Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
1.24K subscribers
7.39K photos
1.25K videos
41 files
1.97K links
Download Telegram
Forwarded from Ta'lim nazorati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Akademik_litsey
#Qabul_2024

⚡️Bugundan
akademik litseylarga qabul boshlandi

Bugun, 10-iyundan 2024/2025 oʻquv yili uchun akademik litseylarga umumtaʼlim maktablarining joriy yil 9-sinf bitiruvchilaridan hujjatlarni my.edu.uz portali orqali onlayn qabul qilish boshlandi.

🪪 Abituriyentlar roʻyxatdan oʻtish jarayonida tizimga ID karta yoki tug‘ilganlik haqida guvohnoma ma’lumotlarini kiritish bilan birga quyidagi hujjatlarni elektron shaklda (PDF, JPEG) yuklashlari lozim:

🖼 3,5x4,5 sm oʻlchamdagi 1 ta rangli fotosurat;

O‘qishga imtiyozli kirish huquqini beruvchi hujjatlar — fan olimpiadasi gʻolibi ekanligini tasdiqlovchi diplom, chet tili va umumtaʼlim fanlarni bilish darajasi toʻgʻrisidagi milliy yoki xalqaro sertifikat (mavjud boʻlsa).

Abituriyentlar roʻyxatdan oʻtishda:

👉 oʻzlari tanlagan uchtagacha akademik litseyning bittadan mos yoʻnalishini tanlashi (bunda taʼlim tili bir xil boʻlishi kerak);

👉 va qaysi chet tilidan kirish test sinovini topshirishini belgilaydi.

📍Abituriyent oʻzi tanlagan hududda tashkil etiladigan kirish test sinovlarida ishtirok etadi.

📥 Qabul jarayonlari 10-iyulga (shu kuni ham) qadar davom etadi.

☎️ Qabul jarayonlari bilan bogʻliq qoʻshimcha maʼlumotlarni akademik litseylarda tashkil etilgan “Call-center” raqamlari orqali olishingiz mumkin.

Maʼlumot uchun, Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseylari uchun hujjatlar https://litsey.uzbmb.uz sayti orqali qabul qilinadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3