Olmazor tumani hokimligi
5.84K subscribers
32.6K photos
5.88K videos
13 files
15.2K links
Хокимият Олмазорского района
Download Telegram
#olmazor
#Alisher_Navoiy_581

🔹Bugun Olmazor tumanidagi 46-umumta'lim maktabida Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi munosabati bilan Tuman hokimligi, Tuman mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash bo'limi, Tuman ma'naviyat va ma'rifat bo'limi bilan hamkorlikda "Ajdodlar xotirasi barhayot" shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda O'zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi mas'ullari ham ishtirok etdi.

🎗 Olmazor ilm-ma'rifat, ziyo va innovatsion maskan!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#davlat_tili
#òrganish_ishlari #Olmazor

🔰 Olmazor tuman hokimining ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi D.Umurzakova, tuman Ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi rahbari M.Aliboeva, ishchi guruh a'zolari tomonidan tumandagi Usta Shirin ko‘chasida joylashgan qurilish savdo do‘konlaridagi tashqi reklamalar, peshlavhalar va boshqa axborot matnlarining "Davlat tili haqida"gi Qonunining 20-moddasiga mosligi yuzasidan o‘rganishlari davom etmoqda.

🎗Olmazor ilm-ma'rifat, ziyo va innovatsion maskan!

Telegram|Instagram|Facebook|
#talabalar_shaharchasi #Olmazor

🔘 “Yoshlik” talabalar shaharchasi hokimligi tomonidan Islom Karimov nomidagi "Toshkent davlat texnika universiteti", "Toshkent davlat yuridik universiteti" va "Toshkent moliya instituti"ga qarashli talabalar turar joylari Direktsiya direktorlari, bino boshliqlari hamda 4-sonli IIB mas'ul xodimlari ishtirokida talaba-yoshlarni talabalar turar joylariga kutib olish, talabalar sog'lig'ini saqlash va havfsizligini ta'minlash maqsadida davra suhbati tashkil etildi.

Amalga oshirilayotgan ishlar shaharcha hokimligi hamda Oliy ta'lim muassasalarining mas'ul xodimlari tomonidan doimiy nazoratga olingan.

🎗Olmazor ilm-ma’rifat, ziyo va innovatsion maskan!

▶️ Telegram|Instagram|🪙 Facebook|🎥 YouTube
#tibbiy_kòrik #Olmazor

Tumandagi mahallalarda istiqomat qilayotgan ijtimoiy ximoyaga muxtoj bemorlar shifokorlar tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda.

🏥 Jumladan, bugungi kunda tumandagi Markaziy ko'p tarmoqli oilaviy poiliklinika hamda 15, 17, 18, 19, 20, 21, 63-oilaviy poliklinikalarning tibbiy xodimlari tomonidan keksalar, nogironligi bor, boquvchisini yo‘qotgan hamda o‘zgalar ko‘magiga muhtoj insonlarga manzilli yordam ko‘rsatildi.

Yaxshilik, xayr-saxovat, mehr-oqibat kabi ulug' fazilatlar xalqimizning azaliy qadriyatlari hisoblanadi.

🎗 Olmazor ilm-ma'rifat, ziyo va innovatsion maskan!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube