ОЛМАЛИҚ ДEПУТАТЛАРИ НИМА ДEЙДИ?
294 subscribers
9.48K photos
1.08K videos
48 files
1.98K links
Олмалиқ шаҳридаги воқеа-ҳодисаларга депуталар муносабати, таклиф ва ташаббуслари, танқид ва таҳлиллари, шунингдек шаҳар ҳаётининг қайноқ, энг сўнгги ва ишончли маълумотлари, дунёдаги турли соҳаларга оид ижтимоий, сиёсий, кўнгилочар оммабоп лавҳалар
Download Telegram
#Deputat_nazorati
#Qurilish
#Mahalla

Deputat Ro'ziyeva maktab va mahalla muammolarini hal qilish ustida ish olib bormoqda

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati Dilfuza Ro'ziyeva deputatlik hududida joylashgan 19-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabining qurilish-ta'mirlash jarayonlarini nazorat qilmoqda.

Shuningdek, bugun deputat "Ko'rpasoy" MFY da "Yoshlar daftari" va "Ayollar daftari" bo'yicha olib borilayotgan ishlarni yana bir bor nazoratdan o'tkazdi.

@olmaliq_deputatlari
#Mening_konstitutsiyam
#XDP
#Mahalla

Xalq demokratik partiyasi va Olmaliqsoy mahallasi hamkorligida mahalla aholisi ishtirokida "Mening konstitutsiyam" targ'ibot tadbiri bo'lib o'tdi. Unda yangi taklif etilgan Konstitutsiyaviy Qonun loyihasi jamoatchilik tomonidan muhokama qilindi.

@olmaliq_deputatlari
#Deputatlik_nazorati
#Ta'lim
#Mahalla

Deputat chekka hududlardagi ta'lim maskanlarida bo'ldi

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi kotibiyati mudiri Ergash Abdurayimov shahrimizning eng chekka hududlaridagi ta'lim muassasalari va mahalla binolarida bo'ldi. Husan, Kotibiyat mudiri tomonidan "Usmon Nosir" mahallasidagi 8-maktab, chegara hudud- "Terekli" mahallasidagi 9-maktab va "Terekli" mahallasi binosi ko'zdan kechirilib, muassasalarda yaratilgan imkoniyatlardan to'g'ri va unumli foydalanish, kamchiliklarni bartaraf etish, ularni qiynayotgan ayrim masalalar yuzasidan mutasaddilarga deputatlik so'rovi bilan murojaat etish ko'zda tutilgan. Shuningdek, kotibiyat mudiri ayrim maktab rahbarlarini maktabdagi tozalik, sanitar qoidalarga rioya etish, yong'in xavfsizligi, navbatchiliklarni tashkil etilishi, tunggi qorovullik qilishdagi holatlar bo'yicha o'z tavsiyalarini berdi.

@olmaliq_deputatlari