Ohangaron shahar Kengashi kotibiyati
206 subscribers
2.48K photos
251 videos
16 files
1.04K links
Download Telegram
#Rasmiy

Ohangaron shahriga hokim tayinlandi

Bugun Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya ishida tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi. Unda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etdi va tanqidiy-tahliliy nutq so‘zladi.

Zoyir Mirzayev Ohangaron shahar hokimi lavozimiga Rajabboyev Muzaffar Erkaboyevich nomzodini tavsiya qildi.

Muzaffar Rajabboyev Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashining qarori bilan Ohangaron shahar hokimi etib tayinlandi.

Ma’lumot o‘rnida, Muzaffar Rajabboyev 1984-yilda Parkent tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy. 2007-yil Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti, 2014-yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasi, 2019-yilda Xitoy Xalq Respublikasi xalqaro biznes va iqtisodiyot universitetida magistraturani tamomlagan.

U Qibray tumani IIB Yong‘in xavfsizligi xizmatida mehnat faoliyatini boshlagan.

Shuningdek, Yuqori Chirchiq, Parkent tumani hokimliklarida mas’ul vazifalarda ishlagan.

Tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM