotib, erta uyg'onish insonni sog'lom, badavlat va dono qiladi". Ben Franklin

🎗 Olmazor ilm-ma'rifat, ziyo va innovatsion maskan!

Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|Web-site
Forwarded from Huquqiy axborot
#Қабул_2022

2022/2023 ўқув йили учун давлат буюртмаси параметрлари тасдиқланди

“2022/2023 ўқув йили учун давлат олий таълим муассасаларига ўқишга қабул қилишнинг давлат буюртмаси параметрлари тўғрисида”ги Президент фармойиши қабул қилинди

Фармойишга кўра, 2022/2023 ўқув йили учун давлат ОТМга ўқишга қабул қилишнинг давлат буюртмаси параметрлари қуйидагича тасдиқланди:

🔘 бакалаврлар тайёрлаш бўйича:

▫️кундузги таълим шаклига – 77 477 нафар;
▫️сиртқи таълим шаклига – 26 095 нафар;
▫️кечки таълим шаклига – 3 725 нафар;
▫️масофавий таълим шаклига – 3 410 нафар;

🔘 магистрлар тайёрлаш бўйича10 688 нафар.

☑️ Молиявий мустақиллик берилган давлат ОТМ кузатув кенгашлари ҳамда қабул параметрларини Васийлик кенгаши қарори билан тасдиқлаш ваколати берилган олий таълим ташкилотларига тегишли қабул параметрларини 2022 йил 20 июнгача тасдиқлаши тавсия этилди.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
📹 #tibbiyot_Olmazor

☑️ Joriy yil mart oyida Prezidentimiz tibbiyot xodimlari bilan bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotdan so‘ng belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash Bosh boshqarmasi va Toshkent viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmalari hamkorligida Olmazor tumanidagi 15-sonli oilaviy poliklinikada viloyat shahar va tuman tibbiyot birlashma rahbaralari uchun amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

🔘Seminar davomida Prezident tomonidan berilgan topshiriqlar yuzasidan, ya'ni Birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini aholiga yaqinlashtirish va tibbiy xizmatlar samaradorligini oshirish maqsadida poliklinikalarda shifokor oldi xonalari, kunduzgi shifoxona faoliyati (ish vaqti 8.00 dan 20.00 gacha), bepul dori darmon tarqatish xonasi, yangi zamonaviy fizioterapiya bo‘limi, maxallabay va xonadonbay ishlar yo‘lga qo‘yilggani to‘g‘risida maliy ishlar ko‘rsatib o‘tildi.

▪️ Kelgusida bu kabi hamkorlik ishlari davom ettirilishiga kelishib olindi.

🎗 Olmazor ilm-ma'rifat, ziyo va innovatsion maskan!
#bolalar_yozgi_oromgohi

🏖''Soglom avlod uchun" xalqaro hayriya fondining "Tibbiy markazi" qoshida Bolalar yozgi oromgohi tashkil etilgan.

👫 Ushbu yozgi oromgohda Olmazor tumandagi "Yoshlik" va "G'alaba" mahallalaridagi
"Ayollar daftari"ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj 5 nafar oilalarning farzandlari
dam olishlari tashkillashtirildi.

🎊 Ularga homiylardan tomonidan esdalik sovgalar taqdim etildi.

🎗 Olmazor ilm-ma'rifat, ziyo va innovatsion maskan!

Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|Web-site
Ўзбекистон Республикаси Президентининг тегишли фармони билан Президент ҳузуридаги Хавфсизлик кенгаши котибининг ташқи сиёсат ва хавфсизлик масалалари бўйича ўринбосари Абдулазиз Ҳафизович Камилов Ўзбекистон Республикаси Президентининг ташқи сиёсат масалалари бўйича махсус вакили лавозимига тайинланди.

Соответствующим указом Президента Республики Узбекистан заместитель секретаря Совета безопасности при Президенте по вопросам внешней политики и безопасности Абдулазиз Хафизович Камилов назначен на должность специального представителя Президента Республики Узбекистан по вопросам внешней политики.

Facebook|Instagram|Twitter
#yashil_makon
#obodonlashtirish

🌳💧Tuman Obodonlashtirish boshqarmasi hodimlari tomonidan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida daraxt ko'chatlarini sug'orish ishlari olib borilmoqda.

🎗 Olmazor ilm-ma'rifat, ziyo va innovatsion maskan!

Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|Web-site
#olmazor
#matbuot_anjumani

🔘 “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi o‘rni va nufuzini oshirish bo‘yicha tumanda qilinayotgan ishlar” mavzusida Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo‘yicha Olmazor tuman hokimining maslahatchisi Umurzakova Dilnoza Mamurjonovna ishtirokida tuman hokimligining rasmiy Facebook sahifasi orqali Matbuot anjumani o'tkazildi.

🎥 Matbuot anjumani: https://fb.watch/dGwI65kXBV/

🎗 Olmazor ilm-ma'rifat, ziyo va innovatsion maskan!

Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|Web-site
📹 #kurash #sport #prokuror_kubogi

🤼‍♂️ Bugun kurash bo'yicha Olmazor tuman prokurori sovrini uchun 5 ta vazn toifasida yurtimizning turli xil xududlaridan tashrif buyurgan polvonlanrimiz o'zaro bellashishdi.

✔️Saralash o'yinlarida dastlab 102 nafar polvonlar ishtirok etib, ulardan 20 nafari yarim final baxslariga yo'l olishdi.

🏆17 iyun kuni Olmazor tuman prokurori sovrini uchun turnirning yarim final va final o'yinlari start oladi va musobaqa g'oliblari pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Kurash ixlosmandlarini kurash bo'yicha final o'yinlariga chorlab qolamiz.

Mo'ljal: Beruniy metro bekati, Innovatsion rivojlanish vazirligi maydoni.

🎗 Olmazor ilm-ma'rifat, ziyo va innovatsion maskan!

Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|Web-site