Olmaliq shahar Maktabgacha va maktab ta'limi rasmiy kanali
2.87K subscribers
4.8K photos
455 videos
7 files
1.74K links
Kanal OLMALIQ SHAHAR MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BO‘LIMI BOSHLIG'I X.M.TURG'UNBOYEV TASHABBUSI BILAN YARATILDI.
Download Telegram
#SPORT
#BADIIY_GIMNASTIKA
🔰Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Kubogi

🔴Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchi qizlari o‘rtasida “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” uchun sportning badiiy gimnastika turi bo‘yicha viloyat bosqichi o‘tkazildi.

➡️Joriy yilning 29-oktabr kuni Olmaliq shahridagi gimnastikaga ixtisoslashtirishgan sport maktabida bo‘lib o‘tgan ushbu musobaqa juda qizg‘in va kurashlarga boy tarzda o‘tdi.

Jarayonlarda 152 nafar gimnastikachi qizlar qatnashdi. Ular o‘zlarining tuman va shaharlarida yuqori ko‘rsatgichlarni qo‘lga kiritishgan bo‘lib, mazkur viloyat bosqichida ham juda yaxshi natijalar ko‘rsatishdi. Shu boisdan g‘oliblarni aniqlar bir muncha mushkul bo‘ldi. Shunday bo‘lsada eng yaxshilar ichidan yanada yaxshilari g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.


🟢Unga ko‘ra, guruh mashqlarida,
1-o‘rin Olmaliq shahar
2-o‘rin Yangiyo‘l tumani
3-o‘rin Toshkent tumani

🟢Yakkalik mashqlarida 2017-yil
1-o‘rin Olmaliq shahar
2-o‘rin Qibray tumani
3-o‘rin Toshkent tumani

🟢Yakkalik mashqlarida 2016-yil
1-o‘rin Qibray tumani
2-o‘rin Olmaliq shahar
3-o‘rin Bekobod shahar

💐Musobaqa g‘oliblariga “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati mintaqaviy bo‘limi tomonidan diplom, medal hamda estalik sovg‘alari berildi.

🖊Olmaliq shahar maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi matbuot xizmati
—————————————————
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing https://t.iss.one/olmaliqmmtb
👍6