Olmazor tumani hokimligi
5.08K subscribers
33.6K photos
6.06K videos
14 files
15.6K links
Хокимият Олмазорского района
Download Telegram
Olmazor tumani hokimligi
Video
#olmazor_tuman_IIBB

🔹Olmazor tumanidagi mahallalarida istiqomat qilayotgan xotin-qizlar oilalari tuman Xotin-qizlar masalalari bo'yicha inspektorlari tomonidan manzilli o'rganilib kelinmoqda.

O'zbekiston Respublikasi IIVning 181-sonli buyrug'iga asosan 17 ta toifada turgan ayollar bilan targ'ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda. Tadbir jarayonida xotin-qizlar muammolari yuzasidan kerakli huquqiy maslahatlar berilmoqda.

Jumladan, “Jiydali” mahallasida kam ta'minlangan, tibbiy yordamga muhtoj bo'lgan xotin-qizlar bilan suhbat o'tkazilib “Ayollar daftari” ning 3-bosqichiga ro'yhatga olish ishlari jadal olib borilmoqda.

”Qo'shtut” mahallasi hududida yashovchi 2002 yilda tug'ilgan, axloq-odob doirasida huquqbuzarlik sodir etgan fuqaro bilan targ'ibot profilaktik ishlari olib borilib, qayta bunday huquqbuzarlik sodir etmasligi tushuntirildi. Hozirgi kunda fuqaro S.T uch oylik tikuvchilik va arab tili kurslarida o'qimoqda, kelajakda tikuv sexini ochib tadbirkorlik bilan shug'ullanishni rejalashtirgan.

🎗 Olmazor ilm-ma'rifat, ziyo va innovatsion maskan!

🌏 Telegram Instagram 🪙 Facebook 🎥 YouTube
February 15, 2022
February 15, 2022
OLMAZORDA TA'MIRLASH ISHLARI JADALLIK BILAN OLIB BORILMOQDA
〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️

Poytaxt iste'molchilariga uzluksiz va barqaror elektr energiyasini yetkazib berish, elektr qurilmalarini sifatli hamda uzoq yillar ishlashini ta'minlash maqsadida, joylardagi mavjud transformator punktlari hamda havo elektr uzatish tarmoqlarini mukammal va joriy ta'mirlash ishlari amalga oshirib kelinmoqda.

«TOSHKENT SHAHAR ELEKTR TARMOQLARI KORXONASI» AJ tasarrufidagi OLMAZOR tuman elektr ta'minoti korxonasi xodimlari tomonidan tuman hududidagi quvvati RU-10 kV bo'lgan yuqori kuchlanishli TP-3886-sonli transformator podstansiyasida joriy ta'mirlash ishlari amalga oshirildi.

Bundan tashqari, 7 dona turli quvvatdagi transformator punktlarida, 21,2 km uzunlikdagi 0,4–10 kVli elektr uzatish havo tarmoqlarida mukammal ta'mirlash ishlari bajarildi.

Belgilangan reja–topshiriqqa asosan, yuqoridagi ishlar poytaxt tumanlarida jadallik bilan olib borilmoqda.

Bu bilan, hududlardagi iste'molchilarni sifatli va barqaror elektr energiyasi bilan ta'minlashga erishilmoqda.


✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi» AJ
Мatbuot хizmati

➡️
https://t.iss.one/toshetk
February 15, 2022
February 15, 2022
February 15, 2022
February 15, 2022
February 15, 2022