Olmazor tumani hokimligi
5.3K subscribers
33.3K photos
6.01K videos
13 files
15.5K links
Хокимият Олмазорского района
Download Telegram
#etibor
#fayzli_olmazor

📌18 aprel - O'zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish sohasi xodimlari kuni munosabati bilan Olmazor tumani hokimi A.Umarxonov tumandagi Uy-joy kommunal sohasida xizmat qilayotgan xodimlarni kasb bayrami bilan tabriklab, tashakkurnoma va esdalik sovg'alar taqdim etdi.

▪️Yurtdoshlarimiz og‘irini yengil qilishdek zaxmatli va sermashaqqat kasbu-kor bilan jamiyatda munosib o‘rin topayotgan soha xodimlari faoliyati alohida eʼtirofga sazovordir.

🎊🎉Яна бир бор касб байрамингиз муборак бўлсин.

🎗Olmazor ilm-ma'rifat, ziyo va innovatsion maskan!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Олмазор тумани мактабларининг “бренди” яратилади

Халқ таълими вазирлиги ишчи гуруҳи бугун куннинг иккинчи ярмида Олмазор туманидаги 234- ва 298-мактаб фаолияти билан танишди. Мавжуд муаммолар ўрганилиб, педагог ва ўқувчилар билан мулоқот қилинди.

Хусусан, 298-мактабда 7-синф, 234-мактабда 6- ва 8-синфда дарс жараёнларида  иштирок этилиб, ўқувчиларнинг ушбу фанлардан ўзлаштириш даражаси савол-жавоблар орқали аниқлаштирилди. Ўқувчилар барча фанларни яхши ўқиши, кўпроқ бадиий асарлар ўқиш орқали билимларини бойитиб боришлари таъкидланди.

Батафсил: 👉https://bit.ly/3EnaZwe


Халқ таълими вазирлигининг расмий саҳифаларига уланиш
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#kitobxonlik

🔰Olmazor tumanidagi A.Cho'lpon kutubxonasida "Kitobxonlik haftaligi" doirasida "Yangi O'zbekiston - kitobxonlar yurti" shiori ostida "Kitob - ma'naviyatimiz xazinasi" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

📌Tadbirda Toshkent shahar "Bilim" axborot-kutubxona markazi mas'ullari, shoir, adabiyotshunos olim A.Olibekov, Xalq ta'limi a'lochisi, pedagog X.Sadinova, Tuman hokimining ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo'yicha maslahatchisi D.Umurzakova, tuman Ma'naviyat va ma'rifat markazi rahbari M.Aliboyevalar ishtirok etdi.

🎗 Olmazor ilm-ma'rifat, ziyo va innovatsion maskan!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#olmazor
#ochiq_muloqot

🔹 Tumanimizda sayyor qabullar davom etmoqda!

🔸 Olmazor tuman prokurori o'rinbosari va tuman markaz rahbari boshchiligida tumandagi "Yangi Toshkent" MFY binosida fuqarolar bilan qabul o'tkazilib, ularning muammolari eshitildi hamda ularni hal etish bo'yicha tegishli tashkilot va mutasaddi idora rahbarlariga topshiriqlar berildi.

🎗Olmazor ilm-ma'rifat, ziyo va innovatsion maskan!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube