Олий Маъҳад | Расмий
14.1K subscribers
24K photos
3.45K videos
22 files
15.6K links
©Тошкент ислом институти расмий канали

📩 @oliymahad_bot
ℹ️ @oliymahad_info_bot
📬 [email protected]
🌐 oliymahad.uz
📞 712274237
📍Тошкент, Зарқайнар-18, 47

👉 youtube.com/@oliymahad
👉 facebook.com/oliymahad
👉 instagram.com/oliymahad
👉 taplink.cc/oliymahad
Download Telegram
#Ilmiy_tadqiqot

▪️ Eng og’ir aziyat…

▫️ Butun dunyo zulmatga burkangan edi. Yaratuvchi Alloh edi, ammo boshqaga ibodat qilinardi. Alloh rizq berar edi, ammo boshqaga shukr qilinardi. Bozorlarda inson qul qilib sotilardi, qizlar esa tiriklayin ko’milardi. Mana shu vaqtda Alloh taolo olamlarning rahmati, insonlarning gavhari bo’lmish Muhammad sollallohu alayhi vasallamni payg’ambar qilib yubordi. Hayotlarining har bir lahzasi biz uchun ibrat manbai bo’lgan habibimizning go’zal din islom uchun qilgan chaqiriqlariga ba’zi johil insonlar u kishiga ozor berish ila javob qaytardi. U kishini bu aziyatlardan man qilish uchun Quraysh ashroflaridan bo’lgan amakilari Abu Tolib o’z himoyalariga oladi. Vaqtlar o’tib, Abu Tolib nubuvvatnning 10-yili vafot etgach, habibimiz uchun mahzunlik kunlari ko’p bo’ladi…- Toshkent…

Давоми... 🔻 https://oliymahad.uz/41280

🔗 t.iss.one/oliymahadдиний-маърифий канал!

🌐 Oliymahad.uz | Telegram | Youtube | Facebook | Twitter | Instagram | Tiktok
#Ilmiy_tadqiqot

▪️ Musulmonlarning peshqadami – Mus’ab ibn Umayr

▫️ Musʼab ibn Umayr roziyallohu anhu Makkadagi eng obro‘li, boy oilalardan birida dunyoga keldilar. U kishining onalari Xunnos binti Molik o‘zining shaddodligi, uddaburonligi va aytgan gapidan qaytmasligi bilan nom chiqargan ayol edi. Musʼab ibn Umayr roziyallohu anhuning ota-onasi uni kichikligidan noz-neʼmatga burkab o‘stirdilar. Hech qanday majlislardan qolmaydigan Musʼab ibn Umayr musulmonlar majlisi xaqida eshitib qoldilar. U yerga bordilar. U kun Muʼsabning kunlari edi yaʼni musulmon bo‘lgan kunlari. Onalari Makkaning boy ayollaridan edi. O‘g‘lining islomini eshitgach dunyo ko’ziga qorong’u bo’ldi va o’g’lini jazolab qamab qoydi…- Toshkent islom instituti talabasi Yashnarova Maftunaxon

Давоми... 🔻 https://oliymahad.uz/41288

🔗 t.iss.one/oliymahadдиний-маърифий канал!

🌐 Oliymahad.uz | Telegram | Youtube | Facebook | Twitter | Instagram | Tiktok
#Ilmiy_tadqiqot

▪️ Namozda “Rof’ul yadayn” ya’ni rukudan oldin va keyin qo’lni ko’tarish masalasi borasidagi bahslar

▫️ SAVOL: “Nega ixtilofli masalalarni ko’tarayapsizlar xalq orasida, bundan boshqa masalalar ham bor ediku, bundan insonlar fitnalanib, oralarida bo’linish, ajralishlar bo’lib qolayapti?” degan bazi iddaolar ham bo’lib turmoqda. Bunda quydagicha javob beramiz…- Toshkent islom instituti talabasi Xojiyev Muhammadamin

Давоми... 🔻 https://oliymahad.uz/41283

🔗 t.iss.one/oliymahadдиний-маърифий канал!

🌐 Oliymahad.uz | Telegram | Youtube | Facebook | Twitter | Instagram | Tiktok
#Ilmiy_tadqiqot

▪️ Ibn Molik

▫️ Muhammad ibn Abdulloh ibn Molik at-Toiy Andalusiy rohmatullohi alayh, 1204 (600-hijriy)-yilda Andalusning Jayyon shahrida dunyoga kelgan, Ibn Molik kunyasi bilan mashhurdir. Ushbu zot Arab tili grammatikasi tarixida ajralib turadigan ulug’ allomalardan. Ibn Molik avvalgi ilmini Qur’on yodlashdan boshlagan, so’ngra qiroat ilmlari, diniy ilmlar, nahv va lug’at ilmlarini o’rgangan. Ma’lumotlarda kelishicha birinchi bo’lib arab tilini 628-hijriy yillarda bir qancha muddat o’z shahridagi olim Sobit ibn Xayor al-Kiloiy al-Muqridan o’rgangan. Ibn Molik yashab turgan vaqtlarda Andalusda tinchlik barqaror emas edi. Shu sababli u zot Mashriqga safar qilgan. Ehtimol rihlatning sababi ham ilm olish va hajni ado qilish uchun bo’lgan…- Toshkent islom instituti talabasi Imron Xolmirzayev

Давоми... 🔻 https://oliymahad.uz/41308

🔗 t.iss.one/oliymahadдиний-маърифий канал!

🌐 Oliymahad.uz | Telegram | Youtube | Facebook | Twitter | Instagram | Tiktok
#Ilmiy_tadqiqot

▪️ Birovning haqqidan qo’rqamiz, lekin…

▫️ Ushbu maqola Payg’ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam bizlarni o’rganishga buyurgan, bu ilm ko’tarilishi qiyomatning alomatlaridan ekanini ta’kidlab aytgan va hozirgi kunda banda bilan banda o’rtasidagi nozik haq bo’lib, lekin musulmonlar o’rtasida bunga e’tibor ancha sust bo’lgan meros ilmining ahamiyati haqida.

Alloh taolo muborak Kalomida bizni shunday ogohlantiradi:
وَلَا تَأْكُلُوٓا۟ أَمْوَٰلَكُم بَيْنَكُم بِٱلْبَٰطِل
“Bir-birlaringizning mollaringizni botil yo’l bilan yemang…- Toshkent islom instituti talabasi Muhammadodilova I

Давоми... 🔻 https://oliymahad.uz/41354

🔗 t.iss.one/oliymahadдиний-маърифий канал!

🌐 Oliymahad.uz | Telegram | Youtube | Facebook | Twitter | Instagram | Tiktok
#Ilmiy_tadqiqot

▪️ “Sahihul Buxoriy”dagi roviy Muhammad Ibn Salom

▫️ Imom Buxoriyning shayxlaridan (ustozlaridan) biri Muhammad Ibn Salom Poykandiydir. Imom Buxoriy Sahihul Buxoriyning turli boblarida Muhammad Ibn Salom Poykandiydan 36 ta hadis rivoyat qilgan.

Quyida Poykandiyni roviylik jihatidan tanib olsak…- Toshkent islom instituti talabasi AbdurRohman Mansur

Давоми... 🔻 https://oliymahad.uz/41380

🔗 t.iss.one/oliymahadдиний-маърифий канал!

🌐 Oliymahad.uz | Telegram | Youtube | Facebook | Twitter | Instagram | Tiktok
#Ilmiy_tadqiqot

▪️ Bolaning tanglayini koʻtarish qanday amal?

▫️ Farzand Alloh Taolo tomonidan berilgan eng buyuk ne’matdir. Inson ko’zini quvnatib, qalbini sururga to’ldiradigan farzandni islom dinida tarbiyalash, uning go’zal xulq uzra komilikka yetishiga ko’mak beradi…- Toshkent islom instituti talabasi Erkinova Amina

Давоми... 🔻 https://oliymahad.uz/41394

🔗 t.iss.one/oliymahadдиний-маърифий канал!

🌐 Oliymahad.uz | Telegram | Youtube | Facebook | Twitter | Instagram | Tiktok
#Ilmiy_tadqiqot

▪️ Ibrohim ibn Adham

▫️ Ibrohim ibn Adhamning tug’ilgan sanalari noma’lum, u 161 hijriy, 778 milodiy yilda vafot etgan. U kishi Balx podshohining o’g’li, ulug’ valiyulloh, ko’plab karomatlar sohibi, taqvo va zuhdda peshqadam bo‘lganlar. Ilmni amal uchun o’rganganlar. Aksar odamlar ilmlari tog’dek, amallari zarradek bolib qolib, yanglishishadi…- Toshkent islom instituti talabasi G‘oziyev Kamoliddin

Давоми... 🔻 https://oliymahad.uz/41419

🔗 t.iss.one/oliymahadдиний-маърифий канал!

🌐 Oliymahad.uz | Telegram | Youtube | Facebook | Twitter | Instagram | Tiktok
#Ilmiy_tadqiqot

▪️ Islom shariatida salam savdosi

▫️ Salam yoki salaf – pulini naqd to‘lash, molni esa keyinroq olish ko‘rinishidagi bay’ bo‘lib, ulamolar unga: «O‘sha zahotiyoq beriladigan to‘lov evaziga zimmadagi sifati ma’lum narsaga tuzilgan aqd-bitim» deb ta’rif berganlar. Salam savdosi Qur’on, Sunnat va ijmo’ bilan joizdir…- Toshkent islom instituti talabasi Xasanov Husniddin

Давоми... 🔻 https://oliymahad.uz/41436

🔗 t.iss.one/oliymahadдиний-маърифий канал!

🌐 Oliymahad.uz | Telegram | Youtube | Facebook | Twitter | Instagram | Tiktok
#Ilmiy_tadqiqot

▪️ Payg’ambarimiz sollollohu alayhi vasallamning ta’lim va tarbiya uslublari

▫️ Ta’lim va tarbiyaning o‘rtasida ochiq-oydin farq bor. Ta’lim, tarbiyaning bir juz’idir. Tarbiya esa ta’limni o‘z ichiga oladi, aksincha emas. Demak, tarbiya o‘z-o‘zidan ta’limga nisbatan komil va keng qamrovlidir. Islomiy tarbiyaning ma’nosi esa jamiyatda har taraflama komil inson shaxsiyatini barpo qilish va albatta, bu tarbiya ruhiy, aqliy va jismoniy taraflarni o‘z ichiga oladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hayotlarini yaxshilab o‘rganish asnosida u zotning nafaqat ibodatda, balki, jamiyki o‘rinlarda: xulq-atvor, muomala va ta’lim-tarbiya berishda ham namuna ekanliklarini bilib olamiz…- Toshkent islom instituti talabasi Xasanov Husniddin

Давоми... 🔻 https://oliymahad.uz/41439

🔗 t.iss.one/oliymahadдиний-маърифий канал!

🌐 Oliymahad.uz | Telegram | Youtube | Facebook | Twitter | Instagram | Tiktok
#Ilmiy_tadqiqot #arab_tili

▪️ Arab tilidagi qiziqarli faktlar

▫️ Arab tilining mavqei islom dinining dunyo miqyosida keng tarqalishi tufayli koʻtarildi, chunki u koʻp asrlar davomida musulmonlar hukmronlik qilgan oʻlkalarda siyosat, fan va adabiyot tiliga aylandi.

Abdulmalik xalifaligi davrida arab tiliga umumdavlat maqomi berildi. VIII-IX asrlarda arab tili gramatikasi ishlab chiqildi. Bunda Qur’oni karim va hadisi sharifdan manbaa sifatida foydalanishdi. Umaviylar davrida nuqta va harakat belgilarini qo‘llay boshlanildi. Abul Asvad Duvaliy harakat belgilarini va Nasr ibn Osim nuqtalarni joriy etishdi. Shunday qilib, hozirgi arab alifbosining ilk ko‘rinishi ko’fiy deb atalgan…- Toshkent islom instituti talabasi Barakayeva.M

Давоми... 🔻 https://oliymahad.uz/41459

🔗 t.iss.one/oliymahadдиний-маърифий канал!

🌐 Oliymahad.uz | Telegram | Youtube | Facebook | Twitter | Instagram | Tiktok
#Aliy_Ibn_Madiyniy #Ilmiy_tadqiqot

▪️ Aliy Ibn Madiyniy rahmatullohi alayh

▫️ To’liq ismlari: Abul Hasan Aliy ibn Abdulloh Ibn Ja’far ibn Najiyh ibn Bakr ibn Sa’d. Ibn Madiyniy rahmatullohi alayh hijriy 161-yilda (milodiy 778-yil) Basrada tavallud topganlar va shu yerda ulg’ayganlar. Oilalarining ildizi esa Madinai Munavvaraga borib taqaladi…- Toshkent islom instituti talabasi Isroilov Muhammad

Давоми... 🔻 https://oliymahad.uz/41505

🔗 t.iss.one/oliymahadдиний-маърифий канал!

🌐 Oliymahad.uz | Telegram | Youtube | Facebook | Twitter | Instagram | Tiktok
#Ilmiy_tadqiqot #Halollik

▪️ Halollik

▫️ Jazoirlik jurnalist Hadicha bint Qino aytadi:
“Amerika Qoʻshma Shtatlariga borganimda baʼzi narsalar kerak boʻlib supermarketga kirdim. Olgan narsalarimni hisoblatish uchun kutib turganimda bir muslima ayol katta bir qutini sudrab kirib keldi. Yukning ogʻirligidan ayolning charchagani shundoq koʻrinib turardi. Aftidan qutidagi narsa somon yanchiydigan uskuna edi. Ayol hisobchining oldiga borib dedi…- Toshkent islom instituti talabasi Isroilov Muhammad

Давоми... 🔻 https://oliymahad.uz/41552

🔗 t.iss.one/oliymahadдиний-маърифий канал!

🌐 Oliymahad.uz | Telegram | Youtube | Facebook | Twitter | Instagram | Tiktok
#Ilmiy_tadqiqot #Moturidiy_maktabi

▪️ Moturidiy maktabining rivojlanish tarixi

▫️ Moturid — Samarqand yaqinidagi qishloqlardan birining nomi. U hozirda buzilgan shaklda Matrit deya ataladi. Aslida esa, manbalarda aytilishicha, qishloqning nomi arabcha «Mo turid?» so`zidan olingan. Ma’nosi «Nima demoqchisan?»dir. Aytishlaricha, Shayx Abu Mansur kalom ilmiga ruju qilgan paytlarida shogirdlari ko`payib ketgan va ular o`zaro bahs qilganlarida bir-birlariga arab tilida ko`pincha «Mo turid?» deb murojaat qilganlar. Shu so`z ko`pchilik qulog`iga tez-tez chalinavergach, Shayx shogirdlarini moturidiylar, qishloq nomini esa Moturid deb atay boshlaganlar (Zarnujiy. «Ta’lim al-muta’allim» sharhi)…- Toshkent islom instituti talabasi Abdusattoriy Abdulloh

Давоми... 🔻 https://oliymahad.uz/41604

🔗 t.iss.one/oliymahadдиний-маърифий канал!

🌐 Oliymahad.uz | Telegram | Youtube | Facebook | Twitter | Instagram | Tiktok
#Ilmiy_tadqiqot

▪️ Islomga kirgan Jorj

▫️ Xolid ibn Valid – islom tarixidagi buyuk sarkarda, shu bois Sayfulloh (Allohning qilichi) laqabini olganlar.

Bu zot Yarmuk jangidagi g’alabaga ham sababchi bo’lganlar. Mazkur jangda RUM askarlariga qarshi kurashilgan. Rum sarkardasi JORJ Xolid ibn Validni suhbatga chorlaydi va bir nechta savollar beradi…- Toshkent islom instituti talabasi Abdurahim To’raqulov

Давоми... 🔻 https://oliymahad.uz/41627

🔗 t.iss.one/oliymahadдиний-маърифий канал!

🌐 Oliymahad.uz | Telegram | Youtube | Facebook | Twitter | Instagram | Tiktok
#Ilmiy_tadqiqot

▪️ Uyalmasang xohlaganingni qilaver!

▫️ Hadis roviylaridan birinchisi Imom Buxoriy rohimahullohning ustozi Abdulloh ibn Maslamadir. U kishi ko’proq Qa’nabiy deb zikr etiladi.

Bu kishi mashhur muhaddislardan bo’lib, siqa roviy sanaladi. Avvalda o’zlari yashaydigan joydagi eng bebosh, ya’ni barcha nojoiz ishlarga mubtalo, dindan uzoq, xohlagan ishini qilishdan tap tortmaydigan odam bo’lgan ekanlar. Biroq keyinchalik bu kishiga Alloh taolo tarafidan ajib bir lutf bo’ldi. U zamonda “Amirul mu’miniyn fil hadis” (Hadis borasida mo’minlar amiri) nomi bilan shuhrat qozongan Sho’ba ibn Hajjoj rohmatullohi alayh ham yashar edi. Sho’baning dars halqalariga dunyoning turli taraflaridan hadis o’rganish uchun nihoyatda ko’p kishilar kelishardi…- Toshkent islom instituti talabasi Abbosxonov Muhriddin

Давоми... 🔻 https://oliymahad.uz/41638

🔗 t.iss.one/oliymahadдиний-маърифий канал!

🌐 Oliymahad.uz | Telegram | Youtube | Facebook | Twitter | Instagram | Tiktok
#Ilmiy_tadqiqot #Allohning_rahmati

▪️ Allohning rahmati

▫️ Xabarlarda kelishicha,
-Agar insonning badanidan ruhi chiqsa, osmondan uchta nido eshitiladi: “Ey odam bolasi, sen dunyoni tark qildingmi yoki dunyo seni tark qildimi? Sen dunyoni to‘pladingmi yoki dunyo seni to‘pladimi? Sen dunyoni o‘ldirdingmi yoki dunyo seni o‘ldirdimi?”…- Toshkent islom instituti talabasi Abdurahim To‘raqulov

Давоми... 🔻 https://oliymahad.uz/41653

🔗 t.iss.one/oliymahadдиний-маърифий канал!

🌐 Oliymahad.uz | Telegram | Youtube | Facebook | Twitter | Instagram | Tiktok
#Ilmiy_tadqiqot

▪️ Horun ar-Rashid va Majnun Bahlul hikoyasi

▫️ Hikoya qilinishicha Abbosiylar xalifasi Horun ar-Rashid zamonida majnun Bahlul ismli kishi bo‘lgan. Bir kuni Horun ar-Rashid qabrlardan bir qabr yonida o‘tirgan Bahlulni yonidan o‘tdi shunda Horun ar-Rashid uni koyib:

“Ey Bahlul ey majnun qachon aqling kiradi”,- dedi…- Toshkent islom instituti talabasi Otajonov Nasrulloh

Давоми... 🔻 https://oliymahad.uz/41655

🔗 t.iss.one/oliymahadдиний-маърифий канал!

🌐 Oliymahad.uz | Telegram | Youtube | Facebook | Twitter | Instagram | Tiktok
#Ilmiy_tadqiqot

▪️ Eng oliy ne’mat

▫️ O‘zi ne’mat deb kishilarning kundalik hayotiy ehtiyojlarini qondiradigan, ularga manfaat bo‘lgan barcha narsalarga aytiladi.

Bu ne’matlar ichida bandani ikki dunyoda saodatmand etadigan, eng oliy ne’mat bu IYMONDIR…- Toshkent islom instituti modul ta’lim tizimi talabasi, Imom Ota masjidi imom-xatibi O‘tkirxon Abdullayev

Давоми... 🔻 https://oliymahad.uz/41661

🔗 t.iss.one/oliymahadдиний-маърифий канал!

🌐 Oliymahad.uz | Telegram | Youtube | Facebook | Twitter | Instagram | Tiktok
#Ilmiy_tadqiqot

Axrorov Ivadulla Ziyatovichning filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertasiya ishi himoyasi to‘g‘risida

Toshkent islom instituti katta o'qituvchisi Axrorov Ivadulla Ziyatovichning “Abdulqohir Jurjoniy “Miat omil” asarining Qur’oni karim ma’nolari tarjimasini izohlashdagi o‘rni” mavzusidagi 24.00.04 – Mumtoz sharq adabiyoti va manbashunosligi ixtisosligidan filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertasiyasi himoyasi O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.35/30.12.2019. Isl/Tar/F.57.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik kengashning 2024 yil 19 dekabr kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.

​Manzil: 100011, Toshkent shahri, Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 11-uy, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, A bino, 2-qavat, 209 xona.

​Tel.: (99871) 244 00 56

​e-mail: [email protected]

🔗 t.iss.one/oliymahad diniy-maʼrifiy kanal!

🌐 Oliymahad.uz | Youtube | Facebook | Instagram